Barglar shakli va tuzilishini kuzatish, yog`och bilan tajribalar




Download 10,75 Mb.
bet70/95
Sana29.11.2023
Hajmi10,75 Mb.
#107282
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95
Bog'liq
o\'quv qo\'llanma

Barglar shakli va tuzilishini kuzatish, yog`och bilan tajribalar.


Kuzda III sinf o`quvchilari o`qituvchi rahbarligi ostida qayin, dub, terak, o`rik, sosna daraxtlari barglarini to`playdilar. Ularni botanik presslarda quritadilar. Quritishda barglar o`rtasida 8-10 qavat gazeta qog`ozi yotqizadilar. Yetarlicha quritilmagan va qiyshaygan barglarni issiq dazmol bilan taxta ustida tekislaydilar.
Amaliy ishdan oldin birinchi sinf o`quvchilariga quritilgan barglarni diqqat bilan qarab chiqib, savollarga javob berish topshirig`ini beradi: quritilgan barglar oxirigacha quritilmagan barglardan qanday farq qiladi? Nima uchun panno tayyorlash uchun yaxshi quritilgan barglar olinadi? Quritilgan barglar rangi qanday bo`ladi? Nima uchun quritishda barglar orasiga bir necha gazeta qog`oz qatlami qo`yiladi? Botanik papkada quritish va issiq dazmol bilan dazmollashda barglar nima bo`ladi?
Keyin o`quvchilar quritilgan barglarni iplar, qog`oz yo`llar va yelimlar yordamida qalin qog`ozga o`rnash ishini bajaradilar (5- rasm). O`quvchilar to`plamlarda barglarni iplar va qog`oz yordamida joylashtirish qulayligiga ishonch hosil qiladilar. Papkada barglarni tez quriydigan BF-2 va PVA yelimlari yordamida yopishtirish qulay.
O`qituvchi unchalik qurimagan dub barglarini o`rtasidan bukishni topshiradi. Bu tajriba natijasida o`quvchilar bargning ikkala yarmi mos kelishini aniqlaydilar.



  1. rasm. Daraxt barglari gerbariy namunalarini o`rnatish

Ikkinchi sinf o`quvchilari barglar va ular o`rnatilayotgan fon ranglarining uyg`unligini kuzatadilar. Bir rangli barglarni turli fonlarga joylashtirib, bolalar barglar turlicha ko`rinish olishini aniqlaydilar. O`qituvchi turli daraxt yog`ochlari namunalarini ko`rsatib bu yog`och turlari bir-biridan rangi va mustahkamligi bilan farq qilinishini ko`rsatadi. Osina yog`ochi oq, archa – och-sariq, dub – och jigar rangda bo`ladi. Ulardan eng yumshoq va mustahkam bo`lmagani osina yog`ochi, eng qattiq va mustahkami – dub yog`ochidir. O`qituvchi to`plamdan osina, archa va dub barglarini topishni taklif qiladi.
Keyingi ko`rsatish tajribalarida o`qituvchi bolalarni yog`och materiallar yonuvchanligi bilan tanishtiradi. O`qituvchi yondirilgan gugurt cho`pini quruq loy bo`lagi va yupqa quruq yog`och parchasiga navbat bilan yaqinlashtiradi. Ikkinchi sinf o`quvchilari tajribani diqqat bilan kuzatib, loy yonmaydigan, yog`och esa yonuvchi material degan xulosaga keladilar. Bolalarning kuzatishlarini umumlashtirib, o`qituvchi gugurt cho`plari yumshoq, tez yonuvchi osina yog`ochidan tayyorlanishini aytadi.
Ish turli barglardan panno tayyorlash bilan yakunlanadi. Qayin va osina barglaridan birinchi sinf o`quvchilari yo`lda ko`k fonda, ryabina va dub barglaridan kvadratda yashil fonda, dub va tol barglaridan qizil fonda aylana ichida panno tayyorlaydilar (6-rasm).
Panno tayyorlashda o`quvchilar tajribalar jarayonida ranglar va material joylashuvining eng uyg`un holatlarini topadilar.


  1. rasm. Yo`l, kvadrat va aylanada barglardan panno tayyorlash


Download 10,75 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   95




Download 10,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Barglar shakli va tuzilishini kuzatish, yog`och bilan tajribalar

Download 10,75 Mb.