|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 19/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanma
Mehnat predmetiga qarab barcha kasblar beshta tipga bo’linadi.
«Odam — tabiat». Bu yerda mehnatning asosiy, yetakchi predmeti jonli tabiatdir. Bu tipga, masalan, quyidagi kasblar kiradi: urug’shunos, meva-sabzavotshunos, davlat urug’chilik inspeksiyasining laboranti, chorvador-usta, ximik-bakteriologik analiz laboranti, zootexnik, agronom.
Texnika (techne – mahorat, san'at) – moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning ehtiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofidagi tabiatga ta'sir qilishga imkon beradigan vositalar va ko'nikmalar majmuyi.
«Odam-texnika». Bunday kasblar tipida mehnatning asosiy yetakchi predmeti texnika ob`yektlari (mashinalar, mexanizmlar va boshqa shunga o’xshashlar), materiallar, energiya turlaridan iborat bo’ladi. Jonsiz tabiat ob`yektlari (Yer osti boyliklari, tuproq, suv, o’rmon va qishloq xo’jaligi mahsulotlari) ham ko’p jihatdan shularga o’xshagan bo’ladi.
«Odam-odam». Bu yerda asosiy mehnat predmeti odamlardir. Mazkur mehnat sohasida mayllar, qiziqishlar qay darajada ekanini aniqlashda o’quv predmetlaridan tashqari, siz shaxsan o’zingiz jamoa bo’lib o’tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etib orttirgan tajribangiz ham yordam beradi. Makzur tipga kiradigan quyidagi kasblarni ajratib ko’rsatish mumkin: - Radioelektron apparatlar va asboblar montajchisi elektr va radiotexnika sohasida chuqur bilimga ega bo’lmog’i kerak.
«Odam-belgilar tizimi». Kasblarning bu tipida shartli belgilar, raqamlar, kodlar, tabiiy yoki sun`iy tillar asosiy yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Hozirgi zamon kishisi belgilar va belgi tizimlari dunyosida matnlar, chizmalar, sxemalar, kartalar, jadvallar, formulalar, yo’l belgilari ichida yashaydi. Binobarin, bularning hammasini biladigan tegishli mutaxassislar ham zarur.
«Odam-belgilar tizimi» tipidagi kasblar quyidagilarni o’z ichiga oladi:
hujjatlarni (ona tilida yoki chet tilida) rasmiylashtirish, ish yuritish, matnlar va ularning qayta yozilishi, qayta kodlashtirilishi bilan bog’liq bo’lgan kasblar: tarjimon, sekretar-mashinistka, telegrafchi, texnik redaktor va boshqalar;
«Odam badiiy obraz». Kasblarning bu tipida badiiy obrazlar, ularning tuzilish usullari yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Bu yerda quyidagi kasblarni ajratib ko’rsatish mumkin:
tasviriy faoliyat bilan bog’liq bo’lgan kasblar: badiiy mebellar ishlab chiqarish boyicha duradgor, toshga oyib gul soluvchi, yoritish elektrotexnigi (teatrda), poyabzal kanstruktor-modeleri, dizayner- rassom va boshqalar;
|
| |