|
Qog`oz va karton xususiyatlarini taqqoslash
|
bet | 63/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaQog`oz va karton xususiyatlarini taqqoslash. Qog`ozning eng yaqin qarindoshi karton bilan tanishishda, uning buyumlar yasashda amaliy qo`llanishida uning xususiyatlarini qog`ozning o`xshash xususiyatlari bilan taqqoslash foydali. Bunday qiyoslash, taqqoslashlar birinchi darajali politexnik ahamiyatga ega, barcha materiallarning texnologik xususiyatlari to`g`risida o`quvchilar bilimlarining to`planishi va tizimlanishiga yordamlashadi – bu xususiyatlarni bilmasdan materiallarda ishlov berishni amalga oshirib bo`lmaydi.
O`qituvchi qog`oz va karton namunalarini ko`rsatib, bu materiallarning o`rtasida tayyorlanish materiallari bo`yicha ham, usullari bo`yicha ham ahamiyatli farq yo`qligini ma‘lum qiladi. Bundan tashqari 1 m2 250 g og`irlikdagi kartonni ko`pincha qog`oz deb ta‘riflaydilar.
Oddiy tajriba va kuzatishlar qatori bilan o`quvchilar karton qog`oz kabi tolali tuzilishli varaqli material ekanligini aniqlaydilar. Qog`oz kabi karton ham asosan o`simlik tolalaridan iborat bo`lib, ularning oralari yyelimli maxsus to`ldiruvchilar bilan to`ldirilgan.
O`quvchilar qog`oz va kartonning kichik bo`laklarini yirtib olib ularni yirtilish chiziqlarini kuzatadilar. Ular qog`ozda tolalar mayda va bir turli, kartonda esa ancha yirikroq, qo`polroq va bir turda emasligini aniqlaydilar. O`qituvchi yordamida o`quvchilar bu nafaqat qog`oz tayyorlashda asosiy xom ashyo – tolali massa yaxshiroq maydalanib aralashtirishishiga, balki kartonni tayyorlashda odatda qo`polroq va arzonroq materiallar poxol va qamishning qo`llanishiga ham bog`liq ekanligini tushuntiradilar.
O`qituvchi yirtishda yoki ko`p marta bukishda qatlamlarga ajraluvchi karton namunalarini ko`rsatib, sinfga savol beradi: nima sababdan qatlamga ajralish ro`y beradi. U karton ishlab chiqarishda uni tayyorlashning ikki usuli qo`llanishini gapirib beradi. Birinchi usul bo`yicha karton taxminan qog`oz quyilishidek qo`yiladi: ortiqcha suv siqib olinadi, quritiladi, yuzasi pardozlanadi.
Ikkinchi usul bo`yicha dastlab qo`pol qog`oz varaqlari tayyorlanadi, ular keyin bir necha qatlam qilib yyelimlanib, ancha- muncha qalin va mustahkam karton olinadi. Ba‘zan bunday kartonning ustki qatlami yuqoriroq sifatli yoki boshqa rangdagi qog`oz bilan yyelimlanadi. Bunday karton ba‘zan qatlamlarga ajraladi. O`qituvchi taklifi bilan uchinchi sinf o`quvchilari qo`lbola kartonni bir necha qog`oz qatlamini yelimlab tayyorlashlari mumkin. Bunday qo`lbola karton qurishda tirishib qolmasligi uchun uni bir necha qatlam qog`ozga o`rab, press ostida quritish kerak. Quritish jarayonida qog`ozni bir necha marta almashtirish yana yaxshiroq - bu
qurishni tezlashtiradi va karton yuqoriroq sifatli bo`ladi.
Qo`lbola karton tayyorlash ishini amalga oshirishda politexnik taqqoslash – yelimlangan kartonni yyelimlangan fanera va qatlamli plastiklar bilan solishtirish, shuningdek bolalarni pape-mashedan buyumlar tayyorlash bilan tanishtirish foydali.
Qog`oz va karton namunalarini bir vaqtda ko`rib chiqish va o`quvchilarga ularning sifatli xususiyatlarini ko`rsatib, o`qituvchi o`quvchilarga karton qog`oz kabi yupqa va qalin, silliq va g`adir- budir, zich va g`ovak, egiluvchan va sinuvchan, yaltiroq va yaltiramaydigan yuzali, rangli bo`lishi mumkinligini ko`rsatib beradi. Materiallarning sifat xususiyatlarini taqqoslash o`quvchilarning barcha materiallarning muhim xususiyatlari to`g`risidagi tasavvurlarini aniqlashtirish va umumlashtirishga yordam beradi.
O`quvchilarning karton to`g`risidagi bilimlarini umumlashtirish va mustahkamlashtirish uchun tayyorlanishida kartondan foydalaniladigan buyumlar ro`yxatini birgalikda tuzishni taklif qilish foydali. O`quvchilar sanoat va oziq-ovqat tovarlarini joylashtirish uchun qutilar, kitob muqovalari, jildlar, albomlar, chemodanlar, poyabzal astarlari, o`quv qo`llanmalarini aytadilar.
O’quvchilarga karton va qog’oz bilan ishlashda qaychi bilan qirqish, elimlash, ishlob berishda asbob-uskunalrni ishlatish usullarini, ehtiyotkorlik qilish lozimligini xavfli tomonlarini tushuntirib, texnik xavfsizlik malakalari singdiriladi. Dars jarayonini boshlashdan avval o’qituvchi o’quvchilarga har bir mavzuga oid texnika xavfsizlik qoidalarini aytib o’tadi va o’quvchilarni dars jarayonida kuzatib boradi, ba’zi eslatmalarni eslatib o’tadi:
Ish joyini to’g’ri tashkil qilish;
Foydalanadigan jihozlarni tayyorlab qo’yish;
O’tkir tig’li asboblardan ehtiyotkorona ishlash ;
Qaychini uzatishda o’tkir tomonidan ushlab uzatish;
Yelimdan foydalanib bo’lgandan so’ng, qo’lni sovunlab yuvish;
Ish stolini tozalab qo’yish.
|
| |