O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 10,75 Mb.
bet65/95
Sana29.11.2023
Hajmi10,75 Mb.
#107282
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95
Bog'liq
o\'quv qo\'llanma

Plastmassalar


Plastmassa sun’iy olingan modda bo‘lib, unda molekulalar sintez yo‘li bilan oldindan belgilangan tuzilishga olib kelinadi. Sun’iy yaratilgan moddalar sintetik ham deyiladi.
Sanoatimiz plastmassadan turli predmetlarni va kapron, neylon, organik oyna, paralon, polietilen va shu kabi xilma-xil to‘qimalarni
ishlab chiqaradi. Zamonaviy ximiya sanoati shunday materiallarni yaratganki, ulardagi xususiyatlar tabiiy materiallarda uchramaydi. Sintetik materiallar — plastmassalar o‘sha qimmatli sifatlari bilan ajralib turadi. Plastmassalar juda engil va shu bilan birga bukiluvchan va elastikdir. Ayrim plastmassalar. o‘ta mustaxkam bo‘lyb, issiqliq va elektrni yaxshi izolyasiya qiladi, kislotalarga bardoshlidir. Plastmassaning kimmatli xususiyatlaridan biri ulardan yuksak unumdor usulda: quyish, presslash va shu kabi usullarda mahsulot ishlab chiqarishning mumkinligidir.
Plastmassaga ishlov berish jarayonnda deyarli chiqindi bo‘lmaydi, mahsulot darhol tayyor holda chikadi, ya’ni ularga qo‘shimcha ishlov berilmaydi. Plastmassalar boshqa qimmatli xususiyatlarga ham egadir-ki, bu ulardan qurilish, texnika va turmushda yanada kengroq foydalanish imkonini beradi.Plastmassa yo sof tarzdagi polimerdan, yo polimerning to‘ldirgichlar bilan birikmasidan iborat bo‘lishi mumkin. Yog’och qirindilari, ip-gazlama, oyna tolasi, qog‘oz va boshqa materiallar to‘ldirgich bo‘lishi mumkin. To‘ldirgichlar pishiqlikni, qattiqlikni, o‘tga bardoshlilikni oshirish va shu kabilarga xizmat qiladi. Ba’zan plastmassalar tarkibiga ularning plastikligini oshirsh uchun plastifikatorlar, tashqi ta’sirlardan saqlovchi bo‘yovchi kabilar kiritiladi.
1-sinf Texnologiya darsligida “Tabiiy va turli materiallardan hayvonlar yasash” mavzusida plastmassa bilan ishlash keltirilgan.
Keyingi yillarda aviatsiya sanoati, avtomobilsozlik, asbobsozlik, stanoksozlik, meditsina va turmushda keng qo‘llanilayotgan xilma-xil plastmassa turlari yaratildi.
Amaliy mashg‘ulotlarda topilishi oson bo‘lgan plastmassalardan va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalaniladi. Bular: organik shisha, paralon, penoplast, linoleum, ebonit, kapron, tekstolitdir. Organik shisha, Keyingi yillarda yangi ajoyib material — organik shisha yoki pleksiglis keng tarqaldi. Bu odatda oddiy shisha singari shaffof, ammo sinmaydigan sun’iy plastmassadir. Organik shishani arralash, egish va elimlash mumkin. U turli ranglarga bo‘yaladi. Organik shishadan harflarni (stend sarlavhalari uchun), turli emblema va bezaklarni, ayniqsa asboblar, kolleksiyalar uchun quticha va g‘iloflar, texnik modellash uchun turli detallarni qirqish mumkin

Organik shisha 2—10 mm qalinlikda ishlab chiqariladi. U bilan qalinligi 3 mm gacha bo‘lgan yupqa taxtachalarga ishlov beriladi. Organik shishani arra va lobzik bilan arralanadi, uni egish uchun bir oz isitish kerak, uning kichikroq parchalarini suvda qaynatib yumshatish mumkin.
Organik shisha o‘zidan tayyorlangan elim bilan yaxshi yopishadi. Organik shishani yopishtiradigan elimlarning soni ko‘p, biroq. o‘quv ustaxonalarida BF-2 dan foydalangan ma’qul. BF-2 bilan elimlangan narsa 3—4 sutka davomida biriktirilgan holatda saqlanishi kerak. Atseton va amilatsetatda organik shishadan tayyorlangan elim yaxshi va tez yopishtiradi, biroq uiing xidi juda yomon bo‘lganligi uchun ustaxonani yaxshilab shamollatishga to‘g‘ri keladi.
Paralon sun’iy yo‘l bilan olingan material bo‘lib, g‘ovak strukturaga ega, usti yumshoq, juda engil, yaxshi bo‘yaladi, suv ta’sir etmaydi. Paralonni gazlamaga, qog‘ozga va ko‘pgina boshqa materiallarga yopishtirish mumkin. Paralon xalq xo‘jaligida, jumladan, mebel sanoatida: divan matratslari, stul, kreslo o‘tirgichlari uchun foydalaniladi. Tikuvchilik sanoatida paralondan vatin, paxta, mo‘yna o‘rnida foydalaniladi. U juda engil hamda ajoyib issiqlikni izolyasiya qilish xususiyatiga ega bo‘lib, qo‘g‘irchoq fabrikalarida keng ko‘llanadi, undan turli xil o‘yinchoqlar tayyorlanadi, chiqindilari
o‘yinchoqlar g‘ovagini to‘ldiradi. Paraloidan o‘yinchoqlar, turli narsalarni yasashdan oldin bo‘lajak buyumning chizmasini yoki tasvirini chizish lozim. Ana shu chizma yoki tasvir asosida kartondan andaza qirqiladi. Andazani paralonning ustiga qo‘yib, oddiy qalam bilan chizib chiqiladi, so‘ngra detallar yoki to‘liq mahsulot qaychi bilan qirqib olinadi. Paralonni oz-ozdan qirqish kerak, chunki paralon siqiladi, shuning uchun uzun qirqilgan joylar notekis chiqishi mumkin. Detallarni mahsulotga biriktirishning boshqa usuli ham mavjud.
Unda detallar sim bilan biriktiriladi. Bunda o‘quvchilar o‘z fantaziyalarini namoyish qilishlari, figuralar qomatini turlicha ko‘rsatishlari mumkin.
Penoplast anchagina pishik, juda engil, oq rangdagi material. Undan kemasozlik, samolyotsozlik, qurilish va elektronika hamda boshqalarda foydalaniladi.
Uquv ustaxonalarida maxsus asboblarsiz turli o‘yinchoqlar, postanovkalar uchun butofariyalar, texnik modellash bo‘yicha suvda suzadigan modellar va shu kabilarni yasash mumkin. Penoplastni qirqish, qchrish va turli materiallarga elimlash oson, uni topssh qiyin emas, ishlab chiqarish chiqindilaridan ham foydalanish mumkin. Penoplastdan narsalar yasash jarayoni juda oddiy. Rasm yoki chizmani penoplastning tekis sathiga qalam bilan chiziladi va u mayda tishli arra, lobzik bilan qirqib olinadi. Arralashda paydo bo‘lgan kirdi- chiqdi, notekis joylar egovlab tekislanishi mumkin. Tayyorlangan materiallar turli elimlar vositasida montaj qilinadi.

Download 10,75 Mb.
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   95




Download 10,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 10,75 Mb.