|
sinfda qog`oz qalinligini baholash ishlari amalga oshiriladi
|
bet | 59/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmasinfda qog`oz qalinligini baholash ishlari amalga oshiriladi. O’quvchilar qog`ozning taxminiy qalinligini ushlab ko`rib
aniqlash mumkin. O`quvchilar o`z buyumlari uchun u yoki bu qog`ozni ishlatar ekanlar uni tanlashga o`rganadilar. Boshlang`ich sinf o`quvchilari qog`oz, karton va boshqa varaqli materiallarning qalinligini to`g`ri aniqlay olmaydilar. Ular bunday o`lchovlar uchun mo`ljallangan asbob – mikrometr va mos o`lchov birliklari – mikronlardan foydalana olmaydilar, o`nlik kasrlarda o`lchovlarni bajara olmaydilar.
Biroq III sinf o`quvchilari matematika darslarida sonlarning ayirmasi va karrali taqqoslanishini o`rganadilar va bir son ikkinchisiga nisbatan qanchaga katta yoki kichikligini aniqlay oladilar. Shuning uchun texnologiya darslari da o`quvchilar oldiga, masalan, shunday savol qo`yish mumkin: “Papiros qog`ozi yozuv qog`oziga nisbatan necha marta yupqaroq yoki yozuv qog`ozi rasm qog`oziga nisbatan necha marta yupqaroq?”. O`quvchilar tomonidan bunday masalaning laboratoriya ishi shaklida yechilishi bolalarni turli varaqli materiallarni taqqoslay olishga o`rgatib, amaliy ahamiyat kasb etadi.
Masalani hal etish uchun kerakli turdagi bir xil qalinlikdagi qog`oz o`ramlarini olish, har bir o`ramdagi varaqlar sonini hisoblash va bu sonlar nisbatini aniqlash, ya‘ni katta sonni kichikka bo`lish kifoya. Bu maqsad uchun 1 sm qalinlikdagi o`ramlarni olish qulay. Shunda, o`quvchilar bir santimetr qalinlikdagi o`ramlarda, masalan, 60 varaq yozuv qog`ozi va 120 varaq gazeta qog`ozi borligini aniqlab, gazeta qog`ozi yozuv qog`oziga qaraganda ikki marta yupqaligini ayta oladi. Shunday qalinlikdagi o`ramlarda ular 85 va 90 varaq qog`ozni sanashsa, bu o`ramlardagi qog`ozlar qalinligi deyarli bir xil deb aytishlari mumkin.
III sinfda o`qituvchi tolali tuzilishga ega materiallar sifatida qog`oz va karton ta’rifiga bir necha marta qaytadi. Busiz o`quvchilar tomonidan bu materiallarning muhim texnologik xususiyatlarini o`zlashtirilishi qiyinlashib, ishlov berishda – detallarni belgilash va yelimlashda – ularni hisobga olmay bo`lmaydi. Hayvonlardan olinadigan tolali materiallar – tabiiy jun va ipak to`g`risida texnologiya darslari da dastlabki ma‘lumotlarni berishda o`quvchilarga o`simlikdan olinuvchi tolali materiallar to`g`risida eslatish foydali. Bunda o`qituvchi hayvonlardan olinadigan tolali materiallar: tabiiy jun parchasi, jun iplar o`rami, jun qo`lqop, namat
parchasi, tabiiy ipak o`rami va ipak mato parchasini ko`rsatishi mumkin.
sinfda o`qituvchi o`quvchilarga qog`oz va kartonning tolali tuzilishi to`g`risida ma’lumot berib, karton detallarini qog`oz bilan yelimlab chiqishda qirilishi sabablarini aniqlash maqsadida dasturda ko`zda tutilgan tajribalarni o`tkazish bilan bog`liq tagribada eslatib o`tadi. Qog`oz va kartonning tolali tuzilishi xususiyatlari to`g`risida qog`oz va karton ishlab chiqarish haqida suhbat o`tkazish chog`ida ham fikr yuritiladi.
O`qituvchi IV sinf o`quvchilariga qog`oz va karton tayyorlash uchun asosiy material yog`och ekanligi haqida gapirib beradi (uning turlaridan biri yog`och karton deb ataladi). Odatda archa yog`ochidan foydalaniladi, unda smolali moddalar nisbatan kam bo`lib, shu tufayli u tez qaynaydi va bo`tqasimon massaga aylanadi. Bu massa qog`oz va karton ishlab chiqarish uchun boshlang`ich material bo`lib xizmat qiladi. Qarag`ayning smolali yog`ochi buning uchun kamyaroqli va kamroq ishlatiladi. Qog`oz va karton ishlab chiqarishda keyingi yillarda bargli daraxtlarning kam qimmatli yog`ochlaridan foydalana boshlashdi, masalan, osina, qayin, terak daraxtlari, shuningdek, bug`doy poxoli va qamishning o`tli qismi. Bu qog`ozni ancha arzonlashtiradi va xvoyali daraxtlarning qimmatli yog`ochini tejashga, undan mebel, viskoz, qurilish materiallari va boshqa mahsulotlar ishlab chiqarishni oshirish uchun samarali foydalanishga imkon beradi.
Qog`oz va karton ishlab chiqarishda yog`ochni tejash uchun makulatura - qog`oz va kartonning sanoat va turmushdagi chiqindilaridan foydalanish katta ahamiyatga ega. Xuddi shu maqsadda to`qimachilik sanoati chiqindilari hamda uy xo`jaligi chiqindilarini tashkil etuvchi turli lattalar ham qo`llanadi. Makulatura yig`ish va topshirish orqali maktab o`quvchilari qog`oz ishlab chiqarishni kengaytirish – bunda minglab gektar o`rmonni saqlab qolish, juda ko`p suv, yelim, oq loy va boshqa materiallarni, yoqilg`i va elektr energiyasini tejashga yordam beradi. O`rmon ishchilari, transport xodimlari, qog`oz, kimyo, mashina, qurilish va boshqa sanoat tarmoqlari xodimlari mehnatining tejalishi ham, albatta, katta xalq xo`jaligi ahamiyatiga ega.
Qog`oz, karton varag`ida tolalarning joylashuvi. Turli buyumlar tayyorlash uchun material sifatida qog`oz va karton bilan tanishishning birinchi qadamlaridanoq o`quvchilar maxsus kuzatish va tajribalar o`tkazib, bu materiallardan texnologiya darslarida foydalanib, qog`oz va karton bir-biri bilan tartibsiz chirmashgan, presslangan va yelimlangan son-sanoqsiz mayda tolalardan iborat ekanligini bilib oladilar. Bu tolalarning joylashuvida bitta qonuniyat mavjud bo`lib, uni turli buyumlar yasash uchun qog`oz va kartondan foydalanuvchi hamda bunda ishning yuqori sifatiga erishmoqchi bo`lgan har bir kishi bilishi va hisobga olishi kerak. Gap shundaki, qog`oz tayyorlash mashinalarida qog`oz quyishda ko`pchilik tolalarning quyish yo`nalishida tortilishi yuz beradi (bu yo`nalish ko`pincha bo`ylama deb ataladi). Natijada qog`oz turli yo`nalishlarda
– bo`ylama va ko`ndalang – turlicha xususiyatlarga ega bo`ladi. Yirtishda mustahkamlik, qattiqlik, namlanishida cho`zilish (o`lchamlarning kattalashuvi) farqlanadi. Ishda nuqson bo`lmasligi, buyumlarning yuqori sifatiga erishish uchun bularning hammasini bilish va hisobga olish kerak.
Quyida keltirilgan kuzatishlar qatori va bajarilish texnikasi bo`yicha oddiy tajribalar o`qituvchi tomonidan kichik maktab o`quvchilarini tushunarli, ko`rgazmali va qiziqarli tarzda asta-sekin, darsdan darsga bu materiallardan amaliy foydalanish jarayonida qog`oz va kartonning tolali tuzilishi xususiyatlarini qanday hisobga olish kerakligi bilan tanishtirib borish maqsadini ko`zlaydi. Ushbu kuzatishlar va tajribalarni o`tkazish jarayonida o`quvchilar egallaydigan bilim va malakalar boshqa barcha materiallar bilan ishni to`g`ri bajarish uchun katta ahamiyat kasb etishi haqida gapirish ortiqchadir.
O`qituvchi ko`rsatib berish va o`quvchilar tomonidan kuzatish va tajribalarning mustaqil bajarilishini tashkil etib, ko`rgazmali va amaliy ishlarning turli variantlarida bolalarga qog`oz varag`ida tolalar asosiy massasi yo`nalishi (mashinada qog`oz quyish bo`ylama yo`nalishi) qog`oz varaqlari bo`ylama tomonlari yo`nalishi bilan hamma vaqt ham mos kelmasligini ko`rsatib beradi. Shuning uchun ham o`quvchilar mustaqil tajriba yo`li bilan qog`oz varag`ida tolalar qanday joylashganini bila olishlari kerak.
Yirtilish chiziqlari shakli bo`yicha qog`oz varag`ida bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlash. Oddiy tajriba o`quvchilarga qog`oz varag`ining yirtilish chizig`i uning bo`ylama yoki ko`ndalang yo`nalishda o`tishiga qarab turlicha bo`lishini ko`rsatadi. Demak, qog`ozning yirtilish chizig`i shakli bo`yicha qog`oz varag`i bo`ylama yo`nalishini aniqlash mumkin.
rasm. Yirtilish chizig`i shakli bo`yicha qog`oz varag`ida bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlash: 1 – bo`ylama (to`g`ri chiziqli uzilish chizig`i); 2 – ko`ndalang (uzilish chizig`i egri yo`lli); 3
ikki qog`oz varag`ini bir vaqtda yirtish.Katta qog`oz varag`idan, yaxshisi yozuv yoki bosmalash qog`ozidan o`quvchilar o`lcham va shakli bo`yicha ikkita bir xil varaqcha kesib oladilar, undan oldin ularning asosiy varaqdagi holatini belgilaydilar. Bir varaqchani ustki burchaklaridan ushlab bir yo`nalishda, ikkinchisini perpendikulyar yo`nalishda yirtadilar (5-rasm). Har bir varaqchada yirtilish chizig`i boshida dastlab kichik (2-3 mm) yirtiq hosil qilish maqsadga muvofiq. Yirtilgan qog`ozni ko`rib chiqib, o`quvchilar ularda yirtilish chiziqlari turli shaklda bo`lganini qayd etishadi, lekin bir varaqda yirtilish chizig`i to`g`ri yo`lli, boshqasida esa egri yo`lli ekanligini aytishadi. O`qituvchi bu holat sabablarini tushuntirib beradi: qog`oz tayyorlash mashinasida qog`ozni quyishda qog`oz massasi tolalarining bo`ylama yo`nalishda tortilishi yuz beradi. Qog`ozni bo`ylama yo`nalishda yirtishda yirtilish chizig`i tolalar asosiy massasiga, ularni buzib emas,
ajratib, parallel boradi. Bunda yirtilish chizig`i to`g`riga yaqin bo`ladi. Qog`oz varag`ini ko`ndalang yo`nalishda yirtishda ko`proq kuch sarflanadi, chunki bunda ancha ko`p tolalar uziladi. Bu tolalar uzilish chizig`i yo`lini to`sadi va u qog`oz varag`i yirtilayotgan to`g`ri chiziqli yo`nalishdan suriladi, og`adi. Yirtilish yo`li egri chiziqli bo`ladi (5.2-rasm).
Qog`oz varag`ida tolalar asosiy yo`nalishlarini aniqlash tajribasini quyidagicha o`tkazish mumkin:
O`qituvchi ikkita bir xil g`ijimlanmagan qog`oz varag`ini oladi. Ularni biri bo`ylama tomoni gorizontal, ikkinchisining bo`ylama tomoni vertikal qilib ustma-ust qo`yadi, varaqlarning ustki chetlarini tekislab, o`rtasida sal yirtilish chizig`i boshini belgilaydi (5.3-rasm). Keyin o`qituvchi ikkala varaqni shu nuqtadan teng masofada ustki chetlaridan olib, qog`ozni turli tomonga tortadi. Ikkala qog`oz varag`i bir vaqtda yirtiladi, bunda yirtilish chiziqlari turlicha bo`ladi: bir varaqning yirtilish yo`li – to`g`ri chiziqli, ikkinchisining yo`li – murakkab, chetga ketuvchi shaklda bo`ladi.
O`quvchilar bu tajribani mustaqil takrorlab, ikki qog`oz varag`i yirtilish yo`lining farqi sabablarini birga aniqlaydilar.
Bo`ylama yo`nalishda qog`ozni yirtishda yirtilish yo`li asosan tolalar orasidan boradi, qog`ozni ko`ndalang yo`nalishda yirtishda ko`proq tolalarni tortish va uzishga to`g`ri keladi, bunda odatda yirtilish chizig`i chetga og`adi.
O`quvchilar oldin qilgan xulosalarini takrorlaydilar: qog`ozning yirtilish chizig`iga qarab uning varag`ida tolalar qanday joylashgani to`g`risida fikr yuritish mumkin, ya‘ni ko`ndalang va bo`ylama yo`nalishlar holatini aniqlash mumkin.
Qog`oz yo`llarining egilishiga qarab bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlash. O`qituvchi o`quvchilarning ko`zi oldida o`lchamlari bir xil (taxminan 10x150 mm) qog`oz yo`llarini tayyorlaydi, lekin ularni o`zaro perpendikulyar qog`oz varag`i chetlari bo`ylab kesib oladi, 6-rasmda ko`rsatilganidek ustma-ust qo`yib, pastki chetlaridan ushlaydi.
rasm. Qog`oz varag`idan o`zaro perpendikulyar chetlardan qirqib olingan yo`llar egilishi bo`yicha bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlash:
1 – tolalar asosiy massasi bo`ylama yo`nalishli; 2 – ko`ndalang yo`nalishda kesib olingan yo`l
O`qituvchi qog`oz yo`llarni avval o`ngga, keyin chapga egib, ularni muvofiq tomonlarga egilishga majbur qiladi.
O`qituvchi o`quvchilar diqqatini qog`oz yo`llaridan birining ko`proq ikkinchisining esa kamroq egilishiga qaratadi. O`quvchilar o`qituvchi bilan birgalikda buning sababini aniqlashadi. Bu qog`oz yo`llar varaqdan turli yo`nalishlar: biri qog`oz bo`yiga, ikkinchisi ko`ndalang kesib olingani bilan bog`liq. Demak, qog`oz yo`llaridan biri bo`ylama yo`nalishda, ikkinchisi esa – ko`ndalang yo`nalishda kesib olingan. Xuddi shu qog`oz varag`i bilan ularga ma‘lum bo`lgan ikki yo`nalishda qog`ozni yirtish tajribasini o`tkazib o`quvchilar bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlaydilar. Bu ularga bo`ylama yo`nalishda kesib olingan qog`oz yo`l kamroq ko`ndalang yo`nalishda kesib olingani esa ko`proq egilishini aniqlash imkonini beradi.
Yuqorida qayd etilganlar asosida o`quvchilar xulosa chiqaradilar: to`g`ri burchak ostida qog`oz varag`idan kesib olingan ikki qog`oz yo`lining egilishida qarab qog`oz varag`idagi bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlash mumkin.
Yirtish orqali qog`oz mustahkamligini aniqlash. (III sinf) Uchinchi sinf o`quvchilarining qog`oz xususiyatlari to`g`risidagi tasavvurlarini kengaytirishda qog`ozning yirtilishda chidamliligi bo`ylama yo`nalishda ko`ndalangga nisbatan yuqoriroq ekanligini ko`rsatuvchi foydali va qiziqarli ko`rsatish, tajriba va eng oddiy tajriba ishlari o`tkaziladi. Qog`ozning bu xususiyatini bilish o`quvchilarga
ba‘zi amaliy masalalarni to`g`ri hal etish, hamda yuqoriroq sifatli buyumlar yasashga yordam beradi.
Bir qog`oz varag`idan, masalan, yozuv yoki rangli, shakli va o`lchami bir xil bo`lgan yo`llar bir-biriga nisbatan to`g`ri burchak ostida, ya‘ni qog`oz chetiga o`zaro perpendikulyar qilib kesib olinadi. O`zlariga ma‘lum istalgan yo`l bilan bolalar bu qog`oz yo`llarning tolalari qaysisida bo`ylama, qaysisida ko`ndalang joylashganini aniqlaydilar. Bu yo`nalishlarning yo`llari chetiga B va K harflari (bo`ylama va ko`ndalang) yoki 7-rasmda ko`rsatilgandek ko`rsatkichlar bilan belgilab qo`yadilar.
rasm. Bo`ylama yo`nalishda qog`ozning uzishga chidamliligi ko`ndalangiga nisbatan yuqoriroq:
1 - qog`oz varag`idan o`zaro perpendikulyar chetlardan kesib olingan ikki qog`oz yo`l; 2 – uzunligi bo`yicha yopishtirilgan yo`llar; 3 – cho`zishda eng bo`sh joydan AB uchastkada uziladi.
III sinf o’quvchilari qog`ozni bukish chizig`i bo`yicha yirtishni ham o’rganadilar. Qog`oz varag`ini to`g`ri chiziq bo`ylab yirtish zarur bo`lganda, uni dastlab bukadilar va bukish chizig`i bo`yicha barmoq bilan yoki maxsus silagich (faltsovka) bilan tekislab chiqadilar. O`quvchilar kichik tajriba o`tkazib, bu nima uchun qilinishini tushunib olishlari foydalidir.
rasm. Qog`oz varag`ini qismlarga yirtish:
1 – tajriba uchun bir xil o`lchamli yo`llar tayyorlanmasi; 2 – A yo`lni yirtishda yirtish yo`li chetga og`adi; 3 – bukish chizig`i bo`yicha qog`ozni tekislash; 4 - qog`ozni bukish chizig`i bo`ylab yirtish
O`quvchilar katta bo`lmagan qog`oz varag`ini bukib, bukish chizig`ini barmoq bilan, qalam o`chirg`ichi yoki maxsus silagich bilan tekislab chiqadilar (8.3-rasm). Qog`oz varag`ini qarama-qarshi tomonlarga tortadilar, uni yirtib, yirtilish chizig`i bukish chizig`i bilan mos kelishiga ishonch hosil qiladilar (8.4-rasm). Keyin o`quvchilar o`sha yo`nalishda qog`ozni dastlab bukmasdan va bukilish chizig`ini tekislamasdan yirtishga harakat qiladilar. Yirtish chizig`i tekis bo`lmaydi, u chetga og`adi. Bu o`quvchilarga asoslangan xulosa chiqarishga imkon beradi: qog`ozni bukish yirtish chizig`ini aniq belgilashga imkon beradi, bu chiziqni dastlabki tekislanishi esa ishni ancha osonlashtiradi va tezlashtiradi.
O`qituvchi taklif qiladi: – O`ylab ko`rib javob bering, nima uchun bukish chizig`ini tekislashdan keyin qog`oz shu chiziq bo`ylab oson va tekis yirtiladi? (chunki bukish joyini tekislashda biz tolalarni buzamiz va belgilangan yo`l bo`ylab qog`oz mustahkamligini kamaytiramiz).
III sinf o’quvchilari g’`ijimlangan qog`oz o`z mustahkamligining bir qismini yo`qotaishi haqidagi ma’lumotlarni o’rganadilar:
Qog`oz varag`idan o`quvchilar 200-220 mm uzunlik va 25-30 mm kenglikdagi qog`oz yo`lni kesib oladilar. Uning taxminan yarmini bolalar g`ijimlab, keyin tekislaydilar. Uni ikki uchidan ushlab turli tomonga tortadilar, bunda kuchlanish asta-sekin oshirilib boriladi. Qog`oz yo`l dastlab g`ijimlangan qismida yirtiladi (9-rasm).
rasm. G`ijimlangan qog`ozda yirtilishga mustahkamlik g`ijimlanmagan qog`ozga nisbatan past:
1 – tajriba o`tkazishga tayyorlangan qog`oz yo`l; 2 – bu qog`oz yo`lning yarmi g`ijimlangan; 3 – qog`ozni tortishda g`ijimlangan joydan yirtiladi
– Bu tajribadan qanday xulosalar chiqarish mumkin? – so`raydi o`qituvchi (Buyumlar mustahkam bo`lishi va uzoq xizmat qilishini istasak, qog`ozni g`ijimlamaslikka harakat qilish kerak. Buyum tayyorlash uchun ishlatiluvchi qog`ozni jildlarda saqlash kerak, kitob varaqlarini bukmaslik kerak, eski kitoblarda o`z vaqtida g`ijimlangan betlarni yelimlash kerak).
Qog`oz yo`l mustahkamligi to`g`risidagi bilimlarga asoslanib, o`qituvchi keyinchalik o`quvchilarni boshqa materiallar – iplar, gazlama, karton, plastmassa plyonka mustahkamligi bilan tanishtiradi. O`quvchilar turli materiallar mustahkamligini qiyoslash, taqqoslashga o`rgatiladi.
|
| |