|
Yong`oqlar bilan ishlash texnologiyalari
|
bet | 68/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaYong`oqlar bilan ishlash texnologiyalari: O`qituvchi yong`oqlar bilan ishlashda turli asboblardan foydalanilishini aytadi:
pichoq - kesish uchun; arracha – aralash uchun; parmacha va bigiz – teshish uchun.
rasm. yong`oqlardan shoxchalarni qo`shib o`yinchoqlar yasash uchun materiallar.
Asboblar va ishlash usullari: 1 – shox; 2 – yong`oq; 3 – kesilgan yong`oq; 4 – ish asboblari; 5 – yyelim; 6 – ishlash usullari
O`qituvchi pichoq va arracha yordamida toza yong`oqlarni kesish, parmacha va bigiz bilan tuynuk hosil qilish usullarini ko`rsatib beradi (2-rasm, 5 va 6). Keyin xuddi shu ishlarni eski yong`oqlar bilan bajarib ko`rsatadi. O`qituvchi ishini kuzatib turgan o`quvchilar toza yong`oqlarni eskilariga qaraganda ishlov berish ancha osonroq ekanligini bilib oladilar. Pichoq va arracha bilan kesish, parmacha va bigiz bilan teshish ishlari birinchi sinf o`quvchilari uchun biroz xavli, shuning uchun ular amaliy topshiriqlarni bajarishda hamma yig`ish jarayonlarini loy va tez quruvchi yelim yordamida bajaradilar.
O`quvchilar detal(qism)larni plastilin, loy va BF-2 hamda PVA yelimlari yordamida birlashtirish tajribalarini amalga oshiradilar.
Bolalar detallarning eng oddiy, lekin mustahkam bo`lmagan birlashtirilishi – plastilin bilan, ularning mustahkamroq biriktirilishi – loy bilan va eng mustahkam va ishonchli biriktirish tez quruvchi BF-2 va PVA yelimlari yordamida amalga oshirilish kerakligini bilib oladilar.
Yelimlangan shoxchalar yordamida yong`oqlardan alohida detallarni biriktirishda o`quvchilar diqqatini dastlab shoxchalarni yo`nish, keyin yelim surtib, oldindan ochilgan teshiklarga zich joylashtirish kerakligiga qaratish kerak.
Ikkinchi sinf o`quvchilari yong`oqlardan shoxchalar va boshqa materiallarni qo`shib ko`pgina qiziqarli buyumlar tayyorlaydilar (3- rasm).
rasm. Yong`oqdan o`yinchoq namunalari
Yong`oqlardan o`yinchoqlar yasash bo`yicha amaliy mashg`ulotlarda o`quvchilar predmetlarning fazoda joylashuvi va predmet qismlarining bir-biriga nisbatini kuzatadilar, harakatda qushlar va odamlar xarakterini yaxshi aks ettirish usullarini aniqlaydilar (3-rasm).
Bolalar shahardan tashqariga, o`rmon, saylgohlar yoki bog`larga sayr qilishda turli mevalar, shu jumladan, yong`oqlarning ham o`sishi va yetilishini kuzatadilar. Yong`oq mevalari sentyabrda yetilishi va sarg`aygan barglar bilan birgalikda yerga tushishini bilib oladilar,
ularni terib olib, texnologiya darslari ga olib keladilar va turli tajribalarni o`tkazadilar.
Kuzatishlar davomida o`quvchilarga yong`oqlarni diqqat bilan ko`rib chiqib quyidagi savollarga javob toppish uchun topshirig`i beriladi: Yong`oqlar qanday shakl va kattalikda bo`ladi? Ular qanday rangda? yong`oq qanday qismlardan iborat? Ulardan texnologiya darslari da nima tayyorlash mumkin?
O’quvchilarga yong`oqlardan tayyorlangan turli o`yinchoq rasmlarini epidiaskop yordamida ko`rib, ularni shakli va ranggi u yoki bu personaj xarakterini aniqroq ifodalab berish, uni tayyorlashda qaysi qo`shimcha materiallardan foydalanish mumkinligini aniqlashlari aytiladi. Bu bilan bolalar yong`oqlardan o`yinchoqlar yasash texnologiyalarini bilib oladilar. O`yinchoqlar yasashda yong`oqlar bilan bir qatorda shoxchalar, patlar, ryabina mevalari va hokazo bo`lishi kerakligini aniqlaydilar.
|
| |