|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 46/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaTushunish darajasidagi tafakkurga ega bo‘lganda esa, o‘quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Mavjud ma’lumotlar asosida kelgusi oqibatlarni taxminiy tafsiflay oladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: asoslash, almashtirish, yaqqollashtirish, belgilash, tushuntirish, tarjima qilish, qayta tuzish, yoritib berish, sharhlash, oydinlashtirish.
Qo‘llash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi olgan bilimlaridan faqat an’anaviy emas, noa’nanaviy holatlarda ham foydalana oladi va ularni to‘g‘ri qo‘llaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: joriy qilish, hisoblab chiqish, namoyish qilish,
foydalanish, o‘rgatish, aniqlash, amalga oshirish, hisob-kitob qilish, tatbiq qilish, hal etish.
Tahlil darajasidagi tafakkurda o‘quvchi yaxlitning qismlarini va ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ajrata oladi, fikrlash mantiqidagi xatolarni ko‘radi, faktlar va oqibatlar orasidagi farqlarni ajratadi, ma’lumotlarning ahamiyatini baholaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: keltirib chiqarish, ajratish, tabaqalashtirish, tasniflash, taxmin qilish, bashorat qilish, yoyish, taqsimlash, tekshirish, guruhlash.
Umumlashtirish darajasidagi tafakkurda o‘quvchi ijodiy ish bajaradi, biror tajriba o‘tkazish rejasini tuzadi, birnechta sohalardagi bilimlardan foydalanadi. Ma’lumotni yangilik yaratish uchun ijodiy qayta ishlaydi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: yangilik yaratish, umumlashtirish, birlashtirish, rejalashtirish, ishlab chiqish, tizimlashtirish, kombinastiyalashtirish, yaratish, tuzish, loyihalash.
Baholash darajasidagi tafakkurda o‘quvchi mezonlarni ajrata oladi, ularga rioya qila oladi, mezonlarning xilma-xilligini ko‘radi, xulosalarning mavjud ma’lumotlarga mosligini baholaydi, faktlar va baholovchi fikrlar orasidagi farqlarni ajratadi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: tashxislash, isbotlash, o‘lchash, nazorat qilish, asoslash, ma’qullash, baholash, tekshirish, solishtirish, qiyoslash. Interfaol ta`lim o`z xususiyatiga ko`ra didaktik o`yinlar orqali, evristik (fikrlash, izlash, topish) suhbat-dars jarayonini loyihalash orqali, muamoli vaziyatni hosil qilish va yechish orqali, kreativ-ijodkorlik asosida, axborot kommunikatsion texnologiyalar yordamida amalga oshirish metodlarini o`z ichiga oladi.
Axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida ta`lim o`z navbatida kompyuter dasturlari yordamida o`qitish, masofadan o`qitish, internet tarmoqlari asosida o`qitish, media-ta`lim metodlaridan iborat.
Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko`ra didaktik o`yinlar orqali, evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo`llanilmoqda. Agar o`qitish jarayonida har bir o`quvchi o`zining o`zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta`minlagan bo`lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirilgan ta`lim orqaligina amalga oshirish mumkin.
Didaktik o`yinli metodlar o`quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu metod o`quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o`ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to`siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantiradi.
Ta`lim-tarbiya jarayonida asosan o`quvchilarda ta`lim olish motivlarini, ularni turli yo`nalishlardagi qobiliyat qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko`rsatadigan, didaktik o`yinlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Didaktik o`yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli, ishchaniik va boshqa yo`nalishdagi turlarga ajratiladi. Ular o`quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish, hisoblash, o`lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish, mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, nutq o`stirish, til o`rgatish, yangi bilimlar olish faoliyatlarini rivojlantiradi.
Umumiy o`yinlar nazariyasiga ko`ra, mavjud barcha o`yin turlarini tasniflashda ularni funksional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o`yinlarga ajratiladi. Didaktik o`yin turlarini tanlashda, quydagi mezonlarga rioya qilish yaxshi natijalar beradi:
ishtirokchilarning tarkibi bo`yicha, ya`ni o`g`il bolalar, qiz bolalar yoki aralash guruhlar uchun o`yinlar;
ishtirokchilarning soni bo`yicha: yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi, sinflararo va ommaviy tarzdagi o`yinlar;
o`yin jarayoni bo`yicha fikrlash, o`ylash, topag`onlik, harakatlar asoslangan, musobaqa va boshqalarga yo`naltirilgan;
vaqt me`yori bo`yicha dars, mashg`ulot vaqtining reja bo`yicha ajratilgan qismi, o`yin maqsadiga erishguncha, g`oliblar aniqlanguncha davom etadigan o`yinlar.
Shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda o`quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o`rgatib kelingan edi. Bunday usul o`quvchilarda mustaqil fikrlash, ijodiy izlanish tashabbuskorlikni so`ndirar edi.
Hozirgi kunda ta`lim jarayonida interfaol uslublar (innovasion pedagogik va axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta`limning samaradorligini ko`tarishga bo`lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologiyalar qo`llanilgan mashg`ulotlar o`quvchilar egallayotgan bilimlarni o`zlari qidirib topishlariga, mustaqil o`rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o`zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O`qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda, boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o`quv
jarayonida o`quvchi asosiy figuraga aylanadi. Ko’pchilik pedagoglar interfaol metodlarni ta’lim metodlari bilan bir xil deb hisoblashadi, lekin bunday emas. Ta’lim metodlari asosan an’anaviy darsda foydalaniladi. Ular yangi bilimlarni o’quvchilarga yetkazishga asoslangan bo’lsa, interfaol metodlar o’quvchilarni mustaqil shug’ullanish, yanada faollik bilan birgalikda, o’zaro hamkorlikda faoliyat olib borishlariga asoslanadi. Quyidagi jadvolda interfaol metodlar turlarini ko’rishimiz mumkin:
“Muammoli vaziyat” metodi (o‘qituvchining kichiq ma’ruzasi)
“Muammoli vaziyat” metodi ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sababini va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning
yechimlarini topish bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan metod.
“Muammoli vaziyat” metodining tarkibiy tuzilishi quyidagicha:
-
|
| |