• Blum taksonomiyasi
  • Umumlatirganda esa “Interaktiv” (interfaol) –“o‘zaro harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi




    Download 10,75 Mb.
    bet45/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Umumlatirganda esa “Interaktiv” (interfaol) –“o‘zaro harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi.
    Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichiq guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta’lim- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega. Demak, ta’lim – tarbiya sifati va samaradorligini o’quvchining o’quv mazmunini o’zlashtirishga yo’naltirilgan mustaqil mutolaa bilan samarali shug’ullanishi, mustaqil fikr yuritishi va tafakkur faoliyati bilan bog’liq. Interfaol metodlarda dars jarayonini olib borishda o’quvchilarda quyidagi xususiyatlarning rivojlanishini ko’rsatish mumkin:

    • O’quvchi o’qitilmaydi, uni mustaqil o’qish, o’rganish, ishlashga o’rgatiladi. Bunda mustaqil ravishda tahlil qilish orqali o’zlashtirishga, ijodiy mulohaza yuritishga, shaxsiy xulosalar asosida erkin fikr yuritishga o’rgatiladi. O’quvchilarda yod fikrlarga qarshi fikr yurita olish, o’z pozitsiyasini himoya qila olish ko’nikmalari shakllantiriladi.

      • O’quvchiga bilimlar tayyor holda berilmasdan, bilimlarni darsliklardan, turli manbalardan izlash, topish, qayta ishlash orqali uning bilim olish malakasi shakllantiriladi. Olgan bilimlari orqali ijodiy mushohada yuritish imkoniyati yaratiladi. O’quvchini darsliklar bilan ishlash, o’qish, o’rganish, qo’shimcha adabiyotlardan foydalanib mustaqil o’zlashtirish ko’nikmalarini egallashga o’rgatiladi.

      • Maktabda barcha o’quvchilarning o’z qobiliyatlari darajasida albatta o’zlashtirishlari kafolatlanadi. Bunda o’quvchining o’zlashtirilgan bilimlarini hayotda, amaliy faoliyatda foydalana olish ko’nikma va malakalari bilan belgilanadi.

      • Barcha o’qituvchi – o’quvchilar interfaol metodlar asosida ishlashni o’rganib, uni o’z o’quv – biluv faoliyatlariga olib kira olsalar barcha o’quvchilar bir xil natijalarga erisha oladilar.

    Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya- borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). Unga ko‘ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo‘llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo‘ladi. Bular quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan:
    Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo‘lib, bunda o‘quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustahkamlay olish, axborotni etkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash.

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Umumlatirganda esa “Interaktiv” (interfaol) –“o‘zaro harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi

    Download 10,75 Mb.