|
KLASTERNI TUZISH QOIDALARI
|
bet | 42/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanma KLASTERNI TUZISH QOIDALARI:
Topshiriqni diqqat bilan o‘qib chiqing.
Fikrlarni tarmoqlantirish jarayonida paydo bo‘lgan har bir fikrni yozing.
Imlo xatolar va boshqa jihatlarga e’tibor bermang.
Belgilangan vaqt tugamaguncha yozishni to‘xtamang, fikringizni jamlashga harakat qiling.
Fikrlarni chegaralamang, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikka e’tibor qarating.
Ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini samarali amalga oshirishda pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘qitishning innovatsion shakl, metodlarining tanlanishiga katta ahamiyat beriladi. Ta’lim muassasalarida samarali o‘qitish shakllari sifatida quyidagilar tavsiya etiladi: muammoli ma’ruza; videoma’ruza, vebinarlar; binar ma’ruza; intensiv-interaktiv seminar; trening, videotrening; interfaol ekskursiya; On-line seminarlari; taqdimot, kichik guruhlardagi ish v.h.k.
Trening. Trening zamonaviy ta’lim shakllaridan biri hisoblanib, u interfaol mashg‘ulotlarni amalga oshirishning o‘ziga xos
ko‘rinishidir. Treninglar o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish hamda mashqlar davomida o‘zlashtirish imkoniyatini beradi va ta’lim oluvchilarda shaxslararo o‘zaro hamkorlikning samarali ko‘nikmasini shakllantirishga, shuningdek, bo‘lajak mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo‘naltiriladi. Har qanday pedagogik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
Tashkiliy bosqich: guruhni yig‘ish yoki shakllantirish.
Boshlang‘ich bosqich: guruh me’yorlarini ishlab chiqish, tanishuv va mashg‘ulotdan kutuvlarni aniqlash.
Faoliyatli bosqich: trening turi va o‘tkazish metodikasini belgilash.
Yakuniy bosqich (refleksiya).
Trening mobaynida talabalar nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish bilan birga, ularda bilish, emmotsional va xulq-atvor ko‘nikmalari ham rivojlanib boradi.
|
| |