|
Yong`oq po`stlog`i bilan ishlash texnologiyalari
|
bet | 69/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanma Yong`oq po`stlog`i bilan ishlash texnologiyalari:
Yong`oqlarning o`sishi va rivojlanishini kuzatish imkoniyati bo`lmasada, ularning po`chog`ini to`plash qiyin emas. Birinchi sinf o`quvchilari yong`oq po`chog`iga boshqa tabiiy materiallarni qo`shib ko`pgina qiziqarli o`yinchoqlar tayyorlashi mumkin (4-rasm).
rasm. Yong`oq po`chog`idan o`yinchoqlar
O`qituvchi bolalarni o`yinchoqlar tayyorlash uchun faqat yaxshi po`choq yarashi to`g`risida ogohlantiradi, shuning uchun yong`oqlarni
ikkala po`choq bo`lagi butun qolishi uchun pichoq yordamida ehtiyotkorona sindirish kerakligini uqtiradi. Bu ishda birinchi sinf o`quvchilarining texnik xavsizligiga rioya qilishi va buning uchun ularga kattalar yordam berishi kerak.
Yong`oq po`chog`ini kuzatish va ishlov berish bo`yicha eng oddiy tajribalar jarayonida o`quvchilarga quyidagi savollarga javob topishlari vazifa sifatida beriladi: Yong`oqlar qanday shakl va rangda bo`ladi? Ular dub daraxti yong`oqlaridan nima bilan farq qiladi? yong`oqlarni qaysi asboblar yordamida ishlov berishi mumkin? Yong`oq po`chog`idan qanday o`yinchoqlar yasash mumkin?
O’qituvchi o’quvchilarga yong`oqning yumshoq mag`zi olingach, bo`sh po`stlog`i qolishini tajribada ko’rsatadi. Uni ehtiyotkorona sindirishda, aylana qayiqchilarga o`xshash ikki qismga ajratish mumkinligi, yong`oq po`stlog`ini bigiz bilan teshishi, pichoq va arracha bilan ishlov berish, BF-2 va PVA yelimlari bilan yelimlash, lak bilan qoplash usullarini ko`rsatib beradi.
Tozalangan yong`oq po`chog`iga dasta yasalsa, savatcha hosil bo`lishi; parusli machta o`rnatilsa, kemacha hosil bo`lishi; ikki po`choq bo`lagini biriktirib, ularga qog`oz, loy, shoxchalardan oddiy detallarni qo`shib jo`jacha, baliqcha, ukkicha yasash mumkinligi amalda ko’rsatib bveriladi..
Shunday qilib, yong`oq po`chog`idan o`yinchoqlar yasash jarayonidagi kuzatishlar va tajribalar paytida o`quvchilar predmetlar kattaligi, shakli, rangi, ularning fazoda joylashuvi, buyumlarning ishlov berilishi, o`rnatilishi va pardozi to`g`risidagi bilimlarini mustahkamlaydilar.
Bolalarning yong`oq po`chog`idan kemachalar, kolyaskalar, tarozilar tayyorlashi ayniqsa qimmatli. Bu o`yinchoqlar bilan o`quvchilar qo`shimcha kuzatishlar va tajribalar o`tkazadilar. Kemachani suvda sinab ko`rib, bolalar o`yinchoq haqiqiy kemadek suzishiga ishonch hosil qiladilar; kolyaskani yurgizib, o`quvchilar u haqiqiydek harakatlanishini qayd etadilar; ba‘zi predmetlarni qo`lbola o`yinchoq tarozida o`lchab bolalar haqiqiy tarozi ishlashi haqida tasavvurga ega bo`ladilar.
|
| |