• Elektron oʻquv-metodik majmualar
  • Elektron darslik
  • E l e k tron o ʻ q u v adabiyot
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 10,75 Mb.
    bet37/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Oʻqitishning elektron vositalari. Oʻqitish jarayoni pedagog, taʼlim oluvchi va oʻqitish vositalarining oʻzaro taʼsiridan iborat. Hozirgi zamon kompyuter vositalari va axborot texnologiyalari imkoniyatlari oʻqitish vositalariga oʻqituvchi va taʼlim oluvchi vazifalarining bir qismini yuklash imkonini beradi.
    Elektron oʻquv-metodik majmualar- zamonaviy axborot texnologiyalari muhitida oʻqitishning didaktik, dasturiy va texnik interfaol majmuasidan tashkil topgan va oʻquv materiallarini kompyuter texnologiyalari, audio-video vositalar asosida taqdim etadigan oʻquv-metodik majmuasi.
    Elektron shakldagi oʻquv-uslubiy materiallar- elektron darslik, elektron oʻquv qoʻllanmalar, elektron maʼruza materiallari, elektron kutubxonalar, mos(GD, Flesh va h.k.) sigʻimdagi audio vizual materiallar, interfaol oʻquv kurslari, kompyuterda hisoblash tajribasini oʻtkazish uchun laboratoriya vazifalari, test sinovlarini oʻtkazish tizimlari.
    Elektron darslik- kompyuter texnologiyasiga asoslangan oʻquv uslubini qoʻllash, mustaqil taʼlim olish, muayyan fanga oid oʻquv materiallari, ilmiy maʼlumotlarni har tomonlama samarali oʻzlashtirishga qaratilgan oʻquv adabiyoti yoki kompyuter texnologiyalariga asoslangan oʻqitish metodlaridan foydalanishga moʻljallangan oʻqish vositasi.
    Elektron oʻquv adabiyot- zamonaviy axborot texnologiyalari asosida maʼlumotlarni toʻplash, tasvirlash, yangilash, saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻlgan oʻquv manbalari.
    Multimedia- kompyuter uchun moʻljallangan tovush, video va turli animatsiya effektlari jamlanmasidan iborat texnik yoki dasturiy majmua. Tovush, video, animatsiyalarni “multimedia elementlari” - deyish mumkin.
    Multimedia texnologiyalari axborotning koʻpgina turlarini oʻzida integratsiyalaydi. Masalan:

      1. skanerdan olingan tasvirlar;

      2. yozib olingan ovoz, musiqiy effektlar va musiqa;

    1. murakkab videoeffektli videolar

    2. turli animatsiyalar

    Qolaversa, multimedion vositalarga qoʻshimcha qilib, proyektor, interaktiv doskani ham kiritish mumkin.
    Yana shu narsani taʼkidlash joizki, multimedia orqali olingan bilimlar kishi xotirasiga uzoq saqlanib, kerak paytda amaliyotda qoʻllash imkonini beradi. Umuman olganda, multimediani qoʻllash orqali quyidagi oʻqitish effektivligiga erishiladi:
    . bilimlarni oʻzlashtirish majburan emas, balki oʻquvchi ixtiyori bilan amalga oshadi;
    . multimedia oʻquvchi tomonidan xursandlik bilan qabul qilinadi, xursandlik esa oʻz navbatida uni oʻquv faniga munosabatini ijobiy tomonga oʻzgartiradi;
    . oʻquvchini boshqalarga nisbatan oʻzini namoyon qilish imkoniyati paydo boʻladi;
    . oʻquvchida oʻz faoliyatini baholash uchun yangi obyektiv mezon paydo boʻladi: kim koʻp bilsa va undan muvaffaqiyatli foydalana olsa, oʻsha yutib chiqadi;
    . oʻz fantaziyalariga erk berish imkoniyati tugʻiladi, qoʻrquv hissi, boshqalarga kulgi boʻlish hissi, yomon baho olishdan qoʻrqish hissi chekinadi;
    . jamoada sogʻlom raqobat va musobaqa muhiti tashkil topadi;
    . oʻquvchilar mavjud qiyinchiliklarni mustaqil yengib oʻtishga intiladilar;
    . fanlararo bogʻlanishni haqiqiy amalga oshirish imkoniyati tugʻiladi.

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 10,75 Mb.