|
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
|
bet | 14/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanma Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:
Boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metodlari qaysilar? 2.Metod va uning turlari haqida ma’lumot bering.
O`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodilari orasidagi bog`liqlikni izohlang.
Ta’lim maqsadi va mazmunining o`zaro mutanosibligi ta’minlashda ta’lim vositalarining roli nimalardan iborat?
Ta’lim vositalarining texnologiya fani maqsadi bilan aloqadorligini isbotlang.
6-MAVZU.TEXNOLOGIYA FANI DARSLARIGA INTEGRATSION YONDASHUV
Reja:
1.Integratsiyalashgan ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari. 2.Boshlang‘ich sinf texnologiya darslarida integratsiyalashgan
ta’limdan foydalanishning metodik xususiyatlari.
3.Integratsiyalashgan darslarning samaradorligini oshirish omillari.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Integratsiyalashgan ta’lim, integratsiyalashgan ta’limdan foydalanish, integratsiyalashgan darslar samaradorligi
Ta'lim amaliyoti ko'rsatishicha, maktab ta'limida fanlararo aloqadorlikni yo'lga qo'yish fan va jamiyat hayotida bugungi kunda sodir bo'layotgan integratsion jarayonlarning yorqin ifodasidir. Ushbu aloqadorlik o'quvchilarning bilimlarni ongli o'zlashtirishi, dunyo haqidagi yaxlit tasavvurlarni rivojlantirish va amaliy, ilmiy-metodik
tayyorgarligini oshirishda muhim o'rin egallaydi. Bunday tayyorgarlik umumiy o'rta ta'lim o'quvchilarini darsda va darsdan tashqari mashg'ulotlarda, ishlab chiqarishda va umuman har qanday faoliyatda o'zlashtirgan bilim, ko'nikma va malakalarini erkin qo’llash imkonini beradi. Hozirgi vaqtda pedagogik amaliyotda fanlararo bog’lanish asosida ta’lim jarayoni integratsiya yo’llarida izlanishlar davom etmoqda. Fanlararo bog’lanish, ya'ni integratsiya negizida o’quvchilarda fikrlash qobiliyatining har xil turlarini shakllantirish nazarda tutiladi, bu esa o’z navbatida bilim(anglash) jarayoni bilan chambarchas bo’g’liqdir. Professor R. Mavlonova fikriga ko’ra integratsiya(fanlararo bog’lanish):
tabiatda mavjud bo’lgan obyektlar orqali o’quvchilarning shaxsiyatini shakllantirish;
“tabiat - inson” tizimida aniq bilimlarga ega bo’lishi uchun fikrlash qobiliyatini shakllantirish;
materiallarni anglab yetish va didaktik moslashishni shakllantirish uchun o’rganuvchi materialni bilimning har xil tarmoqlaridan olish;
bilim, ko’nikma, malaka tizimini ishlab chiqish;
maktab o’quvchilarida har xil turdagi fikrlash qobiliyatini shakllantirish, buning uchun ruhiy mashqlardan foydalanish, materialni tez o’zlashtirishga yordam beradi, uni eslab qolish va hissiy anglash qobiliyatini shakllantiradi.
Integratsiya ( lot. Integratio – tiklash,to'ldirish, integer – butun so'zidan ) – o'zida bir qancha ma'nolarni birlashtiruvchi so'z bo'lib, shu ma'nolardan biri " ikki va undan ortiq fanlarning yaqinlashishi va o'zaro aloqa jarayoni" dir. Fanlararo bog’lanish ko’rgazmali ta’lim tizimi bo’lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko’rgazmali, mahoratni vujudga keltirish sirlarini o’rganadi. Ko’rgazmali ta’lim tizimi esa turli xildagi turlar, shakllar, usullar, ob’yektlar asosida quriladi. Boshlang’ich texnologiya fani integratsiyasi asosan, maktabda o’qitiladigan chegaradosh fanlararo tuziladi. Odobnoma, musiqa madaniyati, tasviriy san’at, mehnat, jismoniy tarbiya fanlari bir-biri bilan o’zaro bog’liq va bu fanlarning maqsadi axloqiy, estetik tarbiya berishdir. Bu fanlar bir-biriga yaqin chegaradosh fanlar hisoblanib ular takibiga kiritilgam materiallar bir- biriga juda yaqin. Masalan, tabiat manzaralari rang-barang tasvirlar,
xilma-xil ko’rinishlar, o’lchamlarda ifodalangan. Bular kichik maktab yoshidagi bolalarga mos bo’lib bir tizimga tegishli bo’lgan tasavvurlarni boyitish imkonini hosil qiladi.
Bir-biriga yaqin, chegaradosh fanlar mazmuni o’quvchilarni har tomonlama ruhiy rivojlanishiga, ularda turli xil tafakkurni rivojlantirishga qaratilgan. Har bir o’quv predmetini o’rganish bolaning materialni anglash jarayonini, unda eslab qolishni, ta’sirchanlikni faollashtiruvchi, tafakkurni, nutq va tasavvurni rivojlantiruvchi ruhiy diqqatni yaratishga imkon beradi. Ayniqsa, chegaradosh fanlardan egallangan bilim bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lgan tafakkurning turlarini rivojlantirishda, fanlardagi mavzular mazmunining farqli va o’xshashlik tomonlarini bilib olishda, bir fandan olgan bilim, malaka va ko’nikmani boshqa fanlarda qo’llash uchun imkoniyatlarni hosil qiladi.
Har bir fandan shakllangan tafakkur bolalar tomonidan fikrlarni umumlashtirish, xulosalar chiqarish, ma’lumotlar to’plash vazifasini bajaradi. Uning xususiyatli tomonlaridan yana biri shundaki, u bolalarni fanlardan, jumladan, texnologiya fanidan real voqeliklarni, shakl va usullarni o’rganib ularni amaliy ishlarda qo’llashga o’rgatadi. Fanlar aloqadorligida texnologiya fanini tashkil etish uchun o’qituvchi maktabda o’rganiladigan o’quv predmetlari bilan uzviy bog’lasa yaxshi natijalarga erishadi. Buning uchun mehnatning o’quv- ijodiy xususiyati hamda ilmiy bilimlardan foydalanishi kerak. Asosiy maqsad - o’quvchilar boshqa fanlar hamda mehnatdan olgan bilimlarini ijtimoiy foydali mehnat jarayonida qo’llash vazifasi
bo’ladi.
Fanlar integratsiyasi bolalar mehnatining mazmuni va tashkil etishini aniq mahalliy ishlab chiqarish, xalq xo’jaligi ehtiyojlariga tayangan holda, zamonaviy ta’lim talablari asosida tuzish lozimligini taqazo etadi. Texnologiya fanining bu xildagi shakli o’quvchilarni umumiy mehnat va aniq kasbiy ko’nikmalar bilan tanishtiradi.
Fanlararo bog'liqlikni o'z o'rnida tashkil etish bilan bir qatorda integratsion o'quv topshiriqlarni tuzish va o'quvchilarni bir jarayonga jalb etish ularning dunyoqarashi kengayishi, tafakkur olamining boyib borishida, bundan tashqari ta'limsamaradorligini oshirishda muhim omillardan biri bo'lib hisoblanadi. Boshlang’ich sinflardagi “Tevarak atrofimizdagi olam”, “Texnologiya fani”, “Tasviriy san’at” darslari
insoniyat tomonidan foydalaniladigan mehnat vositalarini turli tomondan tabiiy materiallar sifatida, uning xossalari, amaliy ahamiyati jihatdan ochib beradi. Bu bilan texnologiya fanining nufuzi yanada oshadi va bolalarda iqtisodiy tafakkurni har tomonlama rivojlantirishga, uning ijobiy tomonlarga yo’nalganligini shakllantirishga imkon beradi. Fanlar aloqadorligida amalga oshiriladigan texnologiya fani va tarbiyasida har bir o’quv predmetining o’ziga xos xususiyatga ega ekanligini unutmaslik kerak. Masalan, jismoniy tarbiya darslari o’quvchilarning ijtimoiy foydali mehnat qilishda muhim bo’lgan sog’lig'ini yaxshilashga, ularning jismoniy va ruhiy kamchiligini bartaraf qilishga, chaqqonlik va ishchanligini oshirishga qaratilgan. Musiqa darslarida mehnat tarbiyasining muhim xususiyati, predmeti o’rganilibgina qolmay, balki mehnatga hissiy-ma’naviy tayyorgarlik ham ko’riladi.
Ona tili, matematika, tevarak-atrofimizdagi olam, odobnoma darslarida mehnat tarbiyasi alohida ahamiyatga ega. O’quvchilar atrof
-muhitni o’rganish asosida og’zaki nutqni o’stirish bilan birga maktab ishchi xodimlarining kundalik mehnati bilan tanishadilar, o’z oila a’zolarining mehnati haqida, uy o’simliklari, ekologiya va salomatlik haqida, oyoq kiyimi va ustki kiyimlarni tozalash haqida tasavvurga ega bo’ladilar. Shuningdek, o’quvchilarga mehnat tarbiyasini singdirishda quyidagilar ham muhim ahamiyatga ega:
Alifbe, musiqa, tasviriy san’at kitoblarining rasmlariga qarab o’quvchilar turli kasblar haqida tasavvurga ega bo’ladilar, ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat shakllantiriladi;
o’qish darsida boshlang’ich sinf o’quvchilari ko’pgina kasblar haqida ma’lumotlar oladilar;
matematika darsida o’rgatiladigan hisob-kitob, o’lchovga oid bilimlar texnologiya fani darslarida buyumlar tayyorlash uchun zarur bo’lgan amaliy bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantiriladi;
odobnoma darsida o’quvchilar mehnat qilish, mehnatsevarlik va kasb-hunar tanlashga oid o’zbek va Sharq mutafakkirlarining fikrlari bilan tanishadilar.
Yuqoridagilardan shunday xulosani aytish mumkinki, integratsiyalashgan texnologiya fani natijalari o’quvchilarning ijodiy fikrlari, amaliy ishlarida namoyon bo’ladi. U texnologiya fanidan o’qish-bilish faoliyatini nafaqat jadallashtirish, tizimlashtirish va
optimallashtirishga, balki turli soha madaniyatini egallashga ham imkon beradi.
Texnologiya fani bilan o’qish, odobnoma, ona tili, matematika, tevarak atrofimizdagi olam, jismoniy tarbiya va boshqa fanlari mazmunini integratsiyalash bu o’quv fanlarining turdoshlik xususiyatlaridan kelib chiquvchi ahamiyati shundaki darsning yanada mazmunli, qiziqarli va samarali bo’lishini ta’minlaydi.
Texnologiya darslarida bolalar ovqatlanish odobi, mehmon kutish odobi, kiyinish, dasturxon tuzatish odobi kabi axloqiy tarbiya me’yorlarini o’rganadilar. Bu ko’rinishdagi mavzularni odobnoma, o’qish, tasviriy san’at materiallarida ham ko’rish mumkin. 4-sinf o’qish fanining “Buzilmagan uya” mavzusida mehnat tarbiyasiga oid materiallar izohlangan. Unda: bir bola bog’da ishlayotgan bobosiga ovqat olib borishi, daraxtlarni payvand qilishda bobosiga yordam berganligi ifodalangan. Yana bir misol – matematika darsida o’rganiladigan o’lchov birliklari mehnat darsida gazmollar o’lchamini olishda, tabiatshunoslikda daraxtlarga ishlov berish, gullarni parvarishlash, yer ag’darish, ekin ekishlar haqida berilgan materiallarda texnologiya faniga oid materiallarni ko’ramiz.
Predmetlararo asosda tuzilgan integratsiya didaktik tizimga ega bo’lib, u o’qituvchi(ta’lim beruvchi) va o'quvchi(ta’lim oluvchi) harakatlarining mos kelishini ko’zda tutadi. Ikkala faoliyat ham umumiy tuzilish, ya’ni: maqsad, sabab, mazmun, vosita, natija va nazoratlarga ega. Biroq, o'qituvchi va o’quvchi faoliyatlari mazmunida quyidagi farqlar bo’ladi:
Maqsadli bosqichda o’qituvchi umumiy maqsadni qo’yadi, o’quvchilar esa o’qituvchi boshchiligida turli predmetlararo bog’liqliklarni tushunishlari, kerakli va turli predmetlararo bilimlarni tanlab olishlari kerak bo’ladi.
Isbotlash bosqichida o’qituvchi o’quvchilarning turli predmetlardan tushunchalarini umumlashtiradi, o’quvchilar esa o’z bilimlarini kehgaytirishga bo’lgan qiziqishga irodalarini yo’naltirishlari kerak.
Faoliyat mazmuni bosqichida o’qituvchi yangi material asosida integratsion dalillar, tushunchalar, muammolar majmuyi darajasida predmetlardan olingan tayanch bilimlarni jalb qiladi.
|
| |