• Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
  • MAVZU. QOG‘OZ VA KARTON BILAN ISHLASH DARSLARINING MAZMUNINI TASHKIL ETISH METODIKASI
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 10,75 Mb.
    bet55/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    5-rasm 6-rasm


    Yog’ochga qo’l asboblari bilan ishlov berganda xavfsizlik texnikasining ma’lum qoidalarga rioya qilinishini talab qiladi. Asboblar va moslamalarni ishlatish qoidalarini bilish uni ishlatayotgan har bir kishi unun majburiydir.


    Ish jarayonidagi xavfsizlikning qat’iy qoidalari:

    1. Ishni hech qachon o’qituvchining ruxsatisiz boshlama!

    2. Asboblarni faqat o’z o’rnida ishlat!

    3. Yaroqsiz asbob bilan ishlama!

    4. Ishni chet ishlarga chalg’imay bajar!

    5. Asbob-uskunalarni o’zi uchun belgilangan joyda saqla!

    6. Uzun kiyimda bo’lma, engingni shimar, choklarini yig’!

    7. Materialni qo’lda yo’nma!

    8. Osilib turganda kesma!

    9. Pichoq bilan o’zing, o’rtoring tomonga qarab yo’nma!

    10. Kesilgan, tilingan, shilingan joylarni yuvib, yod surtib, toza bint bilan bog’la.

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


    1.Applikatsiya ishlari haqida ma’lumot bering. 2.Mozaika ishlari haqida nimalarni bilasiz?
    3.Darslarni to`g`ri tashkil etish haqida tushuncha bering. 4.Applikatsiya va mozaika ishlarining maqsadi deganda nimalar
    nazarda tutiladi?

    1. Applikatsiya va mozayka ishlarining tarbiyaviy ahamiyati nimalarda seziladi?

    2. Bolalarning aqliy qobiliyatlarini rivojlantirish deganda nimalar nazarda tutiladi?



    1. MAVZU. QOG‘OZ VA KARTON BILAN ISHLASH DARSLARINING MAZMUNINI TASHKIL ETISH METODIKASI


    Reja:

    1.Qog‘oz va karton haqida ma’lumot. 2.Qog‘ozning ishlab chiqarishdagi o‘rni. 3.Qog‘oz va karton turlari va xususiyatlari. 4.Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari. 5.Qog‘oz va karton bilan ishlash texnologiyasi.


    6. Ish joyini tashkil qilish talablari. 8.Texnika xavsizligi qoidalari.
    Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
    Qog`oz, karton, ishlab chiqarishdagi o’rni, ishlov berish usullari, ishlash texnologiyalari , Ish joyini tashkil qilish, texnik xavsizligi qoidalari.
    Tarix manbalarida yozilicha qadim Hindistonda yozuvlar palma barglariga bitilgan. Palma yaproqlarini quritib ulardan plastinkalar qirqib olinib keyin tush bilan yozilgan. Bu plastinkalar keyin bir biriga mustakahmlanib, jilti yaxshi silliqlangan, taxtachalardan qilingan ustiga bezak berilib kitob holatiga keltirilgan. Qadimgi Greklar mum kitoblarini ixtiro qilishgan. Bu yaxshi tekislangan taxtacha o’rtasidan kvadrat o’yilgan bo’lib, u sariq yoki qora mum bilan to’ldirilgan. Yozuvda esa po’lat cho’pdan foydalanilgan. Bir uchi o’tkir po’lat cho’p bilan yozishgan bo’lsa, ikkinchi dumaloq uchi bilan yozilgan narsani o’chirishgan. Bir biri bilan biriktirilgan taxtachalardan kitoblar yasalgan, kitob jadval yoki sahifalarning qulayligi shundaki, ulardan uzoq muddat bemalol foydalanish, yozuvni o’chirish va qayta yozish juda oson bo’lgan. Misrliklar yozish materiallarini Nil daryosidan olganlar. Nil vodiysi botqoqliklarida qamishga o’xshash o’simliklar bo’lib qadimgi Rim xalqi uni papirus deb ataganlar. Silliq poyasiz, bargsiz o’simliklarni bo’yi 4 metrga yetar edi. Yozuv quroli uchun poya barglaridan tozalanib, uning o’rtasidagi yumshoq g’ovvak o’zak olinar edi. Ulardan uzun yupqa plastinkalar qirqilib tik holda taxlanardi. So’ngra ho’l barg yopishtirilib presslanar edi, ular qurigach sirti pemza bilan sayqallanardi. Bulardan qilingan eng katta kitob Britaniya muzeyi kutubxonasida saqlanardi. Bir necha ming yillar davomida papirus yagona yozuv materiali bo’lib kelgan. Unda asosan misrliklar, greklar, rimliklar foydalanib kelganlar.Osiyoda yozuv uchun hayvonlar terisidan foydalanilgan. Teri masus eritmada namlangan, cho’zilgan, quritilgan keyin qirilgan, sayqal berilgan va tekislangan. Bu kitob uchun butun bir poda mol so’yilgan. Teri kitob papirusga nisbatan bir necha afzalliklarga ega bo’lib, uning ikkala tomonidan bemalol yozish mumkin bo’lgan. Eramizdan V asr muqaddam uzoq Sharq mamlakatlarida shoyiga yozish rasm bo’lgan. Bu ham qimmatbaho material bo’lib, madaniyat rivojlana borgan sayin yozish uchun arzon materialga talab orta borgan. Qog’oz tayyorlashda XVIII asr fransuz Nikola Lui Robert kashf etgan samocherpka-birinchi qog’oz mashinasi kashf qilgan.
    Qog’oz ishlab chiqarishda yog’och, poxol ip, gazlama, eski ishlatilgan qog’oz xom-ashyo hisoblanadi. Ip, gazlamadan asosan qog’ozning qimmatbaho va maxsus navlarini ishlab chiqarishda foydalaniladi. Poxoldan karton, uram qog’ozlari tayyorlanadi.Qog’oz
    ishlab chiqarishda suv ko’p talab qilinadi. Bundan tashqari yog’ochni o’tkazish ham qulaydir. Tarkibida klechatka foizi ko’p bo’lgan qora qarag’ay sellyuloza tayyorlashda eng yaxshi xom-ashyo hisoblanadi. Har bir qog’oz navi o’z tayyorlash retseptiga egadir. Qog’oz va karton faqatgina kollegrafiya sanoatidagina emas, balki xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida ham keng qo’llaniladi.Gazeta qog’ozi eng arzon va ko’p tarqalgan qog’oz turidir. Sifatiga ko’ra unchalik pishiq emas , namlikni va yelimni yaxshi singdiradi. Yozuv qog’ozi sathi silliq, yelim, singdirilgan namlikni kamroq singdiradi. Narsalarni muqovalash, kartondan yasalgan narsalarni yelimlashda juda qulay.Chizmachilik qog’ozi eng pishiq va eng qalin qog’oz. Lattadan tayyorlanadi. Unda karnaval maskalari va shu kabilarni yasashda foydalaniladi.
    Rasm qog’ozi ikki nomerli bo’lib, to’liq sellyulozadan tayyorlanadi, oliy naviga 25 % latta qo’shiladi. Qo’l mehnati darslarida, shuningdek chizmalar chizishda foydalaniladi. Yelimlangan qog’oz jilo berilgan qog’oz bo’lib, bir tomoniga yelim surtilgan, qo’l mehnati darslariga juda qulay. Gul qog’ozining rangi va guli turlicha bo’lib, muqovalash, narsalarning ustidan yelimlash, bezash ishlarida keng foydalaniladi.
    Karton qog’oz deb, 1kv.m.200 gr.dan ortiq bo’lgan qog’ozga aytiladi. Oq karton –uni qirqish oson, u unchalik pishiq emas, tez sinadi. Sariq karton oq kartondan ko’ra pishiqroq, egiluvchan yaxshi qirqiladi, yelimdan shishmaydi.
    Dastlab I sinfda o’quvchilar qog’oz va uning turlari bilan tanishtiriladilar. 1-sinf “Texnologiya” darsligida “ Qog’oz va uning turlari” mavzusi bilan tanishadilar.


    1-rasm.
    Qog`oz va karton bilan ishlash texnologiyasi II sinf texnologiya darslari ni tashkil etishda o’ziga xos xususiyatligi bilan ahamiyatli hisoblanadi. Birinchi navbatda, o`quvchilar qog`ozdan tayyorlanadigan buyumlarni yaxshi tayyorlashlari uchun ularni qog`oz turi va navlarini yaxshi bilishga, bu materialning ko`p ishlatiladigan turlarining muhim sifat xususiyatlarini farqlashga o`rgatish muhim. O`quvchilar qog`oz turlaridan ba‘zi namunalarning nomi va farqli xususiyatlarini bilmasligi mumkin. Dars jarayonida o’qituvchi o’quvchilarga ko`p miqdorda qog`oz turlarining borligi, mamlakatda turli xususiyatga ega bir necha yuz turdagi qog`oz ishlab chiqarilishini misollar va ko’rgazmali materiallar orqali ko’rsatib, tushucha berib borishi lozim..
    O’qituvchi o`quvchilarni o`zlari ko`p ko`radigan va ishlatadigan qog`ozning asosiy xususiyatlarini farqlash, ularni ayta olishga o`rgatishi maqsadga muvofiq. Yozuv qog`ozi, muqova qog`ozlari, bosmalash, rasm chizish, o`rash uchun qog`oz, rangli qog`ozlar haqida, keyinchalik esa bu ro`yxatni papiros qog`ozi, stol usti qog`ozlari va gulqog`ozlar bilan to`ldirish mumkin.
    O`quvchilar texnologiya darslari uchun materiallarni, xususan, qog`ozlarni hamma vaqt ham ehtiyotkorona asramaydilar. Birinchi
    texnologiya fani darslaridayoq bolalar bilan kuzatishlar o`tkazib, qog`ozni asramay saqlanishi undan tayyorlanuvchi buyumlar sifatiga qanday ta‘sir etishini yaqqol va ishonchli ko`rsatish muhimdir. Keyinchalik, III va IV sinflarda o`qituvchi oddiy va g`ijimlangan qog`oz xususiyatlarini solishtirishga bir necha marta qaytishi zarur.
    Tajriba ko`rsatishicha, o`qituvchi tomonidan bolalar turmushda va maktabda doimo foydalanadigan qog`oz turlari va navlarining eng muhim xususiyatlari va sifatlarini yaqqol aniqlash maqsadida tashkil etiluvchi ko`rsatishlar va maxsus jamoa bo`lib kuzatishlari katta foyda keltiradi.
    Qog`oz xususiyatlari bilan tanishish o`quvchilarga turli amaliy maqsadlar – yozish, chizish, buyumlar yasash, turli predmetlarni o`rash uchun qog`ozdan to`g`ri foydalanishga yordam beradi. Qog`oz xususiyatlari to`g`risidagi bilimlarni o`quvchilar texnologiya fani darslarida va atrofdagilarning qog`ozdan foydalanishini har kuni kuzatish orqali egallaydilar.O`z qog`oz namunalari va o`qituvchi tayyorlagan va ko`rsatayotgan namunalarni ko`rib chiqib, o`quvchilar o`qituvchi yordamida turli maqsadlarda qo`llanuvchi qog`ozlarning katta miqdordagi turlari mavjudligini qayd etishadi. Vazifasiga ko`ra har bir tur va nav qog`ozi muayyan xususiyatlar, sifatlarga ega. Bu xususiyatlar qog`ozga uni qog`oz fabrikalarida tayyorlashda yoki keyingi qo`shimcha pardozlashda maxsus beriladi.O`quvchilar oddiy ko`rib chiqish va ushlab ko`rish, hamda o`zlari to`plagan hayot tajribalarini ishga solib osongina aniqlash mumkin bo`lgan qog`ozning quyidagi umumiy xususiyatlarini qayd etishadi:

    • qog`oz – varaqli material. Qog`oz katta varaqli (chizish va stol usti qog`ozi), o`ramlarda (applikatsiyalar uchun qog`oz, texnologiya darslari uchun rangli qog`ozlar va pochta qog`ozi to`plamlari, qog`oz salfetkalar), rulonlarda (gulqog`ozlar, gofri qog`oz) va hokazo holatda sotiladi;

    • qog`oz qalin va yupqa bo`ladi (masalan, rasm chizish va chizmalar uchun qog`oz, papiros va nusxalash qog`ozi);

    • qog`oz oq va rangli (yozuv qog`ozi va rangli yaltiroq qog`oz). U to`liq ranglangan, bo`yoq eritmasi qog`oz tayyorlash massasiga qo`shilgan bo`ladi yoki uni tayyorlangandan keyin bir tomonidan bo`yashadi (applikatsiyalar uchun rangli qog`ozlar, gulqog`ozlar, o`rash uchun qog`ozlar);

      • qog`oz yuzasi silliq va nosilliq bo`lishi mumkin. Masalan, yozuv qog`ozi unda yozish mumkin bo`lishi uchun albatta silliq bo`lishi kerak, namni shimib oluvchi va o`rash uchun qog`ozlar nosilliq yuzali bo`ladi. Ba‘zi qog`ozlarning bir tomoni silliq, ikkinchi tomoni nosilliqroq bo`ladi. Misol sifatida afisha yoki chiptalar uchun qog`ozni keltirish mumkin – teatr afishalari, tramvay va avtobus biletlari matni faqat silliq tomonda bosmalanadi;

      • qog`ozning ba‘zi turlari yarim tiniq bo`lib, undan hamma narsa ko`rinib turadi, boshqalari esa aksincha. Qog`oz kalka tayyorlashda uni iloji boricha tiniqroq bo`lishiga harakat qilinadi, aks holda chizmalardan nusxa ko`chirish qiyin bo`ladi yoki umuman ko`chirib bo`lmaydi. Papiros qog`ozi va pergamin tiniq bo`ladi. Bosmalash va yozuv qog`ozlari, ularning ikki tomonida yozuv bajarish uchun tiniq bo`lmasligi kerak;

      • qog`oz zich va g`ovak bo`ladi. Masalan, chizma va namni shimib oluvchi qog`ozlarni taqqoslash bunga misol bo’la oladi;

      • qog`oz rasm bilan bezatilgan, yaltiroq yoki yaltiramaydigan yuzali bo`lishi mumkin. Bunday qog`ozlarga muqova qog`ozlar, gulqog`ozlar, qog`oz-lederinlar kiradi.

    Oxirida o`qituvchi maxsus mo`ljallangan qog`ozlarni ko`rsatadi, ularga tayyorlashda muayyan xususiyatlar beriladi. Bunday qog`ozlarga hujjatlar uchun qog`oz (ularda pul, lotereya chiptalari, pasport va boshqa hujjatlar bosiladi); fotoqog`oz (fotoemulsiyaning maxsus qatlami bilan qoplangan); parafinlangan qog`oz ho`llanmaydi, muzqaymoq o`rash va sut mahsulotlari uchun o`ramlar tayyorlashda qo`llanadi; pergamin – yog`ni o`tkazmaydigan qog`oz (yog`, margarin, vetchina o`rash uchun qo`llanadi); metallashtirilgan qog`oz (metall folga bilan yelimlangan qog`oz, choy qadoqlash uchun qo`llanadi), silliqlovchi qog`oz (silliqlovchi kukun yupqa qatlami yelimlangan).Har qanday material yoki predmet majmuasini tuzish, ularni maqsadli tanlash, ishlov berish, tizimlashtirish va joylashtirishni talab etadi. Majmuada namunalar muayyan mantiqiy tartibda joylashtiriladi, u qabul qilingan tasniflash to`g`risida yaqqol tasavvur beradi.
    Qog`oz majmuasini har bir qog`oz turi va navining vazifasini ko`rsatishga qarab tanlash va tasniflash kerak. Buning maqsadga muvofiqligi shundaki, eng ko`p tarqalgan qog`oz turlarining nomlari
    odatda ularning vazifasini aks etiradi: yozuv – yozish uchun, bosmalash – bosmalash uchun, chizish – chizish uchun, stol usti – stol ustini qoplash uchun, gulqog`oz – devorlarga yopishtirish uchun va hokazo.

    1-rasm. O`quvchilar tomonidan qog`oz namunalari majmuasining joylashtirilishi:


    1 – alohida varaqda; 2 – o`quvchi daftarida.
    To`plam tuzishda o`quvchilar qog`ozning ko`p namunalarini ko`rib chiqadilar va ushlab ko`radilar hamda o`ziga xoslarini tanlab oladilar. Bunda ular qog`ozning sifat xususiyatlari va muhim jihatlari to`g`risidagi dastlabki tasavvurlarga ega bo`ladilar. Bolalar qog`oz tayyorlashda unga vazifasiga qarab u yoki bu xususiyat berilishini o`zlashtirib oladilar.

    1. rasmda o`quvchi ish daftarining qog`oz majmuali sahifalari ko`rsatilgan.

    O`quvchilar qog`oz namunalarini tanlash va majmuasini tayyorlash bo`yicha o`z ishlarining ma‘nosini tushunib olishlari muhim bo`lib, u nafaqat muhim qog`oz turlari va ularning nomlarini amaliy bilib olishdan iborat, balki qog`ozni uning tashqi ko`rinishi va xarakterli xususiyatlari: qalinligi, rangi, yaltirashi, yuzasining pardozi va hokazo bo`yicha farqlashga yordam beruvchi qo`lbola lug`at tayyorlashdan ham iboratdir.

    1. rasmda ko`p ishlatiladigan qog`oz turlari majmuasi ko`rsatilgan devoriy jadval keltirilgan. Albatta, bu jadvalda ko`rsatilgan qog`oz mahsulotlarining barchasini o`qituvchi darsga olib kelib ko`rsatishi mumkin. Biroq ushbu jadvalning didaktik qimmati shundaki, u ikkinchi sinf o`quvchisi xotirasida qog`ozlar tasnifi va ularning inson tomonidan bevosita vazifasiga ko`ra foydalanilishi muhimligini saqlab qolishga imkon beradi.


    2-rasm. Qog`oz devoriy majmuasi



    Download 10,75 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 10,75 Mb.