O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 10,75 Mb.
bet32/95
Sana29.11.2023
Hajmi10,75 Mb.
#107282
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95
Bog'liq
o\'quv qo\'llanma

topshiriq qo‘g‘irchoq uychasi uchun jihozlar yasashdan iborat bo‘lib, bu topshiriqni o‘g‘il va qiz bolalar hamkorlikda bajaradilar.



  1. stol yuzasi 120x100 mm.dan iborat bo‘ladi. Uni o‘g‘il bolalar kartondan yasab, sirtiga qog‘oz yopishtiradilar (rasm, a). Oyoqlari esa to‘rt tomoni yo‘nib tekislangan cho‘plardan yasaladi. Ularni kartondan ham yasash mumkin. Kartondan yasamoqchi bo‘lsangiz, u holda eni 1 sm, uzunligi 7 sm.lik 12 bo‘lak karton tayyorlang. Ularni uch qavatdan qilib bir-biriga yopishtiring (rasm-3, b), hosil bo‘lgan to‘rtta oyoqni stol taxtasining tagidan yopishtiring. SHu bilan stol tayyor bo‘ladi (rasm-3 v).

  2. aylana stol taxtasi ham kartondan yasaladi, uning diametri 80 mm (rasm, a) bo‘lib, ustiga boshqa jihozlarda bo‘lgani kabi qog‘oz yopishtiriladi. Buning uchun qog‘ozdan diametri 100 mm.lik doira qirqib oling. Keyin unga elim surtib, o‘rtasiga doira kartonni yopishtiring. Qog‘ozning ortib qolgan chetlarini markazga qarata mayda-mayda qismlarga bo‘lib qirqing-da, stol taxtasi ostiga qayirib yopishtiring. Aylana stolning oyoqlarini ikkita karton lentadan tay-

yorlang (rasm-3, b). Bu oyoqlarga rangdor qog‘oz qoplab “v” rasmda ko‘rsatilgandek buklang. Keyin har ikkala bukilgan lentani qo‘shuv alomati tarzida birini-biriga ko‘ndalang qo‘yib, taxta tagiga yopishtiring (rasm-3, g). Agar oyoqlar juda uzun bo‘lib qolsa, uchlaridan qirqib, kaltaroq qiling.
V) gultuvak qo‘yiladigan stol ham xuddi shunday kartondan yasaladi. Kartondan diametri 80 mm kattalikda 4 ta doira qirqing. Keyin shu doira markaziga sirkul uchini qo‘yib, 70 mm diametrlik doira chizing-da, ichini qirqib oling. Shunda eni 10 mm.lik g‘ildirakchalar hosil bo‘ladi (rasm-3, a). Bu g‘ildirakchalarni ikkita- ikkitadan qilib bir-biriga yopishtiring. Keyin har ikkalasidan ham 1/4 qismini qirqib oling (rasm-3, b). Bu qirqib olingan qismini qolgan katta qismining past tomoniga “v” rasmda ko‘rsatilganidek yopishtiring, so‘ngra qalinroq kartondan ikkita taxtacha qirqing. Birining kattaligi 100x30 mm, ikkinchisiniki 50x30 mm bo‘lsin. Ularning ustiga bir xil qog‘oz yopishtiring (rasm,-3 g). Taxtachalarning yon tomoniga elim surtib, ularni g‘ildirakchalarga o‘rnating. Ostidagisi oyoq qismiga yopishsin (rasm-3, d). Stolchaga qizlar tomonidan rasm daftaridan konus shaklida ishlangan tuvakchalar qo‘yiladi. Unga qo‘yiladigan gullarni qizlar juda yupqa qog‘ozlardan turli rangga bo‘yab tayyorlaydilar.
G) uychani bezash uchun ishlatiladigan boshqa buyumlar. Uychaga jihozlar qo‘yib chiqilgach, dastlab qizlar tomonidan deraza pardalari tayyorlanadi, chunki har bir uyda deraza bo‘lib, ularga pardalar ilinadi. Buning uchun 13x12 sm kattalikda ikki bo‘lak doka kerak bo‘ladi. Uning bir uchidan katta-katta tikib, ipni tortib, dokani burma qiling, shunda har ikkala pardaning kengligi (rasm, a ga qarang) 16 sm bo‘lsin. Pardani boshi dumaloq nina bilan uycha derazasining tepasiga qistirib qo‘ying. Keyin yupqa kartondan kengligi taxminan 1 sm lenta qirqilib, uning usti rangdor qog‘oz bilan qoplanadi va pardaning ust tomoniga yopishtirib qo‘yiladi. Bu bilan siz ham karniz yasadingiz, ham ko‘rinib turgan iplar bekitildi (rasm-3, a).
Uyni bezatish uchun ramkali rasm ham kerak bo‘ladi. Bu ishni o‘g‘il bolalar bajaradilar. Ramkani ham ustiga rangdor qog‘oz yopishtirilgan kartondan qirqing yoki bo‘yang. Ramkaning orqa tomoniga biror eski jurnaldan chiroyli rasmni qirqib olib yopishtiring.
Tasvir tayyor bo‘lgach, uni devorga boshi dumaloq nina bilan biriktirib, osib qo‘ying (rasm-3, b).
Agar gilamcha bo‘lmasa, chetiga gajim tutilgan bir parcha matodan gilam o‘rnida foydalanish mumkin. Gajimni matoning chetidan ip sug‘urib osongina yasash mumkin (rasm-3, v).
Qizlar divan va stullarga to‘shak ham tayyorlashlari kerak bo‘ladi. Buning uchun yo‘l-yo‘l mato olib, 95x58 mm kattalikda yaxtalik to‘shak tiking (rasm-3, g).
Shu usulda stullarga ham to‘shakcha tiking. Uning ikki burchagida bog‘ichi bo‘lsin. Stul va divanlarni probkadan yasash mumkin. Ularni plastilindan ham yasash mumkin. Stolga yozish uchun dasturxon ham kerak. Uni oq matodan tayyorlang. Chetlarini qaychi bilan naqshli qilib qirqib chiqing. Xuddi shu usulda aylana stol uchun ham dasturxon tayyorlang. Aylana stolga dasturxon yupqa oq qog‘ozdan tayyorlanishi mumkin. Agar qog‘ozdan naqsh qirqa olsangiz, bezakli dasturxon yasang (rasm-3, d).
Yana bir o‘ylab ko‘ring-chi, qo‘g‘irchoq uyini bezatish uchun yana nima kerak bo‘lar ekan? Vazalar, haykalchalar kerak bo‘lmaydimi? Bularni o‘zingiz turli materiallardan yasab oling. Ularning katta-kichikligini uyning hajmi va jihoz o‘lchamlariga munosib qilib yasashni unutmang.

-


Bu topshiriqni bajarish davomida qiz va o‘g‘il bolalar orasida hamjihatlik, hamkorlik barqarorlashuvi bilan bir qatorda rollarni o‘quvchilarning jinsiga ko‘ra to‘g‘ri taqsimlash imkoniyati vujudga keladi. Ushbu mashg‘ulot o‘quvchilarda qurish, yasash, faraz qilish, mehnatsevarlik, nafosat hamda orastalikni tarbiyalaydi.


  1. Download 10,75 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   95




Download 10,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 10,75 Mb.