• Guruhlarning muammoli vaziyatni oqibatlari to‘g‘risidagi fikrlarini jamlanish bosqichi
  • Muammoli vaziyat
  • Muammoli vaziyat tavsifini keltirish




    Download 10,75 Mb.
    bet47/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Muammoli vaziyat tavsifini keltirish

    O‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish

    Guruhlar muammoli vaziyatning kelib chiqish sabablarini aniqlashi

    Guruhlarning muammoli vaziyatni oqibatlari to‘g‘risidagi
    fikrlarini jamlanish bosqichi

    Guruhlarni muammoli vaziyatni yechimini ishlab chiqish bosqichi

    To‘g‘ri yechimlarni tanlash bosqichi

    Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi o‘quvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. O‘quvchilar qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishi kerak, chunki muammoni yechimini topa olmasa o‘quvchilarning qiziqishlari so‘nishi va bolalar o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishi mumkin. Dars jarayonida ushbu metoddan foydalanganda o‘quchilar mustaqil fikr yurtishga, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishga, uning yechimini topishga o‘rganadilar.


    Muammoli vaziyat” metodini qo‘llash bosqichlari quyidagilardan iborat:

    1. O‘qituvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi, muammmoni bayon qiladi.

    2. O‘qituvchi o‘quvchilarni topshiriqning vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.

    3. O‘quvchilarni kichiq guruhlarga ajratadi.

    4. Kichiq guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar va muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar. Barcha guruhlar muammoni sabablarini o‘rganib chiqqach, taqdimot o‘tkazadilar. Barcha guruhlardagi muammoning sabablari to‘g‘risidagi bir xil fiklar jamlanadi.

    5. Bu bosqichda berilgan vaqt mobaynida guruhlar muammoning kelib chiqish mumkin bo‘lgan oqibatlari to‘g‘risida fikr yuritadilar va vaqt tugagach, har bir guruh o‘z taqdimotini o‘tkazadi. Taqdimotdan keyin bir xil fikrlar yana jamlanadi.

    6. Endi guruhlar muammoni yechishning turli yo‘llari va imkoniyatlarini muhokama qiladilar, tahlillar o‘tkazadilar. Muammoli vaziyatni yechish yo‘llarini ishlab chiqadilar.

    7. Kichiq guruhlar muammoni yechish bo‘yicha o‘z variantlari taklif etilgan taqdimot o‘tkazadilar.

    8. Barcha guruhlarning taqdimotidan keyin bir xil yechimlar yoki original yechimlar jamlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilar bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechishning eng maqbul variantini tanlab oladi.

    Texnologiya darslari da BBB jadvalidan ham foydalanishimiz mumkin. Bunda avval o’quvchilarning mavzuga oid shaxsiy fikrlarini so’raymiz. Keyingi bosqichda yangi nazariy amaliy ma’lumotlar beriladi. So’ng dars so’ngida o’quvchilarning savollarini joylashtiriladi. Dars so’ngida jadval ustida muhokama olib boriladi. Mustaqil o’rganish uchun topshiriqlar beriladi. Quyidagi BBB jadvalini ko’rishimiz mumkin:

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muammoli vaziyat tavsifini keltirish

    Download 10,75 Mb.