|
O’quvchilarni texnologiya faniga amaliy tayyorlash
|
bet | 5/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaO’quvchilarni texnologiya faniga amaliy tayyorlash. Amaliy tayyorlash texnologiya fanining muhim qismlaridan biri hisoblanadi. U o’zaro bog`langan bir necha elementlardan: oddiy asbob va moslamalardan foydalana bilish, kerakli operatsiyalarni to’g`ri va ratsional amalga oshira bilish, ya’ni u yoki bu materialga ma’lum izchillikda ishlov bera borish, yo’l qo’yilgan xatoni o`z vaqtida aniqlash va to’g`rilay olish kabilardan tarkib topadi.
Jarayonga amaliy tayyorlash faqat kerakli bilimlar bazasidagina amalga oshishi mumkin. U boshlang`ich maktabda boshlang`ich politexnik bilimlarga asoslanadi. Texnologiya fanining mazmuniga muvofiq o’quvchilar mazkur yosh uchun qulay bo’lgan materiallarga ishlov berishda qo’llaniladigan oddiy asbob va moslamalarni ishlatishning amaliy malaka va ko’nikmalarini egallaydilar. Oddiy asbob moslamalar maxsus asbob va mashinalarning bosh asosi hisoblanadi.
Amaliy malaka va ko’nikmalar bilan qurollantirish asosiy ishlab chiqarish operatsiyalarini o’rgatish ham demakdir. Boshlang`ich sinf o’quvchilari duch keladigan buyumlar texnologiyasi xilma-xildir, biroq bu masalani batafsil o’rganmasdanoq ish operatsiyalarining tipikligini sezib olish qiyin emas, ular: materialni o’lchash va belgilash; ularga egib, qirqib ishlov berish; qismlarini yelimlash, tikish, o’rish va bog`lash kabi yo’llar bilan birlashtirish va mustahkamlash; detallarni yig`ish va buyumni montaj qilishdir. Yakunlovchi operatsiya buyumni bezashdir. Boshlang`ich sinf o’quvchilarini mehnatga amaliy tayyorlashga grafik malakalarni shakllantirish ham taalluqlidir.
O`quvchilardagi texnologiya fanining ma’lum turiga bo’lgan mayl va qiziqishni o’z vaqtida aniqlash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg`ulotlarida takomillashtirishlariga yordam berish juda muhimdir.
Tаjribа shuni ko`rsаtаdiki, bоlаlar butun buyumning tuzilishini yaхshi tаsаvvur etsаlarginа, ish turi, shakli, hajmi va boshqa xususiyatlar, shuningdek, mehnat qurollari bilаn ishlаsh usullarini tеzrоq vа puхtаrоq o`qib оlаdilar. Аyniqsа 1-sinf o`quvchilari o`qituvchigа tаqlid qilishgа intilаdilar. Shu sаbаbli o`qituvchi o’quvchilarni har bir mehnat turiga aqlan to’g’ri yondashtira olishi va berilgan topshiriqni bajarishda ruhan tayyorlab borishi kerak.
O`quvchilarga texnologiya fanini o’qitish va tаrbiyalаsh ularni bo`lаjаk аmаliy fаоliyatgа tаyyorlаshdа mеhnаt mаlаkаlari vа ko`nikmаlari kаttа rоl o`ynаydi. Quyi sinf o`quvchilarigа texnologiya fanini o’qitish vаzifаlaridаn biri ulardа bir qаtоr mеhnаt mаlаkаlari vа ko`nikmаlarini shаkllаntirishdir. Mеhnаt mаlаkаlari vа ko`nikmаlari nаtijаsi bo`lib qоlmаy, bаlki o`quvchilarni mеhnаt fаоliyatigа, ijtimоiy fоydаli ishlаb chiqаrish mеhnаtini bаjаrishgа jаlb qilish shаrti hаmdir.
Kichik maktab o`quvchilarining texnologiya faniga amaliy tayyorlashda kuzatish qobiliyatini mashq qildirishning imkoniyatlari juda katta. Bular materialga ishlov berish jarayonida uning o`zgarishini kuzatish, turli asboblarning turli ishlab chiqarish hamda mehnat vaziyatlarida ish xususiyatini kuzatish, mehnat operatsiyalarining maqsadga muvofiqligini amaliy aniqlashdir. O`zining hamda o`rtoqlarining ishini kuzatish orqali o`quvchilar konstruktorlik yechimlarini, tayyor buyum va ularning detallari pardozining bajarilish usullari va sifatini taqqoslaydi, solishtiradi, baholaydi. yordamchi va ishlov berish operatsiyalari, mehnat usullarining sodda, qulay va osonligi, ishga sarflanuvchi vaqt miqdori kabi ko`rsatkichlar o`quvchilar nazaridan chetda qolmaydi. Bularning barchasi birgalikda faol fikrlash faoliyatini talab etadi va o`quvchilarning aqliy rivojlanishiga ko`maklashadi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari tomonidan texnologiya darslarida bajariluvchi kuzatishlar va eng oddiy tajribalar barcha analizatorlarning, xususan, har bir o`quvchi harakat apparatining bir vaqtda birgalikda qo`llanishiga asoslangan. Bu kichik maktab o`quvchilariga amaliy masalalarni hal etish uchun muhim bo`lgan turli materiallarning xususiyati va sifati (yumshoq-qattiq; yengil-og`ir; zich-g`ovak; mustahkam-nozik; tiniq, oq, rangli va hokazo), shuningdek, har bir materialning ishlov berishdagi qarshilik xususiyatlari to`g`risidagi savollarga yanada aniqroq va to`g`riroq javob berishga imkon beradi.
Texnologiya darslarida turli mehnat faoliyati turlaridan foydalanish o`quvchilar tomonidan to`planuvchi tajribalarning texnologik operatsiyalarni bajarish sohasidagi bilim va malakalarining muhim asosini tashkil etadi.
Texnologiya darslarida o`quvchilar faoliyatining muhim natijasi- bu ularning o`rganilayotgan obyekt va hodisalarning yangi belgi va
xususiyatlarini yanada mustaqil aniqlash, darsdan darsga yanada aniqroq va tizimlashtirilib boruvchi xulosalarning chiqarilishidir. Masalan, darslarning birida o`qituvchi o`quvchilar oldiga qog`oz turlarini aniqlash, qog`ozning ko`pgina vazifaga ega material sifatida umumiy xususiyatlari, qo`llanish va foydalanilishining cheksiz imkoniyatlarini ta‘riflash vazifasini qo`yadi.
O`quvchilar bu xususiyatlarni farqlash, boshqa materiallarga o`xshash xususiyatlarni izlash va topish, ularning aniq amaliy maqsadlar uchun tanlanishini asoslab berishni asta-sekin o`rganib boradilar. Bularning barchasi bolalarda buyumni konstruksiyalashtirish va uni to`g`ri bajara olish ko`nikmalarini rivojlantirish uchun muhim ahamiyatga ega. Texnologiya darslari bir necha shakllarda tashkil etiladi. Jumladan, grafik ishlar texnik mehnatni o’rgatishda muhim o’rinni egallaydi. Biror narsaning chizmasini chizishga butun bir dars, ba’zan ikki dars bag`ishlanadi. Shuning uchun texnik texnologiya darslarida chizmani chizishga kirishishdan oldin, chizmachilikda o’quvchilarni programma asosida chizmalarni bajarish uchun zarur bo’lgan elementlari bilan tanishtirish lozim. Amaliy ishlar o’quvchilarga egallagan bilimlarini amalda qo’llashni o’rgatishda yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish planini o’quvchilarning o’zlari mustaqil tuzishlari katta ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatga egadir. Ko’rgazmali qurollarning o’quvchilar tomonidan bajarilishini ham amaliy ishlarga kiritish mumkin, bu egallangan bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi.
Laboratoriya ishlari ta’limning turli bosqichlarida bo’lishi mumkin. Laboratoriya ishlarining o’tkazilishi egallangan bilimlarning ishonarlilik kuchini oshiradi, bilimlarni mustahkamlashga yordam beradi, ularni amalda qo’llashga o’rgatish uchun xizmat qiladi. Laboratoriya ishlari yangi bilimlarni berish maqsadlarida ham o’tkazilishi mumkin. Ushbu jarayonda o’quvchilarda mas’uliyatni his etish, kuzatuvchanlik, diqqatlilik rivojlanadi. Mustaqil ishlar – bu o’qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq uning topshirig`i bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlardir. Bu o’rinda o’quvchilar o’zlarining intilishlarini qo’llash hamda aqliy va jismoniy harakatlarining natijalarini u yoki bu formada ifodalab, topshiriqda qo’yilgan maqsadga ongli ravishda erishishga harakat qiladilar.
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan birga o’quvchilar o’z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini sinovdan o’tkazadilar.
Ekskursiyalar bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga mustaqillik malakalarini singdirish va hayotni bilishda muhim o’rin egallaydi. Agarda ekskursiyalarni o’tkazishda ishlab chiqarish vakillari ham qatnashsa, u yanada samaraliroq bo’ladi. Ekskursiya ja- rayonida o’quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan tanishadilar. Ekskursiyani o`tkazishdan oldin o’quvchilar oldiga aniq maqsadlar qo’yiladi va ekskursiyadan so’ng savol – javoblar o’tkaziladi.
|
| |