MAVZU.TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH METODIKASI FANINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI




Download 10,75 Mb.
bet7/95
Sana29.11.2023
Hajmi10,75 Mb.
#107282
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95
Bog'liq
o\'quv qo\'llanma

MAVZU.TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH METODIKASI FANINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI


  1. Texnologiya va uni o‘qitish metodikasi fanining o‘qitish metodologiyasi.

  2. Texnologiya fanini o‘qitish tamoyillari 3.Texnologiya fani nazariyasining asosiy negizlari.

  1. Texnologiya fani ta’limi va mehnat tarbiyasining uzviyligi.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Texnologiya haqida tushuncha, metodologiya, o’qitish tamoyillari, mehnat tarbiyasi.

Pedagogikaning fan sifatida shakllanib borishi ijtimoiy-iqtisodiy zaruriyat bo’lib, u turli fanlar bilan, shu jumladan, mehnat bilan ham qadim-qadim zamonlardan boshlab bog’liqlikda rivojlanib kelgan.


Ta’lim-tarbiya tarixiga nazar tashlar ekanmiz, moziyda ham eng muhim, bosh masala inson, uni mehnat orqali barkamol etib tarbiyalash bo’lganligining guvohi bo’lamiz. Eng qadimgi manbalardan boshlab, keyinchalik paydo bo’lgan ta’limiy-axloqiy asarlarda ham mehnatga oid nazariy, ham amaliy masalalar tahlil etilganki, uning asosida inson shaxsini ma’naviy-axloqiy shakllantirish muammosi markaziy muammo bo’lgan. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg’u bilig" asaridan boshlab Kaykovusning
"Qobusnoma", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq", Sa’diyning "Guliston", Alisher Navoiyning "Mahbub ul-qulub", Abdulla Avloniyning "Turkiy guliston yoxud axloq" va boshqa juda ko’p didaktik asarlarning har birini ta’lim-tarbiyaga oid darslik desak yangilishmagan bo’lamiz. Mazkur ta'limiy- axloqiy asoslarni insonning ma'naviy kamolga yetishida yuksak axloqqa ega bo'lishini ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin, degan g'oya ilgari suradi.
Xususan A.Avloniy o'z asarlarda shunday fikrlarni bildirgan edi: “Bolaning salomatligi va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmoq, yaxshi xulqni o’rgatmoq, yomon xulqdan saqlab o’stirmoq va mehnat qilishga undamoq yaxshidir.
Tarbiya qiluvchi inson – tabibdir. Tabib xastaning kasaligiga da’vo qilsa, tarbiyachi – boladagi yaxshi xulqni, poklikni, mehnatga layoqatni davolaydi.”
Xalq og’zaki va yozma ijodiyoti, xalq yodgorlik obidalari taraqqiyot jarayonida paydo bo’lgan, rivojlangan qadriyat darajasiga ko’tarilgan an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlar, amaliy mehnat faoliyatida o’z ifodasini topgan va ularni har tomonlama rivovlantirilishida katta ahamiyat kasb etgan. Xalq og’zaki ijodiyotida mehnatga oid shakllantirilgan juda ko’p maqollar va iboralar namunalariga guvoh bo’lamiz: “Mehnat - mehnatning tagi rohat”, “Mehnat qilgan xor bo’lmas”, “Yozgi mehnat – qishki rohat”, “Bir yigitga yetmish hunar oz”, “Hunarli kishi xor bo’lmas”, “Ustozidan o’tmagan shogird – shogird emas”.
Texnologiya fani pedagogika fanining metodologiyasiga tayanib faoliyat yuritadi. Pedagogika fani metodologiyasining yaratilishida qomusiy mutafakkirlar va mashhur pedagoglarning o’rni diqqatga sazovordir. Al-Xorazmiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Voiz Koshifiy, chex olimi Yan Amos Komenskiy, shvetsariyalik pedagog Iogann Genrix Pestaloststi, nemis pedagogi Adolf Disterverg, rus pedagogi K.D.Ushinskiy kabilar o’z ijodiyotlarida pedagogikaning metodologik asosini yaratdilar. Shularga ko’ra texnologiya fanining mazmuni, maqsadi, vazifalari, tamoyil, uslub va vositalari, har bir inson uchun zarur bo’lgan tarbiyaviy ta’sirlar yangicha asosga ega bo’lishi kerak.
Texnologiya fanining metodologik asosi, maqsad va vazifalari, yangi yo’nalishlari, texnologiya fani va tarbiyasining mazmuni, shakl va metodlari hamda boshqa qator muammolari va ularga yangicha yondashuv milliy istiqlol g’oyalari va milliy mafkura asosida yaratilishi muhim. "Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" texnologiya fanining metodologik asosi sanaladi. Dastlab “texnologiya” tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu tushuncha texnika taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan – "texnos" – san’at, mahorat, hunar va "logos"

  • fan so’zlaridan tashkil topib "hunar fani" degani.

Texnologiya va uni o’qitish metodikasi fanining o’qitish metodologiyasi: sharq mutafakkirlarining ta’limotlari, O’zbekiston Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimining mazmunini belgilab beruvchi direktiv-me’yoriy hujjatlar, xususan, O’zbekiston Respublikasining
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni hamda «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilingan qarorlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilingan me’yoriy hujjatlarda ilgari surilgan g’oyalardan iborat.
O’zbekistonda mustaqillikni saqlab qolish va uni mustahkamlashda texnologiya fani va uning metodologik asoslariga bevosita bog’langan holda har bir pedagog masalaga ijodiy, rivojlanuvchi nuqtayi nazaridan yondashishi zarurdir. Ana shunda mazmunan yangilanayotgan zamon talablari asosida shakllanayotgan mehnatning yangicha ko’rinishlari-inson ruhiyatiga ta’sir etuvchi zamonaviy metodlar asos bo’lgandagina haqiqiy, milliy va zamonaviy tarbiyashunoslik faniga aylanishi muqarrar.
O’zbekiston Respublikasi siyosiy mustaqillikni qo’lga kiritgan dastlabki kunlardayoq Respublikada texnologiya fanini tashkil etish sohasida tub islohotlarni amalga oshirish, uni yuksak darajada takomillashtirish va jahon texnologiya fani darajasiga ko’tarish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu e’tiborning yorqin isboti ta’lim sohasidagi, jumladan, texnologiya fani sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari hamda texnologiya fanining O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasidagi ustuvor yo’nalish deb e’lon qilinganligi bilan belgilanadi.
Texnologiya fani sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

    1. Texnologiya ta’limi va tarbiyasining insonparvar, demokratik tavsifda ekanligi. Davlatimizda tashkil etilayotgan texnologiya fani va tarbiya jarayonida shaxs, uning qadr-qimmati, ma’naviy hamda ma’rifiy huquqlarini hurmat qilish, uning iqtidori va qobiliyatini namoyish etish uchun imkoniyat yaratish, shuningdek, mehnat turlariga bo’lgan xohish-istagi va ehtiyojlarini inobatga olish masalalari nazarda tutiladi.

    2. Texnologiya fanining uzluksizligi va izchilligi. Ta’lim jarayonida didaktik xarakter kasb etib, o’quvchilarga texnologiya fani orqali berilayotgan bilim va shakllantirilayotgan ko’nikma hamda malakalarning uzluksiz, doimiy ravishda shakllanishini ta’minlaydi. Uzluksiz va izchillik mehnatga oid ma’lumotlar, ushbu fan asoslarini o’rganishning tartibga solinishini, avvalgi va keyingi materiallar o’rtasida ketma-ketlikni ta’minlashni anglatadi. Har bir o’quv fani singari texnologiya fani ham muayyan mantiqiy izchillikda o’qitilishi lozim. Mazkur prinsip shu holatni ifoda etishga xizmat qiladi.

Ma’lumki, ta’limning quyidagi qonuniyatlari mavjud:

    • tarbiyalovchi tarbiya qonuni;

    • har qanday ta’lim faqat o’qitayotgan, o’qiyotgan va o’rganayotgan obyektning ma’lum bir maqsadga yo’naltirilgan o’zaro ta’siri yordamida amalga oshiriladi;

    • ta’lim faqatgina o’qituvchining faoliyatiga va o’y-fikrlariga muvofiq ravishda o’quvchilarning faol faoliyatlari davomida yuz beradi;

    • o’quv jarayoni o’qituvchi hamda o’quvchining maqsadlari muvofiq kelgan holda yuz beradi;

    • alohida bir shaxsni u yoki bu faoliyatni o’rganishga yo’llash uni ushbu faoliyatga jalb etish orqali erishiladi;

    • ta’limning maqsadi, bilim olishning mazmuni va ta’lim metodlari orasida doimiy bog’liqlik mavjud bo’ladi;

    • ta’limning maqsadi ta’lim mazmunini va metodini belgilab beradi.

Shunga ko’ra texnologiya fanining qonuniyatlari tarkibiy qism sifatida ta’lim jarayoniga kiradigan, uning qonuniyatlaridan kelib
chiqadigan yaxlit pedagogik jarayon bilan keng ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning o’zaro aloqalarini tahlil etishdan kelib chiqadi.
Texnologiya fani tamoyillari - o’qituvchining faoliyatini va o’quvchining bilish faoliyati xususiyatini belgilovchi asosiy boshlanmalardir. Texnologiya fani tamoyillari o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining muhim ichki tomonlarini aks ettiradi hamda turli shaklda, turli mazmunda va har xil yo’sinda tashkil etiladigan texnologiya fanining samaradorligini belgilaydi. Shuning uchun texnologiya fani tamoyillari mehnatdan ta’lim berishning ma’lum obyektiv qonuniyatlarini o’zida aks ettiradi.
Texnologiya fani tamoyillari tizimiga: texnologiya fanining milliy yo’nalganligi, texnologiya fani va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, mehnat bo’yicha iqtidorli yoshlarni aniqlash, yuqori darajada bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratish kabilar. Jamiyat talab qilayotgan uzluksiz ta’limga tegishli bu qonun-qoidalar, texnologiya fanini o’qitish, bilim berish, ya’ni texnologiya fani jarayoniga samarali ta’sir ko’rsatadi.
Mehnat ta’lim tamoyillari maktab, o’quv yurtlari oldida turgan ulkan vazifalar asosida belgilanadi. Ular o’zaro bir-biri bilan mustahkam bog’liq holda bir tizimni tashkil etadi, har bir darsda didaktik tamoyillarning bir nechtasi ishtirok etishi mumkin. Ular texnologiya fani oldida turgan asosiy maqsadlarni hal etishga o’z hissasini qo’shadi. Ta’lim tizimi isloh qilinayotgan hozirgi jarayonda o’quvchilarga mehnat texnologiya fanidan mustahkam bilim berish, ularni erkin, mustaqil fikrlay oladigan insonlar qilib tarbiyalashda, ta’lim tamoyillarining mohiyatini chuqur anglash va hayotga tatbiq etish muhim muammolardan biridir.
Mehnat sohasida nazariy bilimlarni amaliyot bilan, turmush tajribalari bilan bog’lab olib borish mehnat ta’limining yetakchi qoidalaridan hisoblanadi. Texnologiya fani va tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo, nazariya bilan amaliy ishlarning o’zaro bog’liqligiga asoslanadi. Shundagina o’quvchi o’rganayotgan o’quv materiallarning tub mohiyatini tushunib yetadi va mustaqil faoliyatda, amaliy ishlarda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o’qituvchi ta’lim jarayonida o’quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmoq lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli, tushunib o’zlashtirishga olib keladi.Texnologiya fanidagi onglilik va faollik o’quvchilardagi
ko’tarinki kayfiyat, ko’proq bilishga intilish, mustaqil fikrlash va xulosalar chiqarishga undaydi. Mehnatga doir bilimlarni ongli va faol o’zlashtirish o’qitish jarayonining psixologik tomonlarida o’z ifodasini topadi. Texnologiya fanining ilmiyligi tamoyili o’quvchining o’quv materialidagi qonuniyatlarni aks ettirishi, tushunishi va o’zlashtirishi uchun to’g’ri sharoit yaratish maqsadida zarurdir.
O’quvchi texnologiya fanida bilimlarni o’zlashtirar ekan, uning dunyoqarashi ham, irodasi va axloqiy sifatlari, iymon-e’tiqodi va qobiliyati ham o’sib rivojlanib boradi.
Texnologiya fanining tarbiyaviy imkoniyatlaridan foydalanishda o’qituvchi avvalo, texnologiya darslarini uslubiy jihatdan to’g’ri tashkil etishga, o’quv materiallarining mazmuni bilan bog’liq tarbiyaviy maqsadlarni aniq belgilashga va bilim olishga qiziqtira olishga bog’liqdir. Shu bilan birga, o’qituvchining o’quvchilar oldidagi obro’-e’tibori ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Texnologiya fani jarayonini ko’rgazmali tashkil qilish zarur. Ham eshitish, ham ko’rsatish orqali o’quv materiallarini idrok qilish, ularni ongli va puxta o’zlashtirish, bilimlarni turmushdagi zaruriyatini anglab yetishlariga asos soladi, diqqatni barqarorlashtiradi. Shuning uchun ko’rgazmali materiallar o’rganilayotgan mavzuning mazmuniga mos kelishi, o’quvchining yoshi va bilim darajasiga muvofiqlashgan bo’lishi hamda ulardan foydalanishning samarali yo’l va vositalar ishlab chiqilgan bo’lishi lozim.
Texnologiya fanida bilimlar turli yo’l vositalari orqali puxta o’zlashtirgandagina, u mustahkam esda qoladi, bu esa o’quv materiallarini ongli o’zlashtirishga, nazariya bilan amaliyotni bog’lashga, ko’rsatmalikka amal qilishga va bilimlarni takrorlash orqali mustahkamlashga bog’liqdir. Texnologiya fanining bosh maqsadi esa bilimlarni tizimli va puxta o’zlashtirishdir.
Texnologiya fani va tarbiyasining maqsadi o’quv ishlarida mehnatga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir.
Mazkur maqsadni amalga oshirishda bir qator vazifalarni hal etish talab qilinadi. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda hal etiluvchi vazifalar ko’p qirrali bo’lib, u o’quvchilarning mehnat faoliyatiga amaliy va axloqiy tayyorgarlikning barcha tomonlarini qamrab oladi.
Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshiriladi:

  • mehnatning mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarga mehnatning shaxs kamoloti va jamiyat taraqqiyotidagi rolini yoritib berish;

  • inson mehnati hamda mehnat mahsuli bo’lgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni qadrlash, asrab-avaylashga o’rgatish;

  • mehnat qilishga nisbatan rag’batni, shuningdek, muhabbatni uyg’otish;

  • o’quvchilarning mehnatga ijtimoiy burch sifatida yondashuvlarini yuzaga keltirish;

  • mehnat faoliyatini tashkil etishga ongli ravishda, vijdonan yondashishni odatlantirish;

  • mehnat faoliyatini jamoa asosida tashkil etish;

  • mehnatga hayotiy zururat, inson faoliyatining asosi sifatida munosabatda bo’lish;

  • mehnatni ilmiy asosda tashkil etish borasida mehnat ko’nikmasi va malakalarini shakllantirishni yuzaga keltirish;

  • o’quvchilarda mehnatsevarlik xislatini tarbiyalash; o’z mehnati samarasidan g’ururlanish tuyg’usini shakllantirish;

  • muayyan kasb-hunar sirlarini o’zlashtirishga erishish va hokazolar.

Yosh avlodning mehnat faoliyati quyidagi yo’nalishlarida rivojlantiriladi va tarkib toptiriladi: mehnat o’yindan ajralgan holda mustaqil faoliyat sifatida shakllantiriladi; mehnat faoliyati jarayonining mohiyatini o’zlashtirilishiga erishiladi; mehnat faoliyatining turli shakllari vujudga keltiriladi.
O’quvchilar ta’lim jarayonida va darsdan tashqari sharoitlarda mehnatning ijtimoiy jamiyatda tutgan o’rni va rolini, inson kamolotini ta’minlash omili ekanligini, shaxsni qobiliyati va iqtidorini mehnat jarayonida takomillashib borishini hayotiy misollar yordamida bilib olishlari lozim. Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda bugungi kunda an’anaviy va noan’anaviy shakllardan foydalanilmoqda, xususan, mehnat bayramlari, ishlab chiqarish ko’rgazmalari, hashar, “mohir qo’llar” tanlovi, “Quvnoq shahar ustaxonasi”, o’quv ishlab chiqarish kombinatlari brigadalari, yordamchi xo’jalik, “Yosh radio-texniklar stansiyasi” va ijodiy
markazlar faoliyati, shuningdek, ustoz-shogird an’analari asosida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi kasb-hunar ta’limi va boshqalar.
Mehnat tarbiyasi to’g’ri yo’lga qo’yilgan ta’lim muassasalarida o’quvchilar maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq o’zlarining yosh va psixologik xususiyatlariga mos mehnat faoliyatiga jalb qilinadilar. Bunda ular o’z-o’ziga xizmat qilish borasidagi eng oddiy yumushlarni bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi ozodaligini saqlash, o’quv qurollarini ta’mirlash, kitoblarni yelimlash, o’quv anjomlarini darsga tayyorlash va hokazolar).
Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida o’quvchilarda mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida intizomga bo’ysunish, maqsadni amalga oshirish yo’lida shijoat, qat’iyat ko’rsatish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi.
Texnologiya fani va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi mehnatni uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida o’tkazilayotgan mehnat jarayonida o’quvchilarda do’stlik, o’rtoqlik, o’zaro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan quvonish kabi xislatlar tarbiyalanib boradi. Shuningdek, ularda tashabbuskorlik, tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, jamoa manfaatini shaxsiy manfaatdan ustun qo’yish singari axloqiy sifatlarning shakllanishiga poydevor qo’yiladi.
Mehnat jarayonida o’quvchilarda mehnat madaniyatining unsurlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri sanaladi. Mehnat madaniyati - bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo’lish, uni ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan unumli foydalanish), ish o’rnini ozoda tutish, mehnat (ish) qurollariga ehtiyotkorona munosabatda bo’lish, boshlangan ishni natijalash, uning samarali bo’lishiga erishishga yo’naltirilgan faoliyat ko’rsatkichidir. Mehnat madaniyati tushunchasi o’zida yana o’quvchining mustaqil harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to’g’ri tashkil eta olishni ham aks ettiradi.
Sharq mutafakkirlari ta’limni hech qachon tarbiyadan ajratib ko’rishmagan. Albatta, o’quv-tarbiya jarayonini, uni rivojlanishini ayricha ko’rib bo’lmaydi. Zeroki, Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov so’zlari bilan aytganda:
"Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi."
Hozirgi zamonda yetakchi olimlar, ilg’or pedagoglar tarbiya nazariyasidagi asosiy muammolarni aniqlash uchun quyidagilarga e’tibor qaratish lozimligini aytadilar:

  • tarbiyaviy ish ma’nosini aniqlash;

  • tarbiya istaklarini tasniflash;

  • o’quvchilarning ma’naviy ehtiyoji, talabi;

  • o’quvchilarning yoshi, sinfning umumiy saviyasiga mosligini inobatga olish;

  • o’quvchi bilim saviyasi, mantiqiy fikr doirasining o’sishi, tarbiyasiga ta’sirini aniqlash;

  • o’qituvchining shaxsiy xislatlarini shakllantirish, olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni tadqiq etish.

Shunga ko’ra, texnologiya fani va tarbiya jarayonlarining ajralmas qismlaridan biri mehnat darsida o’rganiladigan ta’lim mazmuni shaxsiy xislatlarini tarbiyalashning katta imkoniyatlariga egaligidadir.
Ayniqsa, bu mazmun shaxs tafakkurini yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida uyg’unlashtirish va yanada yangi yuqori bosqichlarda rivojlantirish, axloqiy xislatlarni shakllantirish imkonini beradi. Bulardan tashqari, o’quv-tarbiya tizimidagi o’quv, ijtimoiy foydali va unumli mehnat, estetika, ta’lim vositalari mehnat, estetik va jismoniy tarbiyani amalga oshirish imkoniyatlarini berishini ham qayd etish joizdir.
O’qituvchilarning o’quvchi bilan mehnat turlariga oid muloqoti, o’quvchilarning dars jarayonida sub’yektiv sifatidagi aktiv faoliyati, o’qituvchining o’quvchilar shaxsini shakllanishiga ijobiy ta’sir eta olishi bunday imkoniyatlarning yana bir qirrasidir. Shakl va mazmun jihatlardan ta’lim va tarbiya metodlari chambarchas bog’lanib ketgan.
Yuqorida keltirilgan dalillar yana bir marotaba ta’lim bilan tarbiyaning ajralmas jarayon ekanligini, o’quvchilarning atrof- muhitga, fan qonuniyatlariga, axloq, odob qoidalariga munosabati bevosita o’quv jarayonida boshlanib, darsdan va maktabdan tashqari faoliyatlarda davom etishini ko’rsatadi. Tarbiya jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati - aniq maqsadga yo’naltirilganligi.
Zamonaviy talqinda tarbiya jarayoni o’qituvchi va o’quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o’rtasida muayyan maqsadga erishishga qaratilgan samarali hamkorlik demakdir. Zero, tarbiya jarayonida o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi. Yagona maqsad unga erishish yo’li zamonaviy tarbiya jarayoni maqsadini tavsiflaydi.



Download 10,75 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   95




Download 10,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MAVZU.TEXNOLOGIYA VA UNI O‘QITISH METODIKASI FANINING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI

Download 10,75 Mb.