• Qog`oz va karton buyumlarning tirishishi. (IV sinf)
  • Namlanishning qog`oz mustahkamligiga ta’siri. (III sinf)




    Download 10,75 Mb.
    bet61/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Namlanishning qog`oz mustahkamligiga ta’siri. (III sinf) Uchinchi sinf o`quvchilari turli qog`oz va karton turlarining muhim xususiyatlari, xususan qog`oz va karton mustahkamligini taqqoslash bo`yicha tajribalar va kuzatishlar o`tkazadilar.
    Qog`oz namlanishida uning mustahkamligi, ya‘ni yirtilishga qarshiligi kamayadi. O`quvchilar qog`oz namlanishi bilan bog`liq ishlarni ko`p bajarishi uchun, masalan, qog`oz detallariga yyelim yoki kleyster surtish, qog`ozdan tayyorlangan detallarning mustah- kamligiga namlanish ta‘sirini hisobga olishlari muhim.




    1. rasm. Namlanishda qog`oz mustahkamligining o`zgarishi:

    1 - qog`oz yo`lni o`rtasini namlash; 2 - qog`oz yo`l cho`zilishi – namlangan joydan uziladi

    O`qituvchi shunday tajribani ko`rsatadi. Qog`oz varag`idan 200- 220 mm uzunlik 15-20 mm kenglikdagi qog`oz yo`l kesib olinadi. Uni ikki chetidan ushlab, o`rtasi suvga solinadi. Suvga 1,5-2 daqiqa ushlab turib, undan ortiqcha suvni qoqib o`qituvchi uni o`quvchilarga ko`rsatadi va qog`oz yo`lni qarama-qarshi tomonga ikki uchidan tortishda qayeridan uzilishini so`raydi. Qog`oz yo`l eng ko`p namlangan joyidan, ushbu tajribada - qog`oz o`rtasidan uziladi (12- rasm). Xulosa: qog`oz namlanishda o`zining uzilishga bo`lgan mustahkamligining bir qismini yo`qotadi.


    Qog`oz va karton buyumlarning tirishishi. (IV sinf) II va III sinflarda texnologiya darslari da o`quvchilar yelimlashda qog`oz va karton tirishish va buyumlar yuzi qiyshayib pala-partish ko`rinishini ko`p marta uchratadilar. Ish usullari bo`yicha o`qituvchi ko`rsatmalari o`quvchilarga tirishish oldini olish yoki uni kamaytirishga yordam beradi.
    IV sinfda o`quvchilar karton qog`oz buyumlar tirishishi sabablari to`g`risidagi o`z bilimlarini umumlashtirish uchun yetarlicha kuzatishlar to`playdilar. Qog`oz namlanishi bilan bog`liq yuqorida ta‘riflangan tajribalarni bajarib, o`quvchilar qog`oz detallar yyelim eritmasidan namni shimishda cho`zilishi, ma‘lum sharoitlarda esa burmalanishi va tirishishini aniqlaydilar. Bu tirishish detallar notekis namlanishida ayniqsa sezilarli bo`ladi.
    Tirishishning yana bir sababi bo`lib, uni buyum tayyorlashda qog`oz va kartondan foydalanuvchi har bir kishi bilishi kerak. Namlangan qog`oz qurishdan keyin o`lchamlari kichrayadi – kirishadi. Bu kirishish ancha bo`lib, tirishishga olib keladi:
    yopishtirilgan qog`oz detal qurishda o`lchamlari qisqarib, o`zi yopishtirilgan materialni tortadi va uning tirishishini chaqiradi.
    Tirishishni kamaytirish uchun kam namli quyuq yelimdan foydalanishga harakat qilish, uni tez, butun detal yuzasini yupqa qatlam bilan qoplashga harakat qilib surtish kerak. Yassi karton buyumlar va ularning detallarini ikki tomondan qog`oz bilan yopishtirish yaxshiroq. Hamma hollarda, imkoni bo`lsa, buyumlarni press ostida quritish kerak.

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Namlanishning qog`oz mustahkamligiga ta’siri. (III sinf)

    Download 10,75 Mb.