• 3-rasm
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 10,75 Mb.
    bet58/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    2 – rasm.


    IV sinf o`quvchilari qog`oz va kartonning fizikaviy va texnologik xususiyatlarini o`rganishda ularni texnologiya darslarida foydalanadigan boshqa materiallar – gazlama, tabiiy material, plastmassa plyonkalar xususiyatlari bilan taqqoslaydilar (3-rasm). O`quvchilar ishlov berilayotgan materiallarning sifat xususiyatlari to`g`risidagi o`z bilimlarini oshirib borib, ular bajarayotgan ishlari sifatining yaxshilanishiga erishishlaridan qoniqish hosil qilishlari muhim.

    3-rasm


    O`quvchilar amaliyotidan aniq misollar asosida o`qituvchi materiallar xususiyati to`g`risidagi bilimini to`ldirib borish qanchalik muhimligini tushuntiradi. U bolalarga barcha ishlab chiqarish xodimlari o`rganadigan materiallar to`g`risidagi maxsus fanlar – materialshunoslik, materiallar qarshiligi, ularga ishlov berish texnologiyasi – mavjudligini ma‘lum qiladi.
    Qog`oz – varaqli material. Texnologiya darslarida amaliy ish, suhbat va maxsus kuzatishlar jarayonida o`qituvchi o`quvchilarni qog`oz varaqli material degan xulosaga olib keladi: uning qalinligi boshqa ikki o`lchamga (uzunligi va kengligi) qaraganda ahamiyatsiz. Qog`oz sotuvga u yoki bu kattalikdagi varaqlar yoki muayyan kenglik va foydalanish uchun qulay uzunlikdagi yo`llar ko`rinishida chiqariladi. Boshqa ko`pchilik yupqa materiallar (gazlama, plyonka, tunuka va hokazo) kabi qog`oz qaychi bilan kesiladi.
    Darsda birgalikda kuzatish, tajriba almashish va turli tur va navdagi qog`oz namunalarini o`rganish orqali o`quvchilar u yoki bu turdagi qog`oz vazifasiga qarab varaqlar va yo`llar shakli va o`lchami o`zgarishini bilib oladilar. Yozuv uchun qog`oz «kanselyariya» formati ko`rinishidagi o`ramlar shaklida kesilib sotuvga chiqariladi: katta bo`lmagan varaqlarda yozish qulay, ularni saqlash ham qulay. Pochta qog`ozi varaqlari formati yana ham kichik. Rasm va chizmalar uchun qog`oz, aksincha, katta varaqlarda, ba‘zan esa rulonlarga o`ralgan keng yo`llar ko`rinishida chiqariladi: inshootlar va mashinalar loyihalari chizmalari va rasmlar uchun turli formatdagi qog`oz kerak va u joyida kesiladi.
    Chizma uchun kalka, millimetr qog`ozi, gul qog`ozlar rulonlarda o`ralgan holda chiqariladi, bosish va o`rash uchun qog`oz esa katta og`ir rulonlarda chiqariladi: ularni bu holda tashish, saqlash va keragicha foydalanish oson.
    Kuzatishlar orqali o`quvchilar qog`oz namunalarini boshqa varaqli materiallar – gazlama, charm, plastmassa plyonka, fanera, tunuka, folga namunalari bilan taqqoslaydilar. Bu ishning politexnik ahamiyati beqiyos: taqqoslash ishi kichik maktab o`quvchilarining turli materiallar, ularning xususiyatlari, tasnifi to`g`risidagi tasavvurlarini kengaytirishga yordam beradi.


    1. Download 10,75 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 10,75 Mb.