|
-sinf o’quvchilariga qog`oz – tez g`ijimlanuvchan material haqida ham bilimlar beriladi
|
bet | 56/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanma2-sinf o’quvchilariga qog`oz – tez g`ijimlanuvchan material haqida ham bilimlar beriladi. O`qituvchi o`quvchilarga rangli qog`oz (glyantslangan bo`lsa yaxshiroq) olishni (taxminan 100x200 mm o`lchamda), uni ikkiga teng bukish va egilish chizig`i bo`ylab qirqishni o’rgatadi. O`quvchilar qog`ozning qirqilgan yarmini g`ijimlashadi. Keyin esa unga dastlabki ko`rinishni qaytarishga harakat qilib, uni tekislashadi. Buning iloji bo`lmaydi. O`tkazilgan tajriba asosida o`quvchilar xulosa chiqarishadi: g`ijimlangan qog`ozga oldingi ko`rinishni qaytarib bo`lmaydi.
O`qituvchi taklifi bo`yicha bolalar rangli qog`oz tayyorlanmalaridan - g`ijimlangan va tekis – shakli bo`yicha bir xil va tuzilishi oddiy ikkita buyum yasashga harakat qilishadi (masalan,
oddiy buklash bilan hosil bo`luvchi buyumni tayyorlashni tavsiya etish mumkin). Bu narsalarni taqqoslash o`quvchilarni quyidagi xulosaga olib kelishga imkon beradi: g`ijimlangan qog`ozdan to`laqonli, mustahkam va chiroyli narsa tayyorlab bo`lmaydi.
Yuqorida aytilganlar asosida o`quvchilar yana bir xulosani qayd etishlari kerak: qog`ozdan mustahkam va chiroyli narsalarni tayyorlash imkoniga ega bo`lish uchun materialni avaylab asrash kerak. Qog`ozni jildda saqlash kerak, katta varaqlarni rulonga o`ramasdan – ular g`ijimlanadi – jild o`lchamiga mos qirqish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, rulonga o`ralgan qog`ozni belgilash, kesish, yelimlash qiyin, ayniqsa qog`oz qalin bo`lsa.
2-sinf o’quvchilari, shuningdek, qog`oz – tolali material haqida ham ma’lumotlar oladi. Qog`oz va karton o`simlik materiallari – yog`och, poxol, qamishdan tabiiy mineral to`ldiruvchilar (oq loy, talk) va yelimlovchi moddalar qo`shish bilan tayyorlanadi. O`simlikdan olinuvchi materiallar tolali tuzilishga ega. Ular katta yoki kichik, uzunlik, qalinlik, egiluvchanlik va turli mustahkamlikka ega bo`lgan o’simlik tolalaridan tayyorlanadi. O`qituvchi o`quvchilarga gazlamalar oddiy paxta, zig`ir yoki kanop, yog`och yoki shox va shu kabilardan iborat ekanligini amalda ko`rsatadi (3-rasm).
O`quvchilarga yuqoridagi materiallarni nafaqat ko`rish, balki ularni ushlab ko`rish, tolalarni ajratishga harakat qilish, ularning uzunligini aniqlash, uzib ko`rishga berish foydali. Bunday tajriba ishi katta foyda keltiradi, bolalarning materiallar tuzilishi, xususiyatlari to`g`risidagi tasavvurini kengaytiradi va o`quvchilarni ularning muhim xususiyatlarini o`rganish, bu bilimlarni turli buyumlarni yasash bo`yicha amaliy ishda qo`llashga tayyorlaydi.
Navbatchilar o`quvchilarga ikki-uch turdagi qog`oz namunalarining tayyorlangan to`plamlarini, masalan, gazeta, namni shimib oluvchi va o`rash uchun qog`oz tarqatadilar. O`qituvchi bolalarga bu namunalarning har biridan bir cheti bo`ylab tor yo`llarni yirtib olib, qog`oz chetini yirtilish chizig`i bo`ylab qarab chiqishni taklif etadi. O`quvchilar birgalikda chetlar tukli bo`lganini qayd etishadi. Keyingi suhbat davomida qog`oz varaqlarining yirtilishida tolalar o`rtasidagi bog`lanish buzilishi, ularning ko`pchiligining
uzilishi, sinishi, bunda uzilish chizig`i bo`ylab po`pakchalar hosil bo`lishi aniqlanadi (4-rasm).
3-rasm. O`simlikdan olinuvchi tolali materiallar:
1 – ip-gazlama paxta; 2 – zig`ir tola va zig`ir tolali ip;
3 – ip-gazlama ip; 4 – ip-gazlamalar; 5 – zig`ir toladan dasturxon
4-rasm. Qog`oz va karton tolali materiallar:
1 – tolalar uzilish chizig`i bo`yicha yaxshi ko`rinadi; 2 – qog`oz va kartonni lupa orqali qaraganda tolalar qo`shilib ketganligini ko`rish mumkin
Bunday tajribani karton bilan takrorlab, o`qituvchi bu holda materialning tolali tuzilishi ko’rsatishini ta‘kidlaydi: kartonda tolalar yirikroq, ya‘ni uzunroq, qalinroq, qo`polroq.
Yuqorida qayd etilgan ko`rsatish va oddiy tajribalar natijasida ikkinchi sinf o`quvchilari keladigan birinchi xulosa shunday: qog`oz va karton toladan iborat, bu material tolali tuzilishga ega.
Ikkinchi xulosani ham o`quvchilar qiynalmay ifodalab beradilar: ba‘zi tur va navli qog`oz tolalari mayin va bir turli (yozuv qog`ozi, rasm qog`ozi) boshqalarida esa ular turli kattalikda va qo`pol, ba‘zan esa to`qroq rangdagi tolalar qo`shilgan bo`ladi (bu, ayniqsa, karton va arzon turdagi qog`oz, masalan, o`rash uchun qog`oz, afisha qog`ozida yaqqol ko`rinadi).
Qog`oz kabi tolali tuzilishga ega materiallar (paxta, tikuvchilik iplari, muline, zig`ir tola, arqon, gugurt qutisi bo`lagi)ning namunasini ko`rib chiqish asosida o`qituvchi o`quvchilarga uchinchi xulosani chiqarishga yordam beradi: bu materiallarning hammasi tolalardan iborat, faqat ulardagi tolalarning sifati turlicha va o`zaro har xil tarzda bog`langan (paxtada ular chirmashgan, iplarda yigirilib yengil yelimlangan, qog`ozda – chirmashgan va yelimlangan va hokazo).
O`quvchilarning kuzatishi va xulosalarni umumlashtirib, o`qituvchi ularni yana bir xulosaga olib keladi: ular ko`rib chiqqan barcha materiallar o`simlikdan olinadi. Ular o`simlik xom-ashyosidan tayyorlanib, paxta, zig`ir, kanop, yog`och, somon, qamish tolalaridan tuzilgan. Keyinchalik gazlama bilan ishlashga bag`ishlangan darslarda o`qituvchi I sinf o`quvchilariga o`simlik tolalaridan tayyorlangan ip- gazlama va zig`ir matolar to`g`risida hikoya qilib berganda bu xulosadan foydalanadi.
|
| |