Ro‘yxatga olish raqami 110-60.
2
ISBN 978-9943-7229-7-2
Сайёрамизнинг эртанги куни, фаровонлиги фарзандларимиз қандай инсон бўлиб камолга етиши билан боғлиқ. Бизнинг асосий вазифамиз – ёшларнинг ўз салоҳиятини намоён қилиши учун зарур шароитлар яратишдан иборат.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг БМТ Бош Ассамблеясининг 72-
сессиясида сўзлаган нутқидан
KIRISH
Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib borilayoygan yangilanish, modernizatsiya jarayoni uzluksiz ta’lim tizimining barcha bo’g’inlari jumladan, oliy ta’limda ham zamon talablariga javob bera oladigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash, ularda yangi bilim va ko’nikmalarini shakllantirishni, o’z ustida ishlash, zamonaviy texnologiya yutuqlaridan maqsadli foydalana olish mahoratini oshirishni taqozo etmoqda. Bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida tayyorlashda “ Texnologiya va uni o’qitish metodikasi “ fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda salmoqli o’rinni egallaydi. Mazkur fan orqali bo’lajak mutaxassis o’qituvchilar fanining asosiy ilmiy – nazariy va amaliy natijalariga asoslangan holda o’quvchilarga mehnatsevarlik, intizom, masuliyat, burch hissi, ijodkorlik qobilyatlarini rivojlantirish malakasiga ega bo’ladilar.
Darslikda texnologiya va uni uqtirish metodikasining umumiy asoslari, darslarda integratsion yondashuv, mashg’ulotlar jarayonida xorijiy ta’lim tizimida foydalanish, shuningdek qo’ l mehnati, qog’oz va karton bilan ishlash, applikatsiya, tabiiy materiallar plastilin, gazlama bilan ishlash texnologiyalari tog’risida amaliy- metodik bilimlar o’z ifodasini topgan. Boshlang’ich sinf texnologiya darslarida axbarot texnologiyalari hamda ta’lim jarayonida innovatsiyalar va interfaol usullardan foydalanishning yo’l va usullari ko’rsatib berilgan. Texnologiya darslarini tashkil etishda o’qituvchining eng muhim vazifalarida biri o’qituvchilarni mustaqil bilim olishga tizimli o’rgatib borishdan iborat bo’lib, ularni ongli, maqsadli natijaga erishishga yo’naltirishdan iborat. Darslikda bo’lajak boshlang’ich sinf o’qituvchilarining o’quvchilarga mehnat qurollari to’g’risida bilim
berish texnologik jarayon, texnika xavfsizligi, sanitariya va gigiena to’g’risidagi ma’lumotlar hamda mehnatni tizimli tashkil etish va o’quvchilarning mehnat madaniyati to’g’risida bilimlarga ega bo’lish metodikasi bugungi kun talablari asosida yoritib beriladi.
|