|
MAVZU. INTERFAOL USULLARDAN TEXNOLOGIYA DARSLARIDA FOYDALANISH USULLARI
|
bet | 44/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanma MAVZU. INTERFAOL USULLARDAN TEXNOLOGIYA DARSLARIDA FOYDALANISH USULLARI.
Reja:
Interfaol ta‘lim texnologiyalarining didaktik mohiyati. 2.Interfaol ta‘lim metodlari.
3.Texnologiya darslarida interfaol ta‘lim metodlaridan foydalanish tartibi.
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: interfaol metodlar, SWOT tahlil metodi, grafik organayzer turlari.
Ta’lim to’g’risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ta’lim jarayoniga tatbiq etish bilan ta’limda sifat va samaradorlikka erishish va shu orqali modernizatsiya qilinga ta’lim standartlari to’lioq bajarilishini ta’minlash davri boshlandi. Ta’limda takomillashtirilgan dasturlar, modernizatsiya qilingan, tajriba – sinovdan o’tgan standartlar, darsliklarning yangi avlodi bilan ta’minlash, kompyuterlashtirish Davlat umummilliy dasturi asosida izchil amalga oshirilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, zerikarli darslar o’rniga darslarni tashkil etishga mas’uliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, mas’uliyatli, zamonaviy pedagogik
texnologiyani mukammal o’zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil etadigan o’qituvchilarga talab ortib bormoqda. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi.
Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
“Interaktiv” (interfaol)-inglizcha so‘z bo‘lib, “interact”- “inter”-bu o‘zaro,
“act”-bu “harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi.
|
| |