|
topshiriq: “O‘ynoqi qiziqchi”
|
bet | 34/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmatopshiriq: “O‘ynoqi qiziqchi” deb nomlangan. Bu topshiriq, asosan, qiz bolalarga mo‘ljallangan.
O‘ynoqi qiziqchi ham xalq ijodi namunalarida uzoq yillar davomida yashab kelmoqda. Fanerdan qiziqchi qo‘g‘irchoqning
tanasi, qo‘l va oyoqlarini tayyorlang. Har bir oyog‘ini alohida-alohida yasang (rasm-6, a, b, v, g). Fanerdagi aylana belgilar qo‘yilgan erlarni teshing. Qo‘l va oyoqlarini ayri uchli mix bilan tanaga biriktiring. Orqa tomonidan pishiq ip bilan har ikki qo‘l va har ikki oyoqni bir qilib bog‘lang. Bu iplarning uchini uchinchi uzun ipga bog‘lang (rasm-6, d). Qiziqchining kiyimlarini chit nusxa, yuzini esa masxaraboz nusxa qilib bo‘yang. Keyin uning bosh tomonidan ip bog‘lab osib qo‘ying. Pastki ipning uchidan ushlab, siltab-siltab tursangiz, qiziqchi o‘yin ko‘rsatadi.
Ushbu topshiriq qizlarda nafosat, did, tikuvchilik ilmi elementlarini tarkib toptirishga xizmat qiladi.
topshiriq: “Don cho‘qiyotgan tovuqlar” deb nomlanib, bu topshiriq bilan o‘g‘il bolalar shug‘ullanadilar.
Taxtadan kesib «a» rasmda ko‘rsatilgandek doira yasang. Doiraning to‘rt chekkasiga ikkitadan teshik yasang. Chekkadagi
teshiklarga tovuq shakllarini o‘rnatasiz. Doiraning bir tomoniga ost tomonidan yopishtirib band o‘rnating (rasm-7).
Tovuqlarning shakli to‘rt qismdan: ikki yon tomoni (rasm-7, v), o‘rta qismi (rasm-7, g) va boshidan (rasm-7, d) iborat. Bu qismlarning hammasi fanerdan yasaladi; faner shakllar qo‘larra bilan qulay arralanadi. Har ikki yon qismlarni o‘rta qismga ikki tomondan yopishtiring. Keyin yon qismlarida bittadan teshik yasab, unga bosh o‘rnatiladi. Boshning bo‘yin qismida ikkita teshik teshish kerak. Kattaroq teshikdan mix o‘tkaziladi. Ikkinchisiga esa ip bog‘lanadi (rasm-7, e). Endi tovuq tayyor bo‘ldi. Tovuqni doiraning chetidagi teshikka o‘rnatib, ipni markazga yaqinroqdagi teshikdan pastga o‘tkazib yuborasiz. Pastga o‘tgan to‘rtala ip uchini birga qo‘shib tugib, unga bitta dumaloq yog‘och bog‘lab osiltirib qo‘ying (rasm-7, j). Agar siz doiraning bandidan ushlab aylantira boshlasangiz, doira tubida osilib turgan dumaloq yog‘och iplarni galma-galdan goh tortib, goh bo‘shatib turadi. Tovuqlar esa, navbatma-navbat taqillatib don cho‘qib turadilar.
Bu topshiriq o‘g‘il bolalarda parrandalarning shaklini tasavvur
qilish, ularni yasash, buyumlar orasidagi bog‘lanishni his qilish ko‘nikmasini tarkib toptiradi.
|
| |