O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 10,75 Mb.
bet17/95
Sana29.11.2023
Hajmi10,75 Mb.
#107282
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95
Bog'liq
o\'quv qo\'llanma

Kasb-hunarga yo’naltirishga oid o’yin va tadbir turlari
Milliy qadriyatlarimizdan mia’lumki, o’yinlar, jumladan, kasb- hunarga yo’naltirishga oid o’yinlar bolalar tomonidan azaldan o’ynalib kelingan. O’yin – bolalarda unga nisbatan mas’ullik tuyg’usini, o’yin qoidalariga qat’iy rioya qilish burchini shakllantirib borish bilan bir qatorda mehnatga bo’lgan hissiyotini o’stiradi. Bolalar o’yin sujetiga muvofiq kerakli narsalarni o’z qo’llari bilan tayyorlaydilar, materiallar to’playdilar. Bu jihatlar harakatni predmet boshqaradigan o’yin turlarda namoyon bo’ladi. Bolalar o’yinlarni o’ynash uchun tuproq, loy, ro’molcha, lanka, chillak, turli qo’g’irchoqlar, o’yinchoqlar, parraklar, varraklar, soqollar, g’altakcha va boshqa narsalarni o’z qo’llari bilan tayyorlaydilar, tikadilar, yasaydilar. O’yinga mos toshchalar, tanga, hanguz, oshiq, koptok, yong’oqlarni to’playdilar. Bular bolalarda ijodkorlik malakasini shakllantirishda xizmat qiladi va o’z navbatida o’yinni tashkil etuvchi topqirlikka o’rgatadi. Masalan, qizlar qo’g’irchoq yasamoqchi bo’lishsa, bir tugma, ozgina ip va mato, ikkita cho’pchak topishsa bo’ldi, ular uni tayyorlaverishadi.
Bolalar kasb-hunar egalarining faoliyatiga taqlid qilib, ular obrazini yaratishga harakat qiladilar. Masalan, “Bo’yoq sotuvchi” o’yinida sotuvchining do’konda o’tirib savdo qilish harakatini, pul va xaridor bilan muomalasini, savdo-sotiqni tashkil qilish, molni maqtash, narxni oshirishga intilish kabi shu kasbgagina aloqador nozik holatlarni o’ynab turib aks ettirshga intiladilar. Shu orqali
bolalarda sotuvchilik kasbiga oid ko’nikma va malaka hosil bo’la boradi.
“Kadi pishdi” o’yini dehqon bilan xaridor dialogi asosida tashkil etiladi. Unda dehqon obrazini haqiqiy dehqonlardek tutishga harakat qiladi. Buning uchun u taqliddan dehqon kabi yer hadayotgandek, hosil ekayotgandek, hosil parvarish qilayotgandek va nihoyat hosilni avaylab yig’ishtirib olayotgandek harakatlarni bajarib ko’rsatadi.
Kasb-hunar egalarining faoliyatiga taqlid qilib ko’rsatishga molik yana juda ko’p o’yinlarni bolalar katta qiqish bilan o’ynaydilar. “Bog’bon va gullar”, “Cho’pon va shog’ol”, “Milissioner”, “Samolyotlar”, “Ot ustida sakrash” va boshqa o’yinlar kasb-hunar egalari faoliyatini taqlid qilib ko’rsatishga molik o’yin turlariga misol bo’ladi.
Maktablarda sahna ko’rinishidagi turli-tuman tadbirlar, jismoniy mehnat, bayram tadbirlari, kasbga bag’ishlangan kechalar muntazam o’tkazib kelinadi. Shu tariqa o’quvchilar zamonaviy ishlab chiqarish turlari va kasblari, xo’jalik turlari, kasbning rivojlanishi, kasblarni o’zlashtirishning shakllari va shartlari, mehnat faoliyati jarayonida kasbiy malaka usullari bilan tanishib, o’rganib boradilar.

Download 10,75 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   95




Download 10,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 10,75 Mb.