• Qoraqarag‘ay
  • Tog‘terak
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 10,75 Mb.
    bet66/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Yog’och bilan ishlash


    Yog‘och eng ko‘p tarqalgan materiallardan bo‘lib, ukuvchilar mashg‘ulotlarda ko‘p tarqalgan daraxt turlari bilan tanishib chiqishlari kerak.
    Qaragay — ko‘p tarqalgan va ishlov berilishi oson daraxtdir. U unchalik qattiq emas, ammo pishiq, yorish, arralash oson, tolalari bo‘ylab randalanadi. Qarag‘ay yogochning rangi bir oz qizg‘ish ottenkali ochsariqdir.
    Qoraqarag‘ay — yaxshi ishlanadi, uning yog‘ochi ok rang, ba’zan sarg‘ish ottenkali bo‘ladi. Qoraqarag‘ay strukturasiga ko‘ra qarag‘aydan yumshoq va engil. Biroq, qoraqarag‘ayda butoqlar ko‘p, qurigaida yorilib ketadi, bu uning nuqsonidir.
    Kayin — qarag‘ayga nisbatan pishiqroq va og‘irroq, biroq oson arralanadi va randalanadi, qayin yoqimlp qizg‘ish tovlanuvchi och- sariq ottenkaga egadir.
    Jo‘ka — yog‘ochi yumshoq, arralash oson, stameska, pichok bilan oson ishlanadi, chetlari uqalanmaydi, darz ketmaydi. Jo‘kani yorish qiyin. Jo‘ka qarag‘ay va qoraqarag‘aydan engil, sarg‘ish ottenkali ok rangga ega.
    Tog‘terak — asosan mayda buyumlar yasashda foydalaniladi.
    Eg‘ochi yumshoq, anchagina engil.
    Eman — yog‘ochi qattiq, u pishiq va zich hamda og‘ir, chiroyli jigar rangga ega.
    Turli materiallar bilan ishlash darslarining texnologik xususiyatlari, qog’oz va karton bilan ishlash hamda gazlama va tolali materiallar bilan ishlash darslaridan farq qiladi. Chunki qog’oz, karton va gazlama hamda tolali materiallar tayyor mahsulot bo’lib, ulardan turli o’yinchoqlar yasaladi, ularning chiqindilaridan ham tejamkorlik bilan foydalanish o’rgatiladi.
    Turli materiallar bilan ishlashda esa, eng avval, qaysi narsadan nimalar yasash mumkinligini avvaldan rejalab, anchayin izlanib, tabiat qo’ynidan axtarib topib, yig’ib olingandan so’ng, reja asosida turli o’yinchoqlar, ertaklar asosida ko’rsatmali ko’rinishlarga boy personajlar yasash mumkin. Turli multfilmlar asosida qahramonlar qiyofalari, turli rangli manzaralar yasaladi.
    Mehnat darslarida turli tabiiy materiallar- daraxt novdalari, qamish, poxol, g’o’za chanoqlari, yong’oq, qum, loyning ishlatilishi hamda plastic massalar: plastilin, rezina, sellofan, polietilin lentalar, plyonkalar, gugurt qutilari, g’altak, iplar, turli chiqitlar; tuxum po’chog’i, xandon pista po’chog’i, danak po’choqlari, bo’shagan plastmassa idishlari ishlatiladiki, ana shunday tashlab yuborilishi mumkin bo’lgan narsalardan chiroyli, go’zal o’yinchoqlar, ertak qahramonlari, turli ko’rsatmali manzaralar yasah mumkinligi tejamkorlik ruhida tarbiyalash imkoniyatlar ko’pligini ko’rsatadi. Tashlandiq narsalardan ham kerakli buyumlar, estetik zavq olsa bo’ladigan, ayniqsa, o’z ko’rinishi, mazmuni bilan bolalarni tarbiyalashi mumkin bo’lgan narsalar yasalishi ular tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi.
    Turli tabiiy materiallarni to’plash, saqlash yo’llarini, ularga ishlov berish yo’llarini qo’llash bolalarga tabiatshunoslik darslarida olgan bilimlarni mustahkamlash imkonini beradi. Turli tabiiy materiallardan bilan ishlash mashg’ulotlarni rejalashtirish va materiallarni tanlashda, albatta, mahalliy sharoitlardan kelib chiqish, o’lka iqlimi, tabiati, ishlab chiqarish korxonalari, xalq badiiy ustaxonalari va shu kabilar e’tiborga olish kerakligini unutmaslik lozim. Bunday mashg’ulotlar bolalarning ijodiy qobiliyatlarini o’stiribgina qolmay, ularning ijodkorligini o’stiradi, estetik hissiyotlarni shakllantiradi.
    Turli materiallarning o’ziga xos texnologik xususiyatlari xilma- xilki, ulardan narsalar yasashda material sifatida ham, yasalgan narsaga bezak berish materiali sifatida ham foydalanish mumkin.
    Tajribalar shuni ko’rsatmoqdaki, turli materiallar bialn ishlash jarayonida bolalar quyidagi malaka va ko’nikmalarni egallaydilar.

    1. Turli tabiiy materiallarni to’plash va saqlash qoidalari bilan tanishish. Tevarak-atrofni muhofaza qilish.

    2. Turli tabiiy materiallarga ishlov berish va rejalashtirish.

    3. Turli tabiiy materiallarni tu’plash uchun atrof-muhitdan obyekt tanlash.

    4. Turli tabiiy materiallardan nimalar yasa olishni tahlil qilish hamda ularga ishlov berish asboblarini tanlash.

    5. Mustaqil fiklab, ijodkorligini namoyon qilish. Ijodkorlik qobiliyatini o’stirish.

    6. Boshqa xil materiallar bilan tanishish (yog’och, yumshoq sim, tunuka, turli chiqindilar to’plashlari).

    7. Obrazlar, personajlar, o’yinchoqlarni yaratishda konstruktorlik va ijodiy qobiliyatlarni o’stirish.

    8. Yog’och va metallga ishlov berish asboblari bilan tanishish, ya’ni pichoq, bolg’a, arra, parma, bigiz, qaychi, ombur, o’tkir tig’li asbob kabi…

    Bolalarda turli tabiiy materiallar bilan ishlash alohida qiziqish uyg'otadi. Ayniqsa, o'quvchilar loy, plastilin va tabiiy materiallar, jumladan, daraxtlarning shoxlari, chinor urug'lari, turli qurigan barglar, daraxt po'kaklari, yelimlaridan foydalanib qushlar, jonivorlar, ertak ishtirokchilarining shakllarini qiziqib yasaydilar. O'z tasavvurlaridagi personajlar bilan boyitadilar.
    O'quvchilar turli materiallar bilan ishlashda ishlash qoidasiga, texnika xavfsizligi qoidalariga, gigiyena-sanitariya holatlariga rioya qilibgina qolmay, telamkorlikka ham alohida e'tibor beradilar. Shuni unutmaslik lozimki, ko'zga tashlanmagan qismlar, chiqindilar yig'ilib kattalashadi. Demak, o'qituvchi tabiiy materiallardan turli narsalar yasashni rejalar ekan, o'quvchilarga:

      • turli tabiiy materiallarning xossasi va xususiyatini hisobga olgan holda isrofgarchilikka yo'l qo'ymaslikni tushuntirishi;

      • ularning shakli, ko'rinishlarini rejalab, aniq narsa yasash yo'li bilan tejashni o'rgatishi;

      • qanday asboblar ishlatish mumkinligi va asboblarni to'g'ri ishlatish (sindirmaslik, buzmaslik) yo'lini uqtirishni bilishi;

      • asboblarni ishlayotganda juda egilib, chang-to'zon yutishdan, ish joyini tartibsiz qilishdan saqlanishni ta'kidlashi;

      • ish mazmunini sodda, murakkabligiga qarab, bosqichma- bosqich sinflarga moslashyo'li bilan tejamkorlik tuyg'usini singdirishi talab etiladi.

    Yuqoridagi tartib va qoidalar sinf o'quvchilarda tejamkorlik, tadbirkorlik sifatlarini tarbiyalash, mehnat darslari samaradorligini oshiradi.
    Asosan 1-sinflarda bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olib sanchmaydigan, qirqmaydigan, kesmaydigan asboblardan foydalangan holda po'kak, turli bo'sh qutilar, qutichalar, daraxtning urug'lari, qurigan barglaridan yelimlab yopishtirib, plastilin yordamida yopishtirish yo'li bilan turli shakldagi o'yinchoqlar yasash o'rgatiladi va o'rganish jarayonida bolalarda yig'ilgan tabiiy materiallarni o'rni bilan ishlatishga, turar joyini asrab-avaylashga, tabiatni muhofaza qilishga o'rgatish bilan tejamkorlik hissini rivojlantira boriladi. Ayniqsa o'quvchida turli materiallardan foydalanib narsalar yasayotganda ish joyini saranjom-sarishta tutush, plastilinyordamida yopishtirish kerak bo'lganda, plastilinni partaga ishqab yumshatmaslik, maxsus taxtachada yoki klyonka, sintetik qog'ozcha ustida yumshatish, kiyimlariga surtmaslik uqtiriladi. Chunki partani plastilin ishqab qo'ysa, kitob-daftarlari yopishadi, sifati buziladi, yirtiladi, parta ham xunuk bo'ladi. Qolaversa, kiyimlariga yuqadi, iflos bo'ladi. Ifloslangan partani hadeganda tozalab bo'lmaydi. Partani toza tutish bilan maktab mulkini asragan bo'ladi hamda hozirgi iqtisodiy
    taqchillik davrida maktab mulkini tejaydi. Shuningdek, plastilin ham tejaladi. Yuqoridagi omillarni bosqichma-bosqich o'stirib, rivojlantirib borilishi o'quvchilarda tejamkorlik sifatlarining shakllanishiga olib keladi.
    O'quvchi 2-sinfga o'tgach, endi turli tabiiy materiallar bilan ishlash asta murakkablashib boradi. 2-sinf o'quvchisi xilma-xil materiallar, yog'och, metall, loy, qum kabilardan narsa-buyumlar tayyorlashni o'rganadilar. Endi o'quvchilar ayrim asboblardan foydalanishni, asboblar bialn ishlashda texnika xavfsizligi qoidasiga rioya qilishni va bu bilan o'zlarining sog'liqlariga zarar keltirmagan holda asboblarni ham asrab-avaylashni o'rganadilar. Shu yo'nalishda o'quvchilarda o'yinchoqlar yasash va turli materiallarni ishlatishda tejamkorlik hissiyoti chuqurlashtirilib, singdirib boriladi. 3-sinfga o'tganda bu holat yana ham kengroq shakllantiriladi. Bunday ijobiy fazilatlarni o'quvchilarning turli materiallardan maketlar, texnik o'yinchoqlar, yog'och va fanerdan gul tuvaklarini (guli bilan) qo'yish uchun naqshli tokchalar, stellyajlar; yumshoq simlar yordamida turli shaklli o'yinchoqlar yasashlarida ko'ramiz.
    Turli materiallar bilan ishlash turidan tashqari texnik modellash, ya'ni konstruktorlar bilan ishlash, qishloq xo'jalik mehnati hamda o'z- o'ziga xizmat turlari borki, bu mehnat turlarini o'quvchilarga singdirishda ham tejamkorlikka alohida e'tibor beriladi.
    Konstruktor to'plamlari bilan ishlashda bolalar texnik modellar yasaydilar, shu tariqa ularda qurish-yasash, konstruktorlik qobiliyatlari o'sib boradi. Mehnat darslarida texnik modellar-samolyot, mashina, parovoz, paroxodlar haqida tushuncha berib borish bilan birga shu texnika vositalari inson mehnatini osonlashtirgani haqida to'xtalib, ana shu texnikani asrab, uzoq vaqt ishlatish bilan hayotimizda tejamkorlikka erishayotganligimizni, hayotimiz farovon bo'lib borayotganligini tushuntiradi. 4-sinfda o'tar ekanmiz, elektr energiyasini tejash kerakligini, u inson hayotida nafaqat yoritish vazifasini bajarishi, balki sanoat va qishloq xo'jaligida, oziq-ovqatlar ishlab chiqarishda dvigatellarni, katta zavodlarni yurgizishi haqida tushuncha beramiz.
    Mehnatning boshqa turlarida ham tejamkorlikning zarurligi haqida fikr yuritilsa, suhbatlar o'tkazilsa, ko'zlangan natijaga erishishi mumkin.

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 10,75 Mb.