Kartonning asosiy turlari va undan foydalanish. (III sinf)




Download 10,75 Mb.
bet62/95
Sana29.11.2023
Hajmi10,75 Mb.
#107282
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95
Bog'liq
o\'quv qo\'llanma

Kartonning asosiy turlari va undan foydalanish. (III sinf) Yupqa karton bilan ishlashni o`quvchilar III sinfda qog`oz bilan ishlashning asosiy usullarini o`zlashtirish va bu material tasnifi hamda muhim sifat xususiyatlari, qog`ozning muhim xususiyatlari to`g`risida yetarlicha tasavvur to`plagandan keyin boshlaydilar.
3-sinf o`quvchilari karton, uning turlari, tasnifi, muhim xususiyatlari, qo`llanishi va ishlov berish usullari to`g`risidagi ma‘lumotlarini umumlashtirish uchun o`qituvchi texnologiya darslari da turli metodlardan foydalanadi: aytib berish va tushuntirish, suhbatlar, ko`rsatib berishlar, kuzatishlar va eng oddiy tajribalar. Amaliy ishlar jarayonida kartondan turli buyumlar va ularning detallarini tayyorlashda o`quvchilar bularni bilib oladilar.
Turli amaliy maqsadlarda qo`llaniluvchi material sifatida karton to`g`risidagi ma‘lumotlarni o`quvchilarga asta-sekin berib borish maqsadga muvofiq bo`lib, ular o`quvchilar bu material turlari, uning muhim xususiyatlari, qo`lda ishlov berish xususiyatlari, buyumlardan foydalanish sharoitlari to`g`risida tasavvurlarning to`planishiga qarab beriladi. Bunday ma‘lumotlarni o`quvchilarga berish uchun materialni tanlashda o`qituvchi odatda o`quvchilarda to`plangan hayot tajribalaridan foydalanadi.
O`quvchilar odatda kartondan jilddan, kitob muqovalari, qutilar, stol usti o`yinlar, poyafzal tayyorlashda qo`llanish, o`quv ko`rgazmalar tayyorlashda foydalanilishini eslaydilar. O`quvchilarga kartondan ishlab chiqarishda, qurilishda foydalanilishi, masalan asosi bitum shimdirilgan kartondan iborat bo`lgan tol va ruberoidning qo`llanishi to`g`risida hikoya qilib berish foydali.
Ko`p tarqalgan karton turlari namunalarining sinf to`plamini birgalikda tuzish karton, uning qo`llanishi, asosiy turlari va xususiyatlari to`g`risidagi bilimlarni umumlashtirish va
tizimlashtirishga yordam beradi. Vazifasiga ko`ra hamda karton tayyorlash tarkibi bo`yicha tizimlangan karton namunalarini to`plash alohida qiziqish kasb etadi. O`quvchilar e`tiborini kartonlarning qalinligi, zichligi, yuza pardozi, rangiga ko`ra tasniflashga qaratish muhim. Masalan, aytish mumkin: pressshpan – yuqori zichlik va mustahkamlikdagi karton, elektrokarton – silliq yaltiroq yuzali zich karton, rangli karton. Karton bilan umumiy tanishib chiqqach o`quvchilar ishlarni bajarish uchun karton tanlashga ongli yondasha boshlaydilar.



13-rasm. Karton xususiyatlarini o`rganish:


1 – kartonning sinf ko`rgazmali majmuasi; 2 – karton asosiy xususiyatlarini o`rganish uchun karton tarqatma namunalari to`plami
O`quvchilarga kartonning hamma turlari ham kichik maktab o`quvchilari kuchlari bilan ishlov berishga to`g`ri kelmasligini tushuntirish zarur. Masalan, texnologiya darslari da nisbatan yupqa - qalinligi 1-1,5 mm bo`lgan kartonlardan foydalanish mumkin.
Kartonning ba‘zi turlari, masalan pressshpan, poyabzal kartoni, elektrokarton, shunchalik yuqori zichlik va mustahkamlikka egaki, ularni nafaqat oddiy qaychi, bichish qaychilari bilan ham kesib bo`lmaydi. Boshlang`ich sinf o`quvchilariga kartonni chiziq bo`ylab
pichoq bilan kesish operatsiyasi to`g`ri kelmaydi, chunki katta mushaklar kuchini talab etadi.
Karton to`plamini tuzishda qog`oz to`plamini tuzishdagidek namuna tanlash, joylashtirish va belgilashga bo`lgan yondashuv saqlanib qoladi (13-rasm).

Download 10,75 Mb.
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   95




Download 10,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kartonning asosiy turlari va undan foydalanish. (III sinf)

Download 10,75 Mb.