• Shoxlar bilan ishlashda kuzatishlar, tajribalar va ko`rsatishlar.
  • III sinfda to`ng`izyong`oqlar bilan ishlashda kuzatishlar, tajribalar va ko`rsatishlar




    Download 10,75 Mb.
    bet71/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    III sinfda to`ng`izyong`oqlar bilan ishlashda kuzatishlar, tajribalar va ko`rsatishlar. Yozda o`quvchilarga to`ng`izyong`oqlar paydo bo`lishi va rivojlanishini kuzatish topshiriladi. Bolaollar bahorda archa va sosna daraxtlarining shoxlari uchida kichik to`ng`izyong`oqchalar paydo bo`lishini aniqlaydilar. Kuzga kelib ular yiriklashib yetiladi. Yetilgan va daraxtdan tushgan to`ng`izyong`oqlar turli o`yinchoqlar yasash uchun ajoyib material bo`lib xizmat qiladi.
    O`quvchilar taxminan bir xil shakl, kattalik va yoshdagi ikkitadan archa va sosna yong`oqlarini tanlab oladilar. Bitta archa yong`og`i va bitta sosna yong`og`ini bir necha marta suyuq duradgorlik yelimiga botirib oladilar va quruq joyga yelimga botirilmagan yong`oqlar bilan olib qo`yadilar. Yong`oqlarni ma‘lum vaqt davomida kuzatib, o`quvchilar yelim bilan qoplanmagan yong`oqlar o`lchami birmuncha kattalashib, g`ovak va «paxmaygan» bo`lib qolganini, yelim bilan qoplangan yong`oqlar esa o`z shakli va kattaligini o`zgartirmaganini aniqlaydilar (7-rasm).


    1. rasm. Sosna va archa to`ng`izyong`og`idan o`yinchoqlar Ko`pincha yong`oq shaklining o`zi va unda tangachalar

    joylashuvi o`quvchilarga undan nima yasash mumkinligini aytib turadi. Kuzatishlar jarayonida o`quvchilar zich tangachali oval yirik archa yong`oqlaridan o`yinchoqlar: tipratikan, pingvin, cho`chqacha, echki, ot yasashda; oval sosna yong`oqlaridan turna bo`ynini yasashda; paxmoq archa yong`oqlaridan – xo`roz bo`ynini yasashda; egilgan archa yong`oqlaridan – mushuk gavdasini yasashda foydalanish yaxshiligini bilib oladilar.
    O`yinchoqlar yasashda to`ng`izyong`oqlarga boshqa tabiiy materiallarni qo`shish mumkin. Masalan, tipratikan panjalari va tumshug`ini, pingvin, xo`roz va turna boshini, cho`chqacha boshi va
    oyoqlarini loydan; chavandoz va ot boshlarini, echki va mushuk boshini yong`oqdan; turna xo`roz, echki va mushuk bo`yni va oyoqlarini shoxchalardan tayyorlash maqsadga muvofiqdir.
    Shoxlar bilan ishlashda kuzatishlar, tajribalar va ko`rsatishlar. III sinfda turli o`yinchoqlarni yasash uchun turli daraxt shoxlaridan foydalanish imkoniyati katta. Diqqat bilan qaralsa, deyarli har bir shoxda biron bir hayvon, odam, ertak qahramonining yashirin belgilarini ko`rish mumkin.
    O`quvchilarga yozda turli daraxtlardan tushgan shoxlarni terish vazifasi beriladi. Turli daraxt shoxlarini diqqat bilan qarab chiqib, o`quvchilar ularning o`ziga xos belgilarini aniqlaydilar. Shoxlarni pichoq bilan kesib ko`rib, ulardan qaysilari eng qattiqligini aniqlaydilar. Oxirigacha qurimagan shoxlarni bukib, ulardan qaysilari eng egiluvchan ekanligini aniqlab oladilar.
    Kuzatishlar, tajribalar, sinashlar natijasida o`quvchilar turli daraxt shoxlarini po`stlog`i, yog`och rangi, barglar shakli va boshqa belgilari bo`yicha aniqlash mumkinligini bilib oladilar. Hamma daraxtlarning quruq shoxlari nam shoxlardan qattiqroq, qurishda shoxlar qattiqlashib, sinuvchan bo`ladi.


    1. rasm. O`yinchoqlar tayyorlashda shoxlarga ishlov berish

    yo`llari
    O`quvchilar shoxlardan po`stloqni ajratish, yo`nish, shoxlardan taxta ustida parcha kesib olishni mashq qiladilar (8-rasm). O`quvchilar
    nam shoxlardan po`stloq osonroq olinishi, yog`ochni tolalar bo`ylab yo`nish osonligiga ishonch hosil qiladilar.
    O`quvchilar amaliy ishlar uchun turli shoxlarni tanlab, ulardan turli figurachalar yasaydilar (9-rasm). Masalan, bolalar butun shoxdan yugurayotgan odamchani eslatuvchi figurachalar kesadilar; turli shakl va qalinlikdagi shoxlardan turna, kiyik figurachalarini hosil qiladilar, yong`oq va patlar qo`shib raqqosa figurachasini yasaydilar.


    1. rasm. Mayda shoxlardan o`yinchoqlar namunasi

    O`quvchilar to`g`ri shoxlarni kuzatish va tajribalar o`tkazib, ular ajoyib qurilish materiali degan xulosaga keladilar. Ulardan o`yinchoq uycha, sol yasash mumkin. Bunda ikkinchi sinf o`quvchilari detallarni mustahkamlashning ratsional usullarini (masalan, loy, plastilin, yelim, iplar va hokazo yodamida) aniqlaydilar.
    Oxirida o`quvchilar nam majnuntol shoxlarini kuzatish va sinab ko`rish ishlarini amalga oshiradilar. Ular nam majnuntol shoxchalari juda egiluvchanligini aniqlaydilar. Ulardan turli o`yinchoqlarni o`rab yasash mumkin.

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III sinfda to`ng`izyong`oqlar bilan ishlashda kuzatishlar, tajribalar va ko`rsatishlar

    Download 10,75 Mb.