O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 10,75 Mb.
bet21/95
Sana29.11.2023
Hajmi10,75 Mb.
#107282
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   95
Bog'liq
o\'quv qo\'llanma

Kasb guruhlari. Nihoyat, piramidaning oxiridan oldingi qavati
—mehnat sharoitlari boyicha kasblar klassifikatsiyasiga to’xtalib o’tamiz. Kasblar to’rtta guruhga bo’linadi:

  1. Odatdagi («maishiy») mikroiqlim sharoitidagi mehnat (Mt). Hisobchi, iqtisodchi, chizmachi, o’qituvchi va boshqalarni mana shu kasb gruppasiga kiritish mumkin.

  2. Harorat, namlik keskin o’zgarib turuvchi ochiq havoda ishlash bilan bog’liq bo’lgan mehnat (O). Quyidagi kasblar bunga misol bo’la oladi: quruvchi, o’t o’chiruvchi, sug’oruvchi va boshqalar.

  3. Odatdan tashqari mehnat: yer ostida, suv ostida, balandlikda, havoda, qaynoq tsexlarda, sog’liq uchun muqarrar zararli ta`siri bo’lgan tsexlarda ishlash (G`). Bunday kasbga misollar: uchuvchi, shaxtyor, g’avvos va hokazo.

  4. Odamlarning sog’ligi, hayoti uchun, katta-katta jamoat boyliklari, moddiy ne`matlar uchun oshirilgan ma`naviy mas`uliyat bilan bog’liq bo’lgan mehnat (M). O’qituvchi, shifokor, militsiya noziri, texnika xavfsizligi muxandisi va boshqa kasblarni mana shu mehnat guruhiga kiritish mumkin.

Kasb tanlash formulasi. Piramidaning to’rtta-qavati to’ldirilgan Beshinchisi hozircha bo’sh qoldirilgan. Bu yerga siz o’zingiz tanlagan kasbning bir necha harfdan iborat bo’lgan formulasi shartli belgisini yozib qoyishingiz kerak. Bu harflar siz yoqtirgan kasbning tipiga, turkumiga, bo’limiga, guruhiga muvofiq keladi.
Masalan, siz o’simliklar bilan ish olib borishni xohlaysiz, deylik. Siz qo’l mehnatini engillashtiradigan ish qurollaridan foydalanib faol ravishda o’zgartiruvchilik faoliyati bilan mashg’ul bo’lasiz. Lekin bunda o’z mehnatingiz kundalik, oddiy, maishiy sharoitlarga yaqin bo’lgan bir vaziyatda kechishini istaysiz. Bunday vaqtda siz tanlagan kasbning formulasi shunday bo’ladi: PPRB («Odam-tabiat» tipidagi kasb, o’zgartiruvchi kasblar guruhidan, qo’l mehnati ishlatiladigan kasblardan, mehnat sharoiti — maishiy). Mana shu yo’nalishda olib borilgan aniq maqsadni ko’zlovchi izlanishlar mashg’ulotning konkret turini topishga yordam beradi: masalan, ushbu formulaga tevarak- atrofdagi iqlimdan himoya qilingan tuproq sharoitida (teplitsa xo’jaligida) ishlovchi meva-sabzavotchi (gulchi) kasbi to’g’ri keladi.
Siz endi yaxshi bilasizki, har qanday kasbni muayyan klassifikatsiya to’riga faqat shartli ravishdagina kiritish mumkin. Amalda esa bir kasbning o’sha klassifikatsiyaning bir necha turiga tegishli ekanligini ko’rsatuvchi misollar juda ko’p. Axir, bir tipga mansub bo’lgan har qanday kasbda albatta, boshqa kasbga xos bo’lgan belgilar ham uchraydi. Hamma gap shundaki, mana shu o’xshash jihatlarning qaysilari asosiy belgilar - u, qaysi biri ikkinchi rejaga olinishini, lekin baribir muhim belgi bo’lib qolishini aniqlab olish kerak. Shularning hammasini formulada hisobga olish mumkin. Buning uchun unga qo’shimcha harfli indekslar kiritish lozim. Masalan, siz o’zingiz xohlagan bo’lg’usi kasbingizda Tab. va B.o.
tipiga xos belgilar bo’lishini istaysiz, deylik (buni biz Tab., B.o. deb belgilaymiz). Bunda sizga yoqadigan kasblarning biri gulchilik- dekoratorlik bo’lib chiqadi.
Shunday ham bo’lishi mumkinki, hosil qilingan formulaga hozircha hech bir kasb to’g’ri kelmaydi, ya`ni hali hayotda bunday kasbning o’zi yo’q. U holda formulani boshqatdan tuzishga to’g’ri keladi, uni real hayotga yaqinlashtiriladi. Bunday qilinayotgan vaqtda kasb tanlashga: «kerak, qo’limdan keladi, xohlayman» degan shior asos qilib olinmog’i kerak.Buyuk yozuvchilardan biri shunday degan edi: «Hayotda Siz uchun eng sevimli bo’lgan kasbni tanlab va Siz bir umr ishga bormaysiz». Agar kishi o’z sevgan kasbida ishlayotgan bo’lsa u hech qachon har ertalab o’zini ishga ketayapman, deb hisoblamaydi. O’z sevgan kasbi bilan shug’ullanish kishiga zavq, xursandchilik, shijoat, rag’bat hamda ma’naviy ozuqa beradi. O’zi yoqtirgan ishni qilayotgan kishi vaqt qanchalar tez o’tib ketganligini sezmay qoladi, u hech qachon bajarayotgan ishidan charchamaydi.Bugun dunyo bo’ylab qanchadan-qancha kishi zavod- fabrikalarda, idoralarda, avtomobillarda, ish maydonlarida ish vaqtining tezroq tugashini intizorlik bilan kutib, tushlik vaqtining tezroq kelishi ilinjida soatga ma’yus termulib o’tirishadi. Bu toifadagi kishilar, o’z haddi-harakatlaridan ma’lumki, o’zlari yoqtirgan mashg’ulotni o’z kasblari sifatida tanlashmagan. Ya’ni, ular o’zlariga yoqmaydigan kasb bilan shug’ullanuvchi kishilardir.Ba’zilar «Kishi bajarayotgan ishidan katta daromad olsa bo’ldi-da, kasb kishiga katta pul keltirsa bo’lgani, uning qilayotgan ishi o’ziga yoqishi ikkinchi darajali», deb hisoblashadi. Ammo hech bir kishi kasbidan zavqlana olmas ekan, o’z bajarayotgan faoliyati orqali katta daromadga erisha olmaydi. Balki biror kishi shug’ullanayotgan kasb katta foyda keltiradigan ishdir, balki kimlardir shu kasb ortidan katta daromadga erishayotgandir, ammo bu kasbning egasida o’z ishiga nisbatan qiziqish va zavqlanish bo’lmasa, u hech qachon o’z kasbidan barakat topa olmaydi.Shundan kelib chiqqan holda bugun haqiqiy hayotda kasbidan zavqlana olganlarning muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini, o’z kasbini yomon ko’rganlarning esa kunni zerikarli bekorchilik bilan o’tkazishayotganligini ko’rishimiz mumkin. Bunday sharoitda o’z kasbini sevgan, qilayotgan ishidan zavqlana olgan oddiy poyafzal ta’mirlovchisi bugungi kunda milliardlab foyda ko’rish
mumkin bo’lgan ilg’or tashkilotda yetuk mutaxassis sifatida ishlovchi, ammo o’z kasbini yomon ko’radigan, qilayotgan ishidan zavq topa olmaydigan kishidan ancha ko’proq foyda ko’rishi mumkin.Ishoning, kasb – bu faqat pul topish usuli emas, balki hayotingizning katta qismini mazmunli o’tkazish vositasi sifatida ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.
Agar Siz hozirgi yoshingizda kelajakda shug’ullanishingiz uchun kasb tanlayotgan bo’lsangiz, faqatgina bu kasbdan Sizga keladigan moddiy daromadni emas, balki undan olishingiz kerak bo’lgan ma’naviy ozuqani ham hisobga oling. Bordi-yu Siz allaqachon biror kasbga ega bo’lsangiz, ammo bu kasb Sizning sevimli kasbingiz bo’lmasa, qilayotgan ishingizdan zavqlana olmasangiz, o’z bajarayotgan ishingizda xursandchilik, ma’no topishga intiling. Bajarayotgan ishingizdan zavqlanishni o’rganing. Agar buning iloji bo’lmasa, kasbingizni imkon qadar o’zingiz zavqlanib ishlaydigan faoliyat turiga o’zgartirishga harakat qiling.
Unutmang, Siz kasbingizda jon saqlashingiz emas, balki yashashingiz kerak. Shundagina qilayotgan ishingiz Sizning haqiqiy sevimli kasbingiz hisoblanadi!O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladigan aqliy va jismoniy hara kat jarayonlaridan iborat bo‘lib, buning natijasida ular meh nat predmetlari, vosita va jarayonlari haqidagi bilimlarni ham da ma’lum sohadagi ishlab chiqarish mehnati va kasbga yo‘naltirish amaliy ko‘nikma va malakalarini egallaydilar, ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs farovonligi yo‘lida mehnat faoliyatiga tezda qo‘shilishlariga imkon beruvchi shaxsiy sifatlari hamda tafakkurlarini rivojlantiradilar.Yangi iqtisodiy munosabatlar kasb-hunarga yo‘naltirishning yangicha munosabati sharoitida mehnat ko‘nikmalari va malakalarini maqsadli shakllantirishdan iborat bo‘lib, ongli va har tomonlama rivojlangan fuqoroni tarbiyalashning tarkibiy qismi hisoblanadi.O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘llash ishlari maqsadli texnologiya fanining maqsad va vazifalari bilan uyg‘unlikda namoyon bo‘ladi.Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad o‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib borishiga
ko‘maklashadi. Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tar biya lash,umum insoniy qadriyatni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblarni ongli ravishda tanlashga tayyorlash mehnat ta’lim va tarbiyasining vazifalaridir.
Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o‘quvchilarini kasb va hunarga yo‘naltirishning muhimligi ancha oshdi. O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash insonning kelajagini, hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega.Har bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati va ijtimoiy muhit nuqtayi nazaridan tanlaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishda “Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir qancha ta’riflar berilgan.

  • Kasb bu – insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat turidir.

  • Kasb – insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.

  • Kasb – tiriklik va tirikchilik manbayi.

O‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh bosqich-
la ri mazmuni quyidagilardan iborat:

    1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi – I bosqich;

    2. Boshlang‘ich kichik yoshdagi (1–4 sinflar) – II bosqich;

    3. O‘rta yoshdagi (5–7 sinflar) –III bosqich;

    4. Katta yoshdagi (8–9 sinflar) – IV bosqich.

O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, ko‘rsat kich va o‘lchovlari.
Birinchi bosqich – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ularning mashg‘ulotlarida qo‘llaridan keladigan faoliyat turlari bo‘yicha dastlabki mehnat ko‘nikmalarini ijobiy, hissiy ta’sirchan shakllantirish:
Ikkinchi bosqich – kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni bilishga oid va o‘yin ko‘rinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini amal ga tadbiq qilish orqali mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari,
yo‘nalishlari bilan tanishtirib borishini hamda ommaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish.
Uchinchi bosqich – o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mazmuni ulardagi qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi o‘z o‘rnini topishdagi hamda ma’naviy-moddiy qadriyatning izlanuvchan- sinchkov ko‘rinishlarini shakllantirish.
To‘rtinchi bosqich – o‘quvchilarda kasbiy o‘zlikni anglashni shakllan tirish davri, ya’ni o‘quvchilarni aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy ma’noga egalligini tushunib yetishi, jamiyat oldidagi burchini,javobgarlik xislatlarini shakllantirish.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni quyidagi mezonlar asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.

  1. O‘quvchilarni kasb-hunar turlari bilan tanishtirish.

  2. Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan asarlarni o‘qishni tavsiya etish.

  3. Har bir kasb haqida maxsus darslar o‘tish.

  4. Ishlab chiqarish korxonalari, firma, fan, maorif, madaniyat, san’at muassasalariga sayohatlar tashkil etish.

  5. Mehnat ilg‘orlari bilan ular erishgan yutuqlari haqida suhbatlar o‘tkazish.

  6. Texnologiya fani yo‘nalishi bo‘yicha – multimedialar ko‘rsatish.

  7. O‘quvchilarni turli xil to‘garaklarga jalb etish.

  8. Kasblar haqida o‘yinlar tashkil etish.

  9. Yangi kasb va mutaxassisliklar, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab chiqarish texnologiyalari bilan muntazam tanishtirib borish.

O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirishda pedagoglarning oldida turgan muhim vazifalar quyidagilar:

  • o‘quvchilarni kasbga bo‘lgan qiziqishlarini yanada takomillashtirish;

  • uni kasb tanlash darajasiga yetkazish;

-ko‘p qirrali qiziqishga ega bo‘lgan o‘quvchilarda o‘ziga ko‘proq yoqqan sohani, kasbni tanlashga amaliy yordam berish;

  • o‘quvchilarda mehnat qiluvchi kishilarga nisbatan hurmat xislatlarini tarbiyalab borish;

  • o‘quvchilarning o‘ziga xos qiziqishlarini e’tiborga olgan holda ularni asta-sekin jamiyat ijtimoiy mehnatiga jalb qilib borish;

    • kasblar to‘g‘risida ma’lumotlarni yetarlicha berib borish;

    • inson mehnati bilan yaratilgan moddiy boyliklarni har tomonlama tejash xislatlarni tarbiyalash;

    • o‘quvchilarning o‘zi qiziqadigan kasb yo‘nalishiga jalb qilish va egallangan bilimlarni amalda qo‘llashlariga erishish;

    • o‘quvchilarda mehnat va kasb tanlashga qiziqish uyg‘otish. Bu jarayon to‘g‘ri tashkil etilganda shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subeykti sifatida shakllanishini ta’minlaydi.

Kasbga yo‘naltirish uzoq muddatli yalpi dasturlar asosida va milliy xalq hunarmandchilik kasblarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ayrim turdagi kasblarga yo‘naltirish bilan cheklanib qolmasdan, balki aniq iqtisodiy hududning turli sohalaridagi kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda yoshlarni sanoat, qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlaridagi kasblar va milliy hunarmandchilik kasblariga umumta’lim maktablarining texnologiya fani darslarida yo‘naltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Jumladan, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini texnologiya fani va tarbiyasi jarayonida o‘qitiladigan «Loy va plastillin bilan ishlash» ish turiga oid, haykaltaroshlik, kulolchilik, rassomchilik, «Gazlama va ip turlari bilan ishlash” ish turiga oid tikuvchilik, kashtachilik, do‘ppido‘zlik, ipakchilik, to‘quvchilik, dizaynerlik, “Turli va tabiiy materiallar bilan ishlash” ish turiga oid dehqonchilik, gulchilik, bog‘bonchilik, tadbirkorlik kasb-hunarlari to‘g‘risida ma’lumotlar berish, darslarni xalq milliy qadriyatlari asosida o‘qitishni tashkil qilish lozim bo‘ladi.
Buyuk allomalarimiz tomonidan yaratilgan og'zaki va yozma ijodiyot, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan iymon-e'tiqod sirlarining nazariy va amaliy jihatlari haqidagi bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish lozim.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning asosiy maqsadi har bir o‘quvchiga individual ravishda kasb yoki mehnat faoli yati sohasini asosan va to‘g‘ri tanlashda yordamlashishdir. O‘quv chilarni kasbga yo‘naltirish umumta’lim maktabi ishining tar kibiy qismidir. Ma’lumki, agar kasb to‘g‘ri tanlangan bo‘lsa, in son uchun mehnat quvonch, ijodiy ilhom manbayiga aylanadi. Kasb tanlashga yo‘llash butun pedagoglar jamoasi tomonidan hal etila digan umum maktab vazifasi hisoblanadi.Shu bilan birga, bu ishda texnologiya fani alohida o‘rinni egallaydi.O‘quvchilarni kasb tanlashdagi asosiy omillar ota-
ona, muhit va ta’lim-tarbiyadir. Kasb tanlashning asosiy vazifasi o‘quvchilarni politexnik mehnat va malakalari bilan qurollantirishdan, ularni mehnat va ijtimoiy faoliyatga, kasblarni ongli ravishda tanlashga, moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqarishda ishtirok etishga tayyorlashdan iboratdir. Maktabda kasb tanlash ishlari quyidagi maqsadlardan iborat:

  1. O‘quvchilarni kichik sinflardan boshlab xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tanishtirib borish.

  2. O‘quvchilarni xalq xo‘jaligining turli tarmoqlari bilan tani shtirib,ommaviy kasblarning mazmuni, sinfdan tashqari o‘tkaziladigan tadbirlarni amalga oshirish.

  3. Kasb tanlashga yo‘llash ishlarini olib borishda o‘quvchilarni asosan maktab joylashgan hududning korxona, tashkilotlarining ehtiyoji uchun zarur bo‘lgan kasb va mutaxassislarga yo‘llash.

Kasbni ongli ravishda tanlash mohiyatini ochib berarkan, akademik G.S.Kostyuk uning quyidagi qismlarini qayd etadi:
a) jamiyat manfaatlari yo'lida mehnatga ijobiy munosabat, mehnatsevarlik, mehnat har bir insonning burchi ekanligini to'g'ri anglash; b)muayyan kasb-hunarlar haqidagi bilimlarga ega bo'lish; v) o'z-o'ziga to'g'ri baho bera olish.
Kasbga yo'naltirish ishlarining tarixan shakllangan bosqichlari asosida 3 tizimga bo'lish mumkin.

  1. Tashkiliy - texnik

  2. Tibbiy - psixologik

  3. Pedagogik - psixologik

Kasb tanlash juda muhim masala bo‘lib, ko‘pincha o‘quvchilar uni mustaqil hal qila olmaydilar. O‘qituvchilarning ish tajribasi o‘quvchilarni kasb tanlashga yo‘llashning farq va metodlarini belgilab beradi. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat:

  1. Darslarda kasb tanlashga yo‘llash. Masalan, o‘qituvchi o‘quvchi larni mehnat mashg‘ulotlarida bajaradigan ish bilan bog‘ liq kasblar bilan tanishtiradi. Chunonchi, yog‘och kesuvchi, rom yasovchi, duradgorlik, tikuvchilik, oshpazlik va boshqa kasb lar haqida bilim oladilar va tanishadilar.

  2. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yo‘llash. Odatda, eks kursiyalarda o‘quvchilarni o‘quv rejasi doirasidan chiquvchi material

bilan tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu imkoniyatdan o‘quv chilarni kasb tanlashga yo‘llash uchun foydalanish mumkin.

  1. To‘garak mashg‘ulotlarida kasb tanlashga yo‘llash. To‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga ko‘proq imkoniyatlar vujudga keladi.

  2. Har xil mavzuda uchrashuvlar o‘tkazish. Odatda, umumta’lim maktablarni bitirgandan keyin ishlab chiqarish sanoati muassasalarida ishlayotgan kishilar bilan suhbatlari o‘quvchilarda katta taassurot qoldiradi. Texnologiya fani jarayonida o‘quvchilar turli kasb egalari bilan tanishadilar.

  3. Har xil madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish. Kasb tanlashga yo‘llash ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga yordam beruvchi har xil madaniy-ommaviy tadbirlar maktablarning ish tajribasidan ma’lum.

Masalan, “Kasblar dunyosi”, “Kasb tanlash da shaxsiy va jamoat fikri”mavzusida munozaralar uyushtirish, kinofilmlarni muhokama qilish shular jumlasidandir.

  1. Kasblar mazmunini chuqur o‘rganish. O‘qituvchi muayyan kasblar to‘g‘risida tasavvur berish uchun bir yo‘la barcha o‘quvchilar bilan ish olib borishdan tashqari bu kasb bilan yax shilab tanishish istagi bo‘lgan o‘quvchilar bilan jiddiyroq ish olib boradi. O‘quvchilarni qiziqishlariga qarab guruh yoki mik ro guruhlarga birlashtiradi. Bunda ishning turli-tuman tash kiliy formalari qo‘llaniladi. O‘quvchilar o‘z kuchi bilan referat yozadilar, ekskursiyalar o‘tkazadilar.

  2. Fakultativ mashg‘ulotlar. Ayrim maktablarda fakultativ mashg‘ulotlarga ajratilgan soatlarning ma’lum qismidan kasb tanlashga yo‘llash ishi uchun foydalaniladi.

Kasb to‘g‘ri tanlanganda ular o‘z qobiliyatlarini va qiziqishlarini yaxshiroq ro‘yobga chiqarishlari hamda jamiyatga ko‘proq foyda keltirishi mumkin.Kasbga yo‘llash, qiziqtirish hamda malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishda o‘quv jarayonidagi ta’lim-tarbiya ishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin texnologiya fani fanlari bo‘yi cha tarbiyaviy ishlar ning o‘ziga xos xususiyatlari, maqsadi,vazifal arining beqiyos ahamiyati mavjud.
Tarbiya jarayonida o'quvchining qobiliyatlari, bu qobiliyatlarning rivojlanish bosqichlari u, yoki bu kasb haqida muayyan ma'lumotlarga ega bo'lish, bolalar psixologiyasini hisobga olish talab etiladi.

Download 10,75 Mb.
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   95




Download 10,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 10,75 Mb.