• MAVZU. МEHNAT TARBIYASIDA XALQ OG’ZAKI
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 10,75 Mb.
    bet22/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


    1. O’quvchilarni mehnatga tarbiyalash uchun qanday ishlar amalga oshiriladi?

    2. Kasb turkumlari haqida nimalarni bilasiz? 3.Kasb tiplari haqida nimalarni bilasiz?

    1. Boshlang’ich sinfda o’quvchilarni mehnatga tarbiyalashga yo’naltiradigan qanday mavzularni bilasiz?

    2. O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh bosqichlari mazmuni nimalarda o’z ifodasini topadi?



    1. MAVZU. МEHNAT TARBIYASIDA XALQ OG’ZAKI


    IJODINING O’RNI
    Reja:

    1.Xalq og‘zaki ijodida mehnat tarbiyasining targ‘ib etilishi. 2.Xalq maqollarida mehnat tarbiyasi.



    1. Xalq rivoyatlari asosida o‘quvchilarni mehnatga o‘rgatish

    Mavzuga oid tayanch tushunchalar: Mehnat tarbiyasi, maqol, mehnat qo’shiqlari, xalq rivoyatlari.
    Sog’lom bolaning shakllanishida, nafaqat, jismonan sog’lomlik, balki fikran sog’lomlik ham mohiyatan bir maqsadga qaratilgan. Bolalarni sog’lom fikrlilikka chorlash degani ana shu sog’lom fikrlar haqida uqtirish emas, balki uni hayotga tatbiq qilish orqali singdirishdir.
    Ota-bobolarimiz azaldan mehnatni ulug’lab kelishgan , o’zlari sidqidildan mehnat qilishgan. Bizga ulardan meros bo’lib qolgan barcha xazinalar-ilmiy badiiy kitoblar, turli xildagi san’at asarlari me’morchilik obidalari va boshqa narsalar ana shu mehnatning mahsulidir. Bobolarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yutuqlarni qo’lga kiritishgan. Yoshlarni ham mehnatni sevishga, mehnatsevar bo’lishga chaqirishgan. Xalq og’zaki ijodi namunalari qadimiyligi, ta’sirchanligi manbalardan hisoblanadi. Bu tarbiya vositalarini bolalar hayotiga tabiiy ravishda olib kirish lozim. Ular mehnay, poklik,
    kattarga hurmat kabi insoniy fazilatlarni bola qalbiga singdirishning muhim vositasidir. Shu boisdan, jahondagi barcha xalqlarning maqollarida bo’lgani kabi, o’zbek maqollarida ham mehnatsevarlik g’oyasi markaziy o’rinlardan birini egallaydi. “Suvsiz hayot bo’lmas, mehnatsiz rohat”, “Mehnat qilsang yasharsan, katta-katta osharsan”
    ,“Oltin o’tda toblanar odam mehnatda”, “Mehnat bilan qarisang rahmat bilan yashaysan ”, “Uzoq umr siri mehnatda”, “Daryo suvini bahor toshirar, inson qadrin mehnat oshirar”, “Mehnatdan do’st ortar, g’iybatdan dushman” kabi xalq maqollari bejiz aytilmagan. Maqollar odamlarning hayoti va turmushi jarayonida to’plagan tajribalari, dunyoqarashi, o’zi yashab turgan ijtimoiy hayotga bo’lgan munosabati, o’tmish hayoti va uning ibratli saboqlarini, umid va orzularini ifodalaydi. Maqollar xalq og’zaki ijodining bir turidir. Maqollarda xalqning turmush davomida to’plagan tajribalari natijasida yuzaga kelgan xulosalari ixcham va sodda tarzda bayon etilgan.
    Demak, maqollar xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so’zlardir. Ular qadimdan sinalgan, turmush tasdig’idan o’tgan tushunchalar orqali kishilarni ogohlantiradi. Hayot, yashash tushunchalariga endigina duch kelayotgan boal maqollar orqali to’g’ri yo’lni tanlay oladi.
    Bundan tashqari xalq hayotiga hamroh bo’lgan qo’shiqlarda ham halol rizq topish, mehnatsevarlik o’z aksini topgan. Ajdodlarimiz uchun mehnatning samarali bo’lishining yechimi qo’shiq aytishdan iborat bo’ladi. Shuning uchun ajdodlarimiz har bir ishni qo’shiq bilan bajarib ham mehnatning samarali bo’lishini, ham zerikmasdan bajarish yo’lini o’ylab topganlar. Xalqimiz orasida yashab kelayotgan mehnat qo’shiqlari bajariladigan ish sohalariga qarab uch xil bo’ladi:

      1. Dehqonchilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari: Shohlari bir quloch-quloch,

    Shohimga qo’nar qaldirg’och. Yuray desam, voy, qornim och, Men qo’shga qanday yarayin.
    Ho’kizginam, bo’yniginang ezildi, Ko’zginangdan yoshlar qator tizildi. Bo’yinturuq bilan omoch tortmasang, Sening bilan menga go’rlar qazildi.
    Dehqonchilik qo’shiqlarida yil-o’n ikki oy mobaynida olib borilgan mehnat jarayoni bosqichma-bosqich o’z ifodasini topadi. Ularda yer haydash, dalaga yangi yil hosili uchun bug’doy sepish, unib chiqqan va boshoqlari yetilgan bug’doylarni o’rish, ularni yanchib donini ajratish kabi har bir jarayon, albatta, qo’shiq aytish bilan qo’shib amalga oshirilgan. Agar bu qo’shiqlarda faqat dehqonning bajarayotgan mehnati aks etgan, desak, xato bo’ladi. Chunki har bir qo’shiqda dehqon, albatta, o’zining ichki kechinmalarini, hayot tajribasidan olgan taassurotlarini, turmush tashvishlarini bayon etishga urinadi. Qo’shiq aytuvchi kishi sahnada san’atkor emas, balki dalada ham oddiy ijrochi, ham tinglovchi sifatida namoyon bo’ladi.

      1. Chorvachilik bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari: Shoxlaring bor bir minora, churiya-churiya, Minora qushlar qo’nar-a, churiya-churiya, Bolang olib iskasang-a, churiya-churiya, Kuygan yuraging qonar-a, churiya-churiya.

    Chorvachilik bilan bog’liq qo’shiqlar xalqimizning qadimdan bu kasbni egallab kelganidan, chorvachilikning sir-sinoatlaridan xabardor ekanidan dalolat beradi. Xalq har bir hayvonga xuddi odamdek muomalada bo’lgan. Uni erkalagan, maqtagan, ta’riflagan, sifatlagan. “Xo’sh”, “Turey-turey”, “Churey-churey” qo’shiqlarini chorvadorlar ichida yashagan shoirtabiat odamlar to’qishgan. Bu qo’shiqlarda turli badiiy san’atning boshqa namunalarida bo’lganidek turli badiiy san’atdan foydalanilgan.
    O’zbek xalqi qadimdan hunarmandchilik bilan shug’ullanib kelgan. O’zbekiston hududida ishlab chiqarilgan shohi atlaslar, banoras to’nlar, amaliy san’at namunalari, to’qilgan gilamlar butun dunyoga mashhur bo’lgan. Qadimda o’z hunari bilan nom taratgan ustalar o’z shogirdlaridan kasbiy ko’nikmalar qatori she’r, qo’shiq aytish, biror musiqa asbobida kuy kuychalishni ham talab qilganlar. Ularning fikricha, har tomonlama yetuk bo’lmagan inson, ayniqsa, estetik zavqi yo’q kimsa bironta hunarni ham uquv bilan o’zlashtira olmas ekan. Shuning uchun xalqimiz orasida turli kasb bilan shug’ullanayotgan odam borki, qo’shiq aytadi, askiya aytadi, musiqa chaladi. Bu fazilat unga o’zi ishlab chiqarayotgan narsaning go’zal ko’rinishga ega bo’lishini ta’minlaydi. Qo’shiq bilan tayyorlanayotgan narsaga ustaning mehri quyiladi.
    O’zbek xalq mehnat qo’shiqlarining salmoqli qismini kashta tikish, bo’z to’qish, charx yigirish kabi faoliyat bilan qo’shib turli ohangda ijro etadigan she’r namunalari egallaydi. Jumladan, ularning eng qadimgilaridan biri charx qo’shiqlari hisoblanadi. Bugungi kun tekstil sanoati paydo bo’lmasidan avval paxtaning chigiti qo’lda ajratib olinar va paxta momig’idan charxni aylantirish vositasida ip yigirilardi. Ayollar kecha-kunduz ip yigirish bilan shug’ullanib, tayyor bo’lgan iplardan gazlamalar to’qishgan.

      1. Kasb-hunar bilan bog’liq mehnat qo’shiqlari: Charx yigirib, charx yigirib, tuyugan.

    Shul qo’lginam toladir. Agar shuni yigirmasam, Bolalar och qoladir.
    Har bir zerikarli va mashaqqatli mehnatning ham chegarasi bo’ladi. Ammo agar odam bevosita charxda ip yigirish orqali kun ko’rsa, unga bu azobli mashg’ulot chegarasizdek bo’lib tuyulgan. Ana shunday daqiqalarda odam o’ziga chorasiz, najotsiz bir shaxs bo’lib ko’ringan. Qo’shiqda bu holat shunday kuylanadi:
    Charxginam, ey, charxginam, Yurakkinam olasan,
    Ayt-chi, sen bu yurtlardan, Qachongina yo’qolasan?!
    Tabiiyki, bolalarning eng sevimli mashg’ulotlaridan biri, bu ertak tinglashdir. Ertaklar xalq og’zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy va keng tarqalgan janrlaridan hisoblanadi. Ularda insonparvarlik, vatanparvarlik, do’stga sadoqat, yorga vafodorlik, qahramonlik kabi fazilarlar ulug’lanadi, zulm va zo’rlik qoralanadi. Xalq og’zaki ijodida ertaklar o’ziga xos o’rin egallaydi. Xalq ertaklarining ko’pchiligida mehnat ulug’lanadi. “Shirin uyqu” ertagi bunga yaqqol misol bo’la oldi:
    “Bir donishmandning uchta o’g’li bo’lib, ota o’limi oldidan o’g’illarini o’z oldiga chaqirib shunday vasiyat qilibdi: Uyquni shirin qilib uxlang, ovqatni shirin qilib yeng. Ikki aka ota vasiyatiga amal qilib, ustma-ust yeb yotaveribdilar. Mehnat bilan shug’ullanmabdilar. Yegan ovqatlari singmabdi. Ko’zlariga uyqu kelmabdi. Borgan sari mol-dunyolari kamayib qashshoqlashib ketaveribdilar. Uchinchi o’g’il esa ertadan kechgacha mehnat qilar ekan. Borgan sari davlati ko’payib, uyqusi shirin bo’lib, ovqati mazali bo’lib boribdi”.
    Demak, ertakdan shunday xulosa chiqadi, barcha rohatlarning otasi-mehnatdir. Aka-ukalar buni hammalari har xil tushunibdilar. Ota nasihatini to’g’ri tushungan kenja o’g’il o’z murod-maqsadiga yetibdi. “Qumursqa” ertagida dunyodagi eng zo’r mavjudot
    mehnatkash, mehnatni sevuvchi mavjudot ekanligi aytiladi.
    Muz, bulut, kun, yomg’ir, yer, ot, mol, bo’ri, sichqoncha, merganda “kim zo’r?”deb so’raganda, biri ikkinchisini ko’rsataveradi. Oxirda qumursqa: “otangning olti yuz botmon oshirib yeganman; pochchangning yuz botmon bug’doyini yetti tog’dan oshirib yeganman. Men zo’rman, men zo’r deydi”. Bu yerda qumursqalar mehnatsevar qilib ko’rsatilgan. O’zbek xalq ijodida mehnat va mehnat ahlini hamisha ulug’lab, unga mehr-muhabbat bilan qarashgan. “Qumursqa” ertagida ham shu g’oya ertakka xos uslubda, ajoyib o’xshatishlarda kulguga boy quyidagicha suhbatda bayon etilgan:
    -Qorning nima uchun katta?
    -jigarim zo’r, -dedi qumursqa.
    -beling nima uchun ingichka?
    -mehnatim zo’r! –javob berdi qumursqa.
    Xalq og’zaki ijoding noyob durdonalaridan biri bo’lmish tez aytishlar chuqurroq tahlil qilib ko’rilsa, barcha tarbiyalar qatori mehnat tarbiyasi yuzasidan juda ko’p manbalar uchratish mumkin.
    Novvoy nonni yopar, Nonni novvot deb sotar.
    Jamila jiydani joyiga joyladi. Soli arralaydi,
    Lola allalaydi.
    Xalq og’zaki ijoding katta-yu kichikka birdek yoqadigan turi bu topishmoqdir. Topishmoqlarning mazmunidan kelib chiqqan holda ularda ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalarining yoritilishini o’rganishimiz mumkin:
    Tom ustida bir anor, hadding bo’lsa ushlab ol. Uzoq tog’da o’t yonar.
    Uxlab yotar kunduzi, Shomda ochilar ko’zi. To’rt oyoqli, temir tuyoqli.
    Ustida bukrisi bor, Oyoqda tuflisi bor. Soqoli bor, aqli yo’q.
    Boraveradi, boraveradi, Bo’yradek yerni olib yotadi. Do’stim sherik bo’ladi, uyni qo’rib turadi.
    Uyday joyda yotadi, sichqon ko’rsa qochadi. Tuya desam, kattakon, Usti keng-u, bir makon. Tokchama-tokcha, Azamat xo’ja.
    Suv tagida oltin baldoq. Emaklagan toshni ko’rdim, Toshdan chiqqan boshni ko’rdim.
    Ovoz berar azonda, mazasi bor qozonda.
    Xafa bo’lsa, koptok bo’lib, Igna ko’rpa yopadi. Zumda ko’z ochib kulib, ilgarilab chopadi.
    Makonidir dalalar, pushtalarda bolalar,
    To’ni yo’l-yo’l beqasam, go’shti suvli va asal (tarvuz) Bo’lar sariq yo qizil,
    Yer tagida yetilar.
    Tupida yakka hosil, Sochi yashil, selkillar.
    Yoshlarni mardlik, halollik, jasurlik ruhida tarbiyalashda , ma’nan pok va barkamol qilib voyaga yetkazishda xalq og’zaki ijodining noyob durdonasi bo’lmish “Alpomish” dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo’y bo’lishga, o’z yurtini, oilasi, qo’rg’onini qo’riqlashga, do’sti, or- nomusini, ota- bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzlardan saqlashga, ma’naviy- axloqiy pok bo’lishga o’rgatadi. “Alpomish”dostoni ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning yorqin namunasi bo’lib, tarixiy ildizlarimizning qanchalik chuqur ekani, xalqimiz qanday muhitda shakllanib, rivojlangani, qiyinchiliklarni qanday yengib chiqqanini yorqin tasvirlab beradi. Biz “Alpomish” timsolida ijodiy tafakkurimiz, ma’naviy boyligimizning qay darajada ekanligini, ma’naviy barkamol axloqan pok, vijdonli o’g’lonlarimizning qiyofasini ko’ramiz.
    Zardushtiylarning muqaddas kitobi hisoblangan “Avesto”da bolalar yoshligidan daraxt ko’chati o’tqazishi, uy-ro’zg’or qurollari yasashini, yerga ishlov berishi kabi mehnat mashg’ulotlari bilan shug’ullanishlari kerakligi haqida ko’plab satrlar keltirilgan. “Avesto”da ta’riflangan va targ’ib etilgan eng ulug’ kasb dehqonchilikdir. Zeroki, bu kasb sohiblari zardushtiylarni moddiy ne’matlar bilan ta’minlaydi. Bu hayot taraqqiyotining asosiy omilidir. Dehqonlar va chorvadorlar jamiyat moddiy ne’matlarini yaratuvchilari sifatida ta’riflangan. Ajdodlarimiz madaniyati merosi bo’lmish “Avesto”da shunday parcha bor:
    “Zardusht iloh Ahura Mazdadan so’rdi:

    • Ey, Ahura Mazda! Zaminni hammadan ham baxtiyor qiluvchi zot kim?

    Ahura Mazda javob berdi:

    • Ey, Zardusht! Kimki uni yaxshilab haydasa va ziroatga tayyorlasa!..

    Ey, Zardusht! Kimki g’alla eksa, u haqiqatni ekadi…”
    Demak, ota-bobolarimiz yer yuzidagi eng qadim zamonlardan buyon dehqonchilik bilan shug’ullanib kelayotgan ekan. Xalqimiz eng qadimgi yodgorligida ham mehnatga undalmoqda mehnat qilgan, yerga ishlov bergan ulug’langan.
    Shuni aytish joizki, xalq og’zaki ijodi – xalq badiiy faoliyatining tarkibiy qismi. U xalq san’atining boshqa turlardan o’ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turuvchi og’zaki ijodi janrlari tarkibga bo’linsa-da bir butun meros ekanini tasdiqlaydi. Og’zaki asar qaysi janrga taalluqli ekanidan qat’iy nazar yosh avlodning barkamol bo’lib yetishishini ta’minlash maqsadini amalga ishirishda xizmat qiladi.
    Bolalarning bo’sh vaqtlarini unumli tashkil etish maqsadida xalq og’zaki ijodi namunalari bilan ko’proq tanishtirish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Chunki tarbiyada xalq og’zaki ijodi durdonalarini bolalar ongiga singdirishning o’rni beqiyosdir.
    “Alpomish”, “To’maris”, “Shiroq” kabi timsollarimizni bolalarga tanishtirish, ularning mardonavor surati tushurilgan “mazaika”larni kengaytirishimiz, bolalar bog’chasi, maktablar, saylgohlarda ularning surati tushirilgan yorliqlarni osish kabilar orqali jasoratli, irodali va albatta ma’naviyatli yosh avlodni voyaga yetkazishimiz mumkin.



    Download 10,75 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

    Download 10,75 Mb.