• MAVZU. TURLI XIL MATERIALLAR BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 10,75 Mb.
    bet64/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


      1. Qog`oz va karton haqida tushuncha bering.

      2. Qog`oz va kartonning ishlab chiqarishdagi xususiyatlari nimalardan iborat?

      3. Ish joyini tashkil qilish yo`llarini sanang.

      4. Qog`ozning turlari haqida ma’lumot bering.

    1. MAVZU. TURLI XIL MATERIALLAR BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI


    Reja:

      1. Turli xil materiallar haqida tushuncha.

      2. Turli xil materiallarni to‘plash va ishga tayyorlash

      3. Turli xil materiallardan turli buyumlar yasash texnologiyasi. 4.Ish joyini to‘g‘ri tashkil etish talablari.

    1. Texnika xavfsizligi qoidalari.

    2. Turli materiallar bilan ishlash darslarida tejamkorlik.

    Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
    Turli xil materiallar turlari, noorganik materiallar, ish joyini to’g’ri tashkil qilishga talablari, xavfsizlik qodalari.


    Turli materiallar bilan ishlash. Plastilin va noorganik materiallar: loy, qum, sement, yog’och, folga, yumshoq sim, tunuka bilan ishlash. Turli materiallar bilan ishlash 1-sinf Texnologiya darsligida tabiiy materiallar bilan birgalikda o’tiladi. Bunda o’quvchilar tabiiy va turli materiallardan foydalanib turli hayvonlar, gullar yasashni o’rganadilar.

    Yog’och bilan ishlash. Yog’och zagotovkalarini qirqish bo‘yicha barcha operatsiyalarni taxtaning ustida bajaradilar. Arra, qo‘larra yoki lobzik bilan ishlanganda, belgilangan detallarni kichik tiskalar yoki iskanja (lobzik nabori) bilan siqib qo‘yiladi. Yog‘ochdan yasalgan detallarni kozein yoki o’qituvchi tayyorlagan yog’och elim vositasida yopishtirish nazarda tutiladi. Bunday ishlar uchun o’qituvchii bolalar elimlagan yog‘och detallarni press yoki iskanjada qurita olishlari uchun joyni oldindan tayyorlab qo‘yishi kerak. O’quvchilar yog‘ochdan yasalgan detallarni mayda mixlar yordamida mustahkamlash bilan tanishadilar, bslg‘a bilan to‘g‘ri ishlash usullarini o‘rganadilar. Buning uchun ularga mix qoqiladigan joyni bur bilan qanday belgilash, bolg‘ani qanday ushlash, yog‘och detallarga jilvir bilan qanday ishlov berish kerakligini ko‘rsatish lozim. Bolalar gigiena va texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlarini, mehnat madaniyati qoidalarini bilishlari va unga amal qilishlarini qat’iy nazoratda tutmoqlik lozim. Masalan, ish vaqtida haddan tashqari ortiqcha egilmaslik, yog‘och changini yutmaslik, chiqindilarni ehtiyotkorlik bilan to‘plash, ish joyini ish tugashi bilanoq yig‘ishtirish va shu kabilardan iboratdir.
    «Texnik modellash» – oddiy uchadigan, suzadigan, yuradigan texnik o‘yinchoqlarni, shuningdek, sxematik namunalar asosida modellarni yasash mehnatning maxsus turi sifatida ajratilgan.
    Shuni aytish kerakki, ilgarilari klub-to‘garak tipidagi darsdan tashqari mashg‘ulotlarning vazifa va mazmuni bilan mustahkamlangan texnik modellash bo‘yicha temalar texnik texnologiya darslari ning boshqa barcha temalari bilan organik birikib ketadi. Dastlabki darslaridayoq o‘quvchilar tabiiy materiallar, qog‘oz va karton, gazmol, turli materiallar bilan ishlar ekanlar, texnika
    elementlari bilan tanishadilar, qism va detal, oddiy razvyortka, detallarni biriktirishning kattiq, suriladigan, olinadigan usullari va buyumlar haqidagi tasavvurga ega bo‘ladilar. Bolalar detallarni biriktirishning turli usullari, shuningdek, mix bilan «tirqish qoldirib biriktirish» kabilar bilan tanishadilar. Bir yoki bir nechta detallardan tashkil topuvchi oddiy narsalar misolida bolalar pishiqlikni oshirish, ishqalanishning zararli ta’sirini bartaraf etib, foydali ta’siridan foydalanish, o‘zlari ishlayotgan materiallarning tuzilishi haqida tasavvurga ega buladilar. Bolalarda narsalarni yasash ustida ishlash tartibi mo‘ljallash, tayyorlash, yig‘ish, bezash, amal (harakat)da tekshirish, nuqson va kamchiliklarni bartaraf qilish, ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish kabilar xaqida tasavvuri shakllanadi. Bularning barchasidan keyinchalik modellar hamda texnik o‘yinchoqlarni yasashda foydalaniladi, ular bolalarning ijodiy fikrini o‘stiradi, bolalarga to‘plagan mehnat tajribalarini atroflaridagi texnika bilan bog‘lashlariga yordam beradi. Qishloq xo‘jalik mehnati gul-dekorativ va sabzavot ekinlarini maktab tajriba uchastkasi hamda xona sharoitlarida o‘stirish ishlarini uz ichiga oladi. Qishloq xo‘jalik tajribashunosligiga katta e’tibor beriladi. Bolalar o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan sharoitlar, o‘simliklarni
    «urug‘dan- urug‘gacha» o‘stirish, qalamcha qilish, ko‘chatdan o‘stirish, bachki shoxlarni qirqish, mevali bog‘dagi bir qator ishlar bilan tanishadilar. Bolalar o‘z kuzatishlarida ko‘rib va ularni takrorlab o‘zlari yaratgan sharoitlarda o‘simliklarning turlicha o‘sishi va rivojlanishi yuzasidan olib borgan ishlarining natijalarini qiyoslash va tahlil qilishni o‘rganadilar. Ilgari planlashtirilgan tajribalarning yakun va xulosalari bolalarni biliminn mustaqil egallashga, oddiy tadqiqotlar olib borishga, tabiatda sodir bo‘layotgan hodisalarning sabablarini axtarish va asoslashga o‘rgatadi. Qishloq xo’jalik mehnati darslarining aqlni o’stiruvchi xususiyatlari va ahamiyati mana shundadir.
    III sinf texnologiya fani programmasi boshlangich ta’lim yillari davomida egallangan bilimlarni mehnatda qo‘llashga oshirilgan talablar qo‘yishni nazarda tutadi.
    Texnologiya fani mazmunidan kelib chiqib bolalar o‘qituvchi rahbarligi ostida oddiy yigma chizmalarni o‘qishni o‘rganadilar, bu narsalarning detallarini uzlari chizadilar yoki belgilaydilar. Bu
    maqsadda predmet chizmada 2 – 3 ko‘rinishda («oldindan ko‘rinishi»,
    «tepadan ko‘rinishi» va «yon tomondan kurinishi») ifodalanadi. Bu bolalarning har bir detal o‘lchamlarini topishlari uchun zarurdir. Detallar, odatda, predmet (parsa, buyum) namunasi yoki uning texnik rasmi mavjud bo‘lganda razmetka qilinadi.
    Bolalarga avval texnologiya darslarini planlashtirish va o‘tkazishda ajratilgan yangi bir qator programm bilim hamda ko‘nikmalar beriladi.
    Ill sinf texnologiya fani programmasi talablari qisqacha ko‘rinishda quyidagichadir.
    O’quvchilar yasashlari lozim bo‘lgan narsaning chizmasini tuzish bilan tanishadilar. Bu maqsadda ular chizmada aks ettirilishi lozim bo‘lgan predmet va detallarning o‘lchamini bilish uchun namunalarni o‘lchaydilar, predmetlardan andaza oladilar. Sungra ular uz chizmalari bo‘yicha razmetka qiladilar. Chizmalar berilgan razmer, va texnik, shartlar, shuningdek, o‘quvchining o‘zi o‘ylab topgan fikr bo‘yicha ham chizilishi mumkin.
    Asosiy e’tibor turli materiallarga ishlov berishning kiritilishi turli materiallardan tayyorlangan bir necha detalli narsalar tayyorlash, bu detallarni buyumda birlashtirish va ularni turli usullar bilan biriktirish, kartonchani pichoq bilan kesib ishlov berish, lobzik arra bilan tanishish, yogoch, karton, yumshoq tunukadan tayyorlangan zagotovkalarda teshiklar ochishni o‘rgatishga qaratiladi. Imkoniyati bor joylarda yangi sun’iy materiallar: shaffof plyonka, yumshoq plastik massa (pirolon, penoplast) kleyonka, plastik - materiallar, sun’iy mo‘yna va shu kabilardan narsalar tayyorlashni kiritish lozim. Hozirgi kunda bu materiallarning chiqindisi ko‘p bo‘lib, maktablar ularni bemalol topa oladilar.
    Ish vaqtida «ish qoidalariga» qat’iy rioya qilinadi. Butun e’tibor xilma-xil qoidalar «asbob va materiallarni asra, avayla», «doimo ishni yaxshiroq qilishni o‘yla» kabi rioyalarga qaratiladi. Bolalar elektr modellashga mo’ljallangan ish joyini tayyorlash va uni tartibli saqlash bilan maxsus tanishadilar.
    Bolalarning uch yil davomida ishlatgan va to‘qnash kelgan turli materiallarining xususiyatlari haqidagi programma bilimlariga yakun yasaladi hamda umumlashtiriladi. Bu ish asosan ikki yo‘nalishda olib boriladi: 1) o‘qituvchi o‘quvchilardan materiallarning xususiyatlari
    haqidagi bilimlaridan xilma-xil narsalarni yasashdagi amaliy ishlarida foydalanishni talab qiladi; 2) ayni bir namunani turli belgilari kelib chiqishi, mo‘ljallanishi, xususiyatlari, tashqi bezagiga kura kvalifikatsiya qila bilishni talab qiladigan material va detallar namunalarining turli kolleksiya va naborlarini tuzish;
    O’qituvchining programma talablarini amalga oshirish bo‘yicha intilishlarini, birinchidan, mexnat darslariga rahbarlik qilish metodikasini egallash, ikkinchidan, texnologiya darslari uchun asbob- uskuna va materiallar zapasini yaratishga yo‘llash zarur.

    1. Butun yoz va o‘quv yili davomida maktabning ma’lum belgilangan joyida tabiat, uydan, otaliqqa olgan korxonalardan keltirilgan materiallar: korobka, upakovka materiallari, qog‘oz, ip, shpagat, sim, laxtak, tunuka, folga, reyka, faner, gula, tabiiy materiallar, yangi sun’iy materiallarning chiqindilaridan tayyorlangan zagotovkalar.

    2. Yuqori sinflar aktiv o‘quvchilari pionerlardan maxsus komissiya yoki brigadalar tuzilib, ular boshlang‘ich sinflar texnologiya darslari da qo‘llaniladigan asbob-uskunalar va detallarni mustahkamlaydigan materiallarning holati, saqlanishi va remontnini o‘z zimmalariga oladilar.

    Texnologiya resurslarida foydalaniladigan asbob va uskunalar komplekta, detallar, moslamalar ro‘yxati 1-ilovada hamda I va II sinflar qo‘llanmalarida berilgan.
    Boshlang‘ich sinf, ayniqsa III sinfda, texnologiya darslarining moddiy jihozlangan bo‘lishi – boshlang‘ich ta’limning yangi programmasiga ko‘chgan har bir maktab direktori, ilmiy bo‘lim mudiri, barcha pedagoglarning vazifasidir.
    Biroq hamma gap faqat asbob-uskunaga taalluqli deb o‘ylash xatodir. Shunday misollar borki, maktabda hamma material va asbob- uskunalar mavjud, ammo texnologiya darslarining darajasi juda past.
    Bu o‘rinda asosiy narsa – o‘qituvchilarning boshlang‘ich sinflardagi politexnik tayyorgarlik bo‘yicha mexnat darslarining programmasidagi barcha yangi narsalarni chuqur o‘zlashtirilishi lozimligini anglashlaridir.
    Texnologiya politexnik tayyorgarlik programmasi boshlangich ta’lim predmetlar sistemasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Obrazli qilib aytganda, «aql ishini qo‘l ishi bilan boglamay turib» matematika
    va rus tili, tabiatshunoslik va rasm programma talablarini bolalar o‘zlashtira olmaydi, oktyabryat va pionerlar kollektivini, har bir o‘quvchi shaxsini rivojlantirish bo‘yicha darsdan tashqari ishlarni etarlicha yuqori darajada amalga oshirib bo‘lmaydi. O’qituvchilar buni tushunib, qalblari bilan his qilganlaridan so‘nggina, texnologiya darslarining samaradorligini oshirishning yo‘l va vositalarini har qanday qiyin sharoitda ham axtarib topadilar. Ular uchinchi sinf texnologiya programmasini o‘z sinf va maktablarining turli sharoitlarida eksperimental tekshiradilar, demak, I – III sinflar uch yillik texnologiya darslari programmasini bolalar qay darajada uddalashlarini tekshirish bo‘yicha katta va muhim ishni muvaffaqiyatli yakunlashga o‘z hissalarini qo‘shadilar.
    III sinfda texnologiya darslari to‘g‘ri tashkil etilsa o‘quvchilar texnologiya darsida istalgan predmetlarni yasay biladi. O’quvchilar mehnatini to‘g‘ri tashkil etishda eng muhimi, amaliy ishga mo‘ljallangan topshiriqni to‘g‘ri tushuntirishdir.




    Har bir topshiriqning mazmuni bolalarda ko‘nikma va malakalar, texnik tafakkur, mehnatga qanday yondashishning shakllanishi va rivojlanishiga yordam berishi, shuningdek ularning ishdagi mustaqilliklarini ta’minlashi lozim. Bu o‘rinda o‘quvchilarning qiziqishlari va individual xususiyatlarini nazarda tutish kerak. Shuning uchun mexnat topshiriqlarini tuzishda ularga quyidagi o‘quv vazifalarini hal etish uchun zarur bo‘lgan bir qator ma’lumotlarni kiritish lozim.



    1. Buyumning konstruksiyasi, tuzilishi, asosiy qismlarini biriktirish usullari va nimaga mo‘ljallanganligini tushuntirish.

    2. Bolalarni narsani tayyorlash ishining umumiy plani va ishni bajarish tartibi bilan tanishtirish.

    3. O’quvchilarni material-zagotovkani tanlash bilan tanishtirish. 4.Razmetka qilish jarayoni bilan tanishtirish.

    1. O’quvchilarni narsani yasash bo‘yicha boshqa operatsiyalar va ularni kontrol qilish bilan tanishtirish.

    2. O’quvchilarda turli texnologik, texnik, shu jumladan, konstruktorlik masalalarini hal etish ko‘nikmalarini shakllantirish.

    O’quvchilarga topshiriqni quyidagi tartibda, ya’ni o‘qituvchi buyumning namunasini tayyorlab, sinf doskasida ayrim detallarning texnik rasmlarini va ularning razvyortkasini aks ettirib berishi o‘zini oqlaydi. O’qituvchi narsaning rasmini ko‘rsatib, uning asosiy qismlari nomini (masalan, fyuzelaj, old qismi, qanoti, stabilizator) tartibi bilan aytadi. Bunday tushuntirish o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘ygan modelni ko‘rsatish davrida ham qilinishi mumkin. So‘ngra o‘qituvchi detallarning texnik rasmlari va razvyortkalari yordamida bolalarni
    mehnat ob’ektining detallari hamda ularni tayyorlash va yigishning umumiy ish plani bilan tanishtiradi.

      1. Samolyot modelining qismlarini o‘rganish (rasm buyicha). 2. Qog’oz tanlash. 3. Detallarni razmetka qilish (shablon bo‘yicha). 4. Detallarni qirqish. 5. Detallarni egish va elimlash. 6. Modelni yig‘ish.

    1. Modelni uchirib sinash va tekshirish. Birinchi navbatda bolalarga zagotovkani tanlashni o‘rgatish kerak: avval rasm va namuna bo‘yicha detal shaklini, uni tayyorlash mumkin bo‘lgan materialni, so‘ngra razvyortka bo‘yicha detalning o‘lchamlarini aniqlab chiqish lozim. Bolalarga belgilangan razmerlar detalning gabarit o‘lchamidan 5 – 10 mm katta bo‘lishi (ya’ni, pripusk kattaligida) kerakligi aytib qo‘yiladi. Agarda tayyor zagotovkalar bo‘lsa o’quvchilarga ularni o‘lchab chiqish, uning detal tayyorlash uchun yaroqliligini, undan detal chiqish- chiqmasligini aniqlash topshiriladi. Topshiriqlarni tushuntirishda razmetka jarayoniga katta e’tibor beriladi. Topshiriqning murakkabligi razmetkaning qaysi usulda texnik rasm yoki shablon bo’yicha qilinishiga bog‘liq buladi.

    III sinfda bolalarga razmetkaning izchilligini rasmdan ko‘rsatishda eng oddiy texnologik kartaga murojaat etilib, uning quyidagi bosqichlari tushuntiriladi:

    1. Asosiy chiziqlarni tanlash va to‘g‘ri burchakni razmetka qilish.

    2. Gorizontal chiziqlarni, 3. Vertikal chiziqlarni, 4. Qiya chiziqlarni utkazish. 5. Detallarda teshik, kesma elementlari va shu kabilarni raz- metka qilish va tekshirish.

    Topshiriqlarni tushuntirish va o‘quvchilarga instruktaj berishni kontrol savol, texnik va texnologik savollar berish bilan yakunlash foydalidir. Bu savollar taxminan quyidagicha bo‘lishi mumkin.

      1. Narsaning nomi nima? U qanday qismlardan tarkib topgan?

      2. Narsaning detallarini qanday materialdan tayyorlagan ma’qul? Nima uchun?

      3. Detalning qanday qismlari bor? Nima uchun detalning aynan shu formasi tanlangan?

      4. Detallarning forma va razmerini (qurilmani yaxshilash maqsadida) qanday o‘zgartirish mumkin?

      5. Detallarning materiallarini almashtirish mumkinmi? Nima uchun?

      6. Detallarni qanday izchillikda tayyorlash lozim?

      7. Zagotovka qanday tartibda razmetka qilinadi?

      8. Detallar qaysi asbob va moslamalar yordamida tayyorlanadi? 9.Boshqa asbob va moslamalardan foydalanish mumkinmi?

    Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga texnologiya fani ni berishning muhim vazifalaridan biri texnik texnologiya darslaridagi amaliy ishlarni bajarish jarayonida bolalarning konstruktorlik ko‘nikma va qobiliyatlarini o‘stirishdir.
    Ishga konstruksiyalash vazifalarining kiritilishi o‘qituvchiga texnik modellar yasash mashg‘ulotlarini o’tkazishida yordam beradi, chunki konstruksiyalash texnik modellar yasashning tarkibiy elementi hisoblanadi. Texnik modellashda oddiy predmetlarni qog‘oz yoki gazmoldan konstruksiyalash bo‘yicha ishlar amalga oshirilgach, bolalarning ijodkorliklarini, texnik tafakkurlarini o‘stirish uchun juda qulay sharoit yaratiladi. Ishlab chiqarishda konstruksiyalash, odatda, inson turmush faoliyatining turli sohalaridagi talablarini yaxshiroq qondirishni nazarda tutuvchi qulay, chiroyli, sanoat, ro‘zg‘or va boshqa buyumlarni loyihalash, tayyorlash jarayoni bilan aloqadordir. Estetik ifodalanganlikni, kompanovkaning ratsionalligini, foydalanishning kulayligi, pishiqligi, chidamliligini ta’minlovchi badiiy konstruksiyalash alohida muhim ahamiyatga egadir. Texnologiya darslaridagi konstruksiyalash ishlari bolalarning politexnik tasavvurlarini rivojlantiradi, narsalar yasashdagi mustaqilliklarini, tashabbus va ijodlarini ustiradi. Biror predmet shaklini yaratishdagi texnologik asoslarni pishiq egallashlariga, konst- ruktorlik fikrlarini materialda mujassamlashtirishlariga yordam beradi. Qog’ozdan narsalar yasash bo’yicha ishlarni bajarishda konstruksiyalash elementlariga o’rgatish o’z xususiyatlariga ega bo’lib, buni o‘qituvchi nazarda tutishi lozim. Narsalar konstruksiyasi va texnologik jarayonlarni o‘qituvchi quyi sinflar o‘quvchilarini o‘qitish xususiyatlari, shunga muvofiq ishlarni texnologiya darslarida amalga oshirish imkoniyatlarini hisobga olib tanlaydi. Buning uchun o‘qituvchi qog‘ozdan predmetlarni konstruksiyalashning mazmuni va xususiyatlarini bilishi, bu ishning quyi sinf o‘quvchilariga texnologiya fani berishdagi vazifalarini tushunishi, konstruksiyalash ishini tarkib toptiruvchi bosqichlarni egallab olishi zarur. O’qituvchi o‘quvchilarda konstruksiyalash bo‘yicha xilma-xil, avvaliga konstruksiyaning o‘zini, asl nusxalarini, o‘z fikrini amaliy ro‘yobga
    chiqarishga asta-sekin yondashishi uchun oddiy masalalarni hal etish ko‘nikmasini shakllantirishda ularga individual yondashishni amalga oshirishi zarur.
    Narsalarni konstruksiyalash ishlarining asosiy mazmuni quyidagichadir:

        1. Ob’ektni, narsaning nimaga mo‘ljallanganligi hamda uning pishiqligi, chidamliligi, bezalishi, foydalanishga qulayligi, jihozlanishiga qo‘yilgan talablarga muvofiqligini hisobga olib tanlash.

        2. Narsaning ratsional konstruksiyasini asosiy va qo‘shimcha detallarning shakli, o‘lchami va sonini, ularni biriktirish usullarini aniqlash.

        3. Ratsional va foydalanishga qulay texnologiyani izlash, materiallar, bajarishning usul, vosita, tartib va sharoitlarini, yordamchi ishlov beradigan, yig‘ish va bezash operatsiyalarini tanlash.

    Texnologiya darslariga konstruksiyalash elementlarining kiritilishi o‘quvchilar tomonidan yangi narsalarning yasalishini shart qilib qo‘ymaydi. Agarda o‘quvchilar, masalan, karnaval bosh kiyimlarini hech qachon tayyorlamagan bo‘lsalar, ularga bu narsani konstruksiyalashning topshirilishi xato bo‘lgan bo‘lur edi, Konstruksiyalash bo‘yicha dastlabki ishlar uchun tanish predmetlar, operatsiyalar va mehnat usullaridan foydalanish zarur.
    Konstruksiyalash uch bosqichga bo‘linadi:

    1. fikr yuritish operatsiyalarini qamrab oluvchi aqliy konstruksiyalash – konstruksiyani o‘ylash, uning asosiy qismlari, detallari ustida fikr yuritish, o‘ylangan konstruksiyani ilgari ma’lum bo‘lganlari bilan qiyoslash;

    2. grafik konstruksiyalashda chizma va rasmlarni ma’lum fikr bo‘yicha detallarning shakli, o‘lchamlari va shu kabilarni kerakli hisob-kitoblar asosida aniqlab amalga oshirish.

    v) predmet-manipulyativ konstruksiyalash, bunda oldingi ikki bosqich asosida tasvirlash, chizma yoki rasm bo‘yicha ishni bajarishning fikriy va qo‘l operatsiyalari birlashtiriladi.
    Texnologiya darslarida konstruksiyalash ishlarining tartibi quyidagicha amalga oshirilishi mumkin.

    1. Buyum namunasini tahlil qilish, qog‘oz yoki boshqa materiallardan tayyorlangan qurilmalarni eslash.

    2. Buyumning nimaga mo‘ljallanganligini aniq bilib olish va

    anglash.

    1. Asosiy va qo‘shimcha detallarning shakli, o‘lchami, miqdorini kollektiv o‘rtasida muhokama qilish.

    2. Muayyan materiallarni almashtirish imkoniyatlarini aniklash. 5.Buyumning dekorativ bezagini nazarda tutib eskizini yasash.

    6. Narsani tayyorlash uchun zarur bo‘lgan operatsiyalarni, ularning izchilligini, operatsiyalarni o‘zgartirish yoki almashtirish imkoniyatlarini qayd qilish.
    Ishdagi aniqlik va tartiblilik talablarini, o‘zini-o‘zi kontrol qilish xususiyatlarini anglash.
    Sim bilan ishlash va undan o‘yinchoqlar yasash. Turli mayda- chuyda narsalarni yasashda xilma-xil simlardan foydalanish mumkin. Xlorvinil izolyasiyasi yoki usiz yumshoq sim to‘qish va o‘rib ishlash uchun yaroqlidir. Qattiq po‘lat yoki alyumin simdan texnik modellashda bir qator detallarni yasashda foydalaniladi. Bu simdan arava, avtomobil o‘qlari, suv parragi, yumshoq o‘yinchoklar va shu kabilarni tayyorlashda foydalaniladi.
    Ishlab chiqarilayotgan simlarning ayrim xususiyatlari hakida ma’lumotlar. Chiqarilayotgan simlarning diametri 0,005 dan 17 mm gacha bo‘ladi. U asosan dumaloq kesimli bo‘ladi. Biroq kvadrat, olti qirrali, trapetsiyasimon yoki oval shakldagi simlar ham bo‘ladi. Simlardan turli maqsadlarda: elektr, radio, telefon simlari, prujinalar, mixlar, elektrodlar, ingichka parma, muzika asboblari uchun torlar yasash va shu kabilardan foydalaniladi.
    Simdan tayyorlanadigan narsalardan turli maqsadlarda foydalanish mumkin. Masalan, engil archa o‘yinchoqlari (xar xil to‘qilgan gullar, barglar va ustiga rangli ip o‘ralgan), turli o‘yinchoq suvenirlarni yasash, agarda ma’lum tema bo‘yicha 2-3 figura birlashtirilsa, syujet kompozitsiya (masalan, «balet», «zoopark»,
    «muzikantlar» kabi)larni yaratish mumkin. Bu o‘yinchoqlarda o‘quvchilar o‘z ijodiy qobiliyatlarini namoyish etadilar. Karkaslarga rangli iplar, yumshoq, sim, gazlama o‘ralishi mumkin. Simdan yasaladigan har qanday o‘yinchoq bir bo‘lakdan hech qanday qirqishlarsiz, ulashlarsiz yasalishi kerak. Ayrim bo‘laklardan faqat bezash maqsadlarida foydalaniladi. Ishni oddiy narsalarni yasashdan boshlagan ma’qul.
    Xo‘tik, echki va shu kabilarni yumshoq simdan tanasini yasashdan boshlab, keyin oyoqlari, boshi, quloqlari qilinadi. Uni kiyintirish ham mumkin, buning uchun unga rangli ip o‘rab chiqiladi. Ip, gazlamadan kokil, dum yasaladi, umuman figurani o‘z istagiga ko‘ra bezash mumkin.
    Turli xil ajoyib odamchalarni yasash uchun 400 mm sim, har xil rangdagi qog‘oz, gazlama, mo‘yna, mochalka, rangli ip, shablon uchun qog‘oz kerak bo‘ladi. Avval narsa yasaladigan barcha detallar tayyorlanadi. Oyoq-qo‘llar, gavda burab yasaladi, so‘ngra xam-ma detallarni biriktirib odamcha yasaladi. Bu odamchaning gavdasi karton taglikka o‘riatiladi, kartondan bosh andazasi olinadi (ikki bo‘lak) va ularni bo‘yin, bosh xamda bosh bo‘laklari bir-biriga muvofiq keltprib elimlanadi. Shundan so‘ng uni o‘z istagiga ko‘ra bezaladi.
    Yumshoq simdan xilma-xil o‘yinchoqlarni yasash mumkin. Taklif etilayotgan rasmlar o‘quvchida ijod va fantaziya cheksizligini oshiradi.
    Simlardan jumboqlar yasash. Sim jumboqlar bir-biriga birikkan sim figuralardan iborat bo‘lib, ularni butunligi va tashki ko‘rinishini buzmay, ya’ni simlarni sindirmay va egmay bir-biridan ajratish kerak. Jumboqlarni yasashda o‘rtacha qattiqlikdagi 1,5—3 mm simlardan foydalaniladi. Sim jumboqlarning o‘lchami cheklanmaydi, biroq ularni haddan tashkari mayda yoki kattalashtirib yubormaslik kerak.
    Har bir sim jumboqni yasashga kirishishdan oldin natural kattaligida chizib ko‘rish kerak. Bunda sim jumboqlarning turli detallari o‘z mo‘ljallangan joyiga qat’iy muvofiq kelishiga rioya qilish kerak.
    Sim jumboklarni yasashda bolg‘a, jag‘i o‘tkir, jag‘i yassi va jag‘i yumaloq ombirlar kerak bo‘ladi. Simni barcha konturlar bo‘yicha rasmga aniq muvofik keladigan qilib qirqish qiyin.
    Xar bir sim jumboqda faqat figuralarni qanday ajratish yo‘linigina emas, balki keyin ularni biriktira bilish ham muhimdir.

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

    Download 10,75 Mb.