Qog`oz namlanishida nima ro`y beradi? Bu borada o’quvchilar II sinf jarayonidayoq q




Download 10,75 Mb.
bet60/95
Sana29.11.2023
Hajmi10,75 Mb.
#107282
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95
Bog'liq
o\'quv qo\'llanma

Qog`oz namlanishida nima ro`y beradi? Bu borada o’quvchilar II sinf jarayonidayoq qog`oz va karton bilan ishlashda paydo bo`luvchi ko`pgina savollarni to`g`ri hal etish uchun bu materiallarni bo`yash, kleyster yoki yelim surtish jarayonida
namlanishi tufayli nima ro`y berishini yaqqol tasavvur etishlari muhim.
Qog`oz varag`idan ikki o`zaro perpendikulyar chetlardan o`quvchilar shakli va o`lchami bir xil qog`oz yo`llar kesib oladilar (20x200 mm) (bu tajriba uchun gazeta, o`rash uchun qog`oz va oddiy gulqog`oz olish tavsiya etiladi). Boshqa istalgan qog`ozdan bolalar yana bitta shunday qog`oz yo`l qirqib oladilar. U tajriba o`tkazish paytida nazorat qilish uchun xizmat qiladi.
Dastlab ikkinchi sinf o`quvchilari birinchi ikki qog`oz yo`llar bilan tajriba o`tkazib ularning qaysi biri bo`ylama, qaysisi esa ko`ndalang yo`nalishda kesilganini aniqlaydilar. Natijalarni o`quvchilar qog`oz yo`l uchlarida belgilaydilar - qalam bilan bo`ylama yoki ko`ndalang strelka qo`yadilar yoki B va K harflarini yozadilar. Keyin qog`oz yo`llarni eski qog`oz varag`iga yonma-yon qo`yib, bir vaqtda namlaydilar. Buni katta mo`yqalam yoki toza yumshoq matodan tampon bilan bajaradilar. Keyin qog`oz butun qalinlikda bir tekis namlanishi uchun 2-3 daqiqa kutib ular qog`oz varag`iga yonma- yon yotqiziladi. Nazorat qog`oz yo`ldan foydalanib, namlangan ikkala qog`oz yo`l uzunroq bo`lganini aniqlaydilar (10.4-rasm). O`quvchilar birinchi xulosani ifodalaydilar: qog`oz namlanishda o`lchamlari kattalashadi, uzayadi.
Diqqat bilan o`lchash natijasida o`quvchilar namlangan qog`oz yo`llar uzayishi bir xil emasligini aniqlaydi: biri ko`proq, ikkinchisi kamroq. Qog`oz yo`llardagi belgilarga e`tibor berib, ikkinchi xulosani chiqarishadi: qog`ozning namlanishida uning bo`ylama yo`nalishida cho`zilishi ko`ndalangga nisbatan kamroq (10-rasm).



  1. rasm. Namlashda qog`oz detallar o`lchamining o`zgarishi:

1 – tajriba uchun tayyorlangan ikki bir xil qog`oz yo`llar; 2
– ustkisi namlanib uzunroq bo`lgan o`sha qog`oz yo`llar; 3 – ikkinchisi tajriba uchun tayyorlanmalar – bo`ylama, ko`ndalang va nazorat uchun kesilgan qog`oz yo`llar; 4 – birinchi ikki qog`oz yo`l namlangandan keyingi qog`oz yo`llar
Tajriba natijalari bo`yicha suhbatda o`quvchilar qog`ozning aniqlangan xususiyatlarini uni bo`yash va yyelimlashda, ya‘ni qog`ozdan tayyorlangan detallar namlanuvchi barcha hollarda hisobga olish zarur. Bir necha misollar bilan o`quvchilarga qog`ozning namlanishida cho`zilish xususiyatini hisobga olmaslik buyum sifatining pasayishi va hatto buzilishiga olib kelishini ko`rsatib berish juda muhim.
II-IV sinfda o’quvchilar qog`oz detallarni yelim bilan qoplashda saqlab turish ahamiyatini o’rganib olishi muhim. Oldingi tajribada o`quvchilarga qog`oz yo`llarni namlashdan keyin ularni 2-3 daqiqa saqlab turish taklif etiladi. Bu vaqt ichida qog`oz namni shimish va cho`zilishga ulguradi.
O`qituvchi so`raydi: - Biz kutib o`tirmay detalni kleyster yoki yelim bilan qoplashdan keyin darhol uni joyiga yotqizib yelimlasak nima bo`ladi? (Detal namni shimish va o`lchamlari kattalashishda davom etaveradi. Natijada unda burmalar hosil bo`ladi va ish buziladi).
Xulosa: Qog`ozdan tayyorlangan detallarni yopishtirishda, ularga yelim yoki kleyster surtishdan keyin 2-3 daqiqa kutib turish kerak. Ayniqsa detallar o`lchami katta bo`lsa, buni qilish muhim.
O`qituvchi maslahat beradi: - Ustalar devorlarga gulqog`oz yopishtirishini kuzating. Gulqog`ozga kleyster surtib, uning namlanib, cho`zilishini kutib turadilar va shundan keyin uni devorga rasmini kelishtirib yopishtiradilar. Ba‘zan ustalar ketma-ket ikki, uch, hatto to`rt yo`l gulqog`ozga kleyster surtib, o`sha ketma-ketlikda ularni devorga yopishtiradilar. Bu vaqt ichida qog`oz yaxshi namlanib, cho`zilishga ulguradi. Devorda qurib, gulqog`ozlar taranglashadi va burmalar hosil qilmaydi.
Karton va qog`ozdan tayyorlangan buyumlar yuzasida burmalar hosil bo`lishi sabablarini o`rganish. Kichik maktab o`quvchilari karton va qog`oz bilan bajaruvchi ishlarining ko`pchiligi kleyster yoki yelimdan foydalanib bajariluvchi ishlardir. O`quvchilar bu ishlarni
toza bajarishlari uchun ular qog`oz detallar, applikatsiyalar, mozayika, rasmlar, suratlarni yopishtirishda yo`l qo`yadigan xatolardan saqlab turish kerak. O`quvchilar bajaradigan amaliy ishlar misolida qog`oz buyumlar yuzasida burmalar paydo bo`lishi sabablarini ko`rsatish kerak.
Qog`oz detallarga kleyster yoki yelim surtishda ko`pchilik o`quvchilar yetarlicha tez ishlamaydilar. Buning natijasida detalning bir qismida, ayniqsa u katta o`lchamda bo`lsa, qog`oz yelimni shimib boshqa qismiga qaraganda ko`proq uzayishga ulguradi. Bunda qog`ozning turli joyida turlicha cho`zilish ro`y berib, buyum yuzasida burmalar hosil bo`ladi.
Ko`pchilik o`quvchilar qog`oz yuzasiga yelimni turli qalinlikda surtadilar, ba‘zan yyelimlanmagan joylarni qoldiradilar. Bu holda ham qog`ozning notekis namlanishi ro`y beradi, buyum yuzasida burmalar paydo bo`ladi, ish esa pala-partish ko`rinishga ega bo`ladi.
Qog`oz detallarni faqat uchlari yoki chetlariga yelim surtib yopishtirishda qo`pol, xunuk ko`rinishga ega bo`ladi. Bu holda burmalanishlar hosil bo`lishi kuzatiladi.Qog`ozni yyelimlashda ish sifati uchun o`quvchilar tomonidan quyidagi qoidaga rioya qilish muhim ahamiyatga ega: yelim surtilgan detalni joyiga yotqizishdan keyin uning ustiga toza qog`oz varag`ini quyish, uni ushlab turib o`rtasidan chetlarga qarab bosish kerak. Lekin yopishtirilayotgan detalni qog`oz bo`lagi yoki barmoqlar bilan bosib yurgizish mumkin emas: detal yirtilishi va buyum yelim bilan kirlanishi mumkin.
Bu ish nima uchun qilinishini o`quvchilar yaxshi tushunib olishi uchun quyidagi tajribani ko`rsatish foydali. Yozuv, o`rash yoki gazeta qog`ozdan taxminan 100x200 mm o`lchamli to`g`ri burchakli qog`oz kesib olinadi, uni ikki bukib, teskari tomoniga yelim surtib qalin qog`oz yoki karton varag`iga yopishtiriladi. Uning ustini toza varaq bilan yopib, bosib chiqiladi. Ikkinchi bo`lak ham bosib chiqiladi, lekin ustiga toza varaq qo`yilmaydi. Yelim qurigach, o`quvchilar yelimlangan to`g`ri burchakni qarab chiqadilar va yelimlash sifatidagi farqlarni aniqlaydilar. Odatda, usti qog`oz bilan yopilib ishlangan detal usti toza, tekis, burmalarsiz bo`ladi.
Qog`oz namlanishida nima sodir bo`ladi? (II sinf) Qog`oz varag`ida (buning uchun yozuv, rasm qog`ozini olish mumkin) o`quvchilar 90x90 yoki 100x100 mm o`lchamli kvadratlarni
belgilaydilar. O`zlariga ma‘lum usullarning biri bilan varaqdagi bo`ylama yo`nalishni aniqlab, kvadratlarida kerakli belgilar qo`yadilar, masalan, 11-rasmdagidek strelkalar bilan ko`rsatiladi.




  1. rasm. Bir tomondan qog`oz namlanishi tajribalari:

1 – ikki o`zaro perpendikulyar chetlar bo`yicha qog`oz varag`ining namlanishi; 2 - qog`oz aylanani suv yuzasiga joylashtirib pastki yuzasining namlanishi; 3 - qog`oz tarnovchadek egilib, uning uchlari qog`oz varag`ining bo`ylama yo`nalishiga mos keladi.
Kvadratlarni kesib olib, o`quvchilar ularni oldilariga qo`yib mo`yqalam yoki yumshoq matodan tampon bilan varaqning ikki o`zaro perpendikulyar chetlarini suv bilan namlab, qog`oz bilan nima yuz berishini kuzatadilar. Bir necha soniyadan keyin qog`oz chetlarning biri bo`ylab tarnovsimon egiladi, uning uchi kvadrat chetlariga parallel bo`ladi (11.1-rasm). Kvadratning ikkinchi namlangan uchi bo`ylab taxlamalar hosil bo`ladi. O`quvchilar kvadratlarning birinchisida uning cheti qog`oz varag`ining bo`ylama yo`nalishiga, ikkinchisida ko`ndalang yo`nalishga to`g`ri kelishini aniqlaydilar.
Xulosa chiqariladi: qog`oz varag`i chetlari namlanishida o`zgarishi bo`yicha bu qog`ozda bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlash mumkin.
O`quvchilarga yuqorida ta‘riflangan tajriba varintini ko`rsatish, keyin esa o`zlariga qilib ko`rishni taklif qilish foydalidir. O`qituvchi qog`oz varag`ida radiusi 90-100 mm bo`lgan aylana belgilab, uning ichida strelka bilan bo`ylama yo`nalishni belgilaydi. Keyin
belgilangan aylanani kesib olib, likopcha yoki surat vannachasiga solingan suv yuzasiga joylashtiradi (11.2-rasm). 2-3 soniyadan keyin, aylanacha suvdan olinib, ho`l tomoni bilan kaftga qo`yiladi. O`quvchilar qog`oz ancha tez tarnovdek egilishini ko`radilar, u ko`pincha o`ralib qoladi. Tarnovcha uchi va qog`ozning bo`ylama yo`nalishi mos kelishini o`quvchilarga ko`rsatish qoladi (11.3-rasm).
O`qituvchi o`quvchilar diqqatini chetlari yuqoridan namlangan kvadratda bo`ylama uchda tarnovcha yuqoriga tomon egilgani, pastdan namlangan aylana tarnovchasi ham yuqoriga tomon egilganiga qaratadi. Bu tasodifmi? yo`q. Bu savolga o`quvchilarni qiziqtirish va uning amaliy ahamiyatini yaxshiroq o`zlashtirilishi uchun ularga mustaqil nazorat tajribasini o`tkazishni taklif qilish mumkin.
Bolalar qog`oz varag`ida ikkita bir xil aylana belgilab, ularni kesib oladilar va suv yuzasiga turli tomonlari bilan qo`yadilar: birining belgisi yuqorida, ikkinchisi – pastga. Ularni oldingi tajribada qilingandek, bir vaqtda kaftga o`tkazilsa, qanday o`zgaradi? (Bir xil: aylanachalar uchlari tarnovcha hosil qilib yuqoriga ko`tariladi; ularning uchlari qog`oz varag`ining bo`ylama yo`nalishiga to`g`ri keladi) Nima uchun? (Suv yuzasiga joylashtirilgan qog`oz darrov namlanmaydi. Uning pastki qatlami tezroq namlanib, uning tolalari ustki qatlam tolalariga nisbatan oldinroq shishib cho`ziladi. Bunday cho`zilish qog`ozning tarnovchadek egilishiga olib keladi).
Yuqorida ta‘riflangan tajribalarni o`tkazishda qog`oz qanday o`zgarishini o`quvchilar yaxshiroq tushunib olishlari uchun darsdan tashqari mashg`ulotlarda qog`oz bir paytda ikki tomonidan namlanuvchi tajribalarni o`tkazish vazifasini berish foydali.

Download 10,75 Mb.
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   95




Download 10,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qog`oz namlanishida nima ro`y beradi? Bu borada o’quvchilar II sinf jarayonidayoq q

Download 10,75 Mb.