|
Kasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad
|
bet | 24/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaKasbga yo‘naltirishdan asosiy maqsad - o‘sib kelayotgan yosh avlodni ongli va mustaqil ravishda kasb tanlashga tayyorlashdan iborat bo‘lib, bu jarayon shaxsning bo‘lg‘usi kasbiy faoliyat subyekti
sifatida shakllanishini nazarda tutadi hamda uning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga moslashib borishiga ko‘maklashadi.Shu munosabat bilan o‘quvchilarga ilm-fan asoslarining mustahkam bilimlarini singdirish, ularda yuksak onglilikni tarbiyalash, umuminsoniy qadriyatni shakllantirish, yosh avlodni turmushga va mehnatga, ijtimoiy zarur kasblami ongli ravishda tanlashga tayyorlash mehnat ta’lim va tarbiyasining vazifalaridir.Hozirgi vaqtda ijtimoiy va ilmiy texnikaviy taraqqiyot sharoitida maktab o‘quvchilarini kasb va hunarga yo‘naltirishning muhimligi ancha oshdi.
O‘quvchilarni to‘g‘ri va erkin kasb tanlashga yo‘naltirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. To‘g‘ri kasb tanlash insonning kelajagini, hayot tarzini belgilashda katta ahamiyat ega. Har bir shaxs kasbni o‘z qiziqishi, qobiliyati va ijtimoiy muhit nuqtayi nazaridan tanlaydi.
O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini olib borishda “Kasb o‘zi nima?” degan savol tug‘iladi. Kasb to‘g‘risida bir qancha ta’riflar berilgan.
Kasb bu - insonga ma’lum bir talablar qo‘yuvchi faoliyat turidir.
Kasb - insonni jamiyat tomonidan tan olinishidir.
Kasb - tiriklik va tirikchilik manbayi.
O‘quvchilami kasb tanlashga yo‘naltirishning asosiy yosh bosqichlari mazmuni quyidagilardan iborat:
Maktabgacha ta’lim yoshidagi - 1 bosqich;
Boshlang‘ich kichikyoshdagi (1-4 sinflar) - II bosqich;
O‘rta yoshdagi (5-7 sinflar) -III bosqich;
Katta yoshdagi (8-9 sinflar) - IV bosqich.
O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, ko‘rsatkich va o‘lchovlari.
Birinchi bosqich - maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ularning mashg‘ulotlarida qo‘llaridan keladigan faoliyat turlari bo‘yicha dastlabki mehnat ko‘nikmalarini ijobiy, hissiy ta’sirchan shakllantirish:
Ikkinchi bosqich - kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni bilishga oid va o‘yin ko‘rinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini amalga tadbiq qilish orqali mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari, yo‘nalishlari bilan tanishtirib borishini hamda ommaviy kasblarga bo‘lgan qiziqishini shakllantirish.
Uchinchi bosqich - o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mazmuni ulardagi qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi o‘z o'rnini topishdagi hamda ma’naviy-moddiy qadriyatning izlanuvchan- sinchkov ko‘rinishlarini shakllantirish.
To‘rtinchi bosqich - o‘quvchilarda kasbiy o‘zlikni anglashni shakllantirish davri, ya’ni o‘quvchilami aniq bir kasbni tanlashning shaxsiy ma’noga egalligini tushunib yetishi, jamiyat oldidagi burchini, javobgarlik xislatlarini shakllantirish.
|
| |