|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 13/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaEkskursiyalar bilishga qiziqishni avj oldirishda, o’quvchilarga mustaqillik malakalarini singdirish va hayotni bilishda muhim o’rinni egallaydi. Agarda ekskursiyalarni o’tkazishda ishlab chiqarish vakillari ham qatnashsa, u yanada samaraliroq bo’ladi. Ekskursiya ja- rayonida o’quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan tanishadilar. Ekskursiyani o`tkazishdan oldin o’quvchilar oldiga aniq maqsadlar qo’yish, ekskursiyadan so’ng savol – javoblar o’tkazish lozim.
Har bir o’quvchidagi qiziqish turlichadir, shunday ekan, o’qitishda individual yondashishni amalga oshirish kerak bo’ladi.
Bundan tashqari bir sinf, bir yoshdagi o’quvchilarning rivojlanganlik darajasi hamda bilimlarni egallash tezligi turlichadir.
Darsni to’g`ri tashkil etishda har xil o’zlashtiruvchi o’quvchilar bilan ishlashning oldindan o’ylab qo’yilgan sistemasi bo’lishi muhimdir. Darsning samaradorlik darajasini oshirish uchun turli tarqatma materiallar, rasmlar, andozalar, o’lchamlar, asbob- uskunalarda o’rinli foydalanilishi lozim. Bular o’quvchilarda ko’rish, tasavvur hosil qilish, diqqatni jamlab qunt bilan ishlash, chiroyli va shinam shakllar yaritishga da’vat etadi. Shuning uchun ham bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham, yaxshi o’zlashtiradigan o’quvchilarga ham oldindan alohida kartochka-topshiriqlar tayyorlab qo’yish kerak.
Umumiy tanishtirish xarakteriga ega bo’lgan ekskursiyani ta’limning biror bo’limi boshlanishidan oldin o’tkazilishi kerak. Aniq mavzuga bag’ishlangan ekskursiyalarni dasturdagi biror mavzuni o’tishdan keyin yoki avval o’tkazilgani maqul. Ekskursiya 15-20 o’quvchidan iborat bo’lib, frontal o’tkaziladi. Mehnat o’qituvchisi rahbarligida ularning ishlash tamoyiliga va mahsulot ishlash texnologiyasiga, mehnatni tashkil etishga qaratiladi. Obyektiv ravishda mavjud bo’lgan munosabatlarni aniqlash va taqqoslash yo’li bilan umumiy tamoyillarni bilib olishni o’rganadi.
Har qanday ekskursiyaning mazmuni 3 bosqichda amalga oshirilishi lozim:
Kuzatuv ob’yektini oldindan tanlash, maqsad va vazifalarini aniqlash, ekskursiyaning o’tkazilish tartibi, berilgan topshiriq va hisobotlarning shakllarini tayyorlashdan iborat bo’lgan tayyorgarlik davri.
Tayyorgarlik bosqichidagi barcha talablar nazorat qilinadi: Ekskursiyada o’zini tutish qoidalari, turli xil ma’lumot olish uchun suhbatlar uyushtiriladi.
Ekskursiyaga yakun yasash. Ekskursiya jarayonida paydo bo’ladigan masalalarni hal qilishga qaratilgan yakunlovchi suhbat.
O`quvchilarning qiziqish va o’zlashtirishlari turlichaligini bilgan o’qituvchi ularning qo’llaridan keladigan topshiriqlarni oldindan o’ylab qo’yadi. Shu orqali u faqat yaxshi o’zlashtiradiganlarninggina emas, balki bo’sh o’zlashtiradigan o’quvchilarning ham bilish
faolligini rivojlantiradi. Topshiriqlar albatta muammo xarakteriga ega bo’lishi kerak.
Kuzatishlar o’quvchilarni predmetga diqqat bilan qarashga, uning xarakterli xususiyatlarini sezishga odatlantiradi. O`quvchilarga bilimlarni hayotdan olishni ham o’rgatish kerak. Agarda o’qituvchi topshiriqqa kuzatilayotgan faktlarni kuzatuvchining qo’lidan keladigan tahlil va umumlashtirishlarni kiritsa, kuzatishlarning samaradorligi yanada ortadi.
|
| |