|
Narsalar yasashda ishlatiladigan asbob va moslamalar
|
bet | 79/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaNarsalar yasashda ishlatiladigan asbob va moslamalar. Loy bilan ishlaganda asosan oddiy asboblar: pichoq, oddiy konstruktsiyadagi yog'och va metall uchli stekalardan foydalaniladi. Plastilin va mum bilan ishlaganda metall stekalardan foydalaniladi. Ularni qizitish hamda yo'g'on mis, alyumin yoki temir simdan tayyorlash mumkin. Sirkul, sirkul-pantograf, merka, chizg'ich va burchaklar kabi o'lchov asboblari modellarni chizish va o'lchash ishlarida kerak bo'ladi.
Malbert - bu oddiy yog'och taglikni ustaxonada bemalol yasash mumkin. O`lchami 20 x 30 yoki 25 x 25 sm bo'lgan fanera, organik shisha yoki boshqa materiallardan tayyorlangan tagliklardan ham foydalanish mumkin.
Tayyor narsalardagi changlarni yo'qotish, loy parchalarini supurib tashlash, narsani solish va unga narsalar surtish jarayonida har xil mo'yqalamlar kerak bo'ladi. Diametri 2-3 sm va 1,5 sm li mo'yqalamlar bo'lishi maqsadga muvofiqdir.
Sprintsovka loydan yasalgan narsalarga suv purkash va formalash vaqtida loyni yuvib tashlash uchun kerak. Sprintsovka dorixonalarda sotiladi.
Loydan narsalar yasash usullari. Loy va plastilin bilan ishlash o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, bir qator qoidalarga rioya qilishni talab etadi.:
Yumaloqlash - bu bir parcha loydan shar yasash, unga olcha, olma kabilar shaklini berishdir. Bir bo'lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi. Shar yasash, so'ngra uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun kabilarga aylantirish.
Yassilash - sharikdan yassi non yasaladi, qo'lning xolati doimo o'zgarib turadi.
Cho'zish - sharikninig bir qismi cho'ziladi.
Surish (yamash) buyumning ayrim qismlarini o'zaro biriktirish.
Haykaltaroshlik va kulolchilik mashg'ulotlarida plastilin ham keng miqyosda qollaniladi. Lekin u bilan ishlashda ayrim qonun- qoidaga rioya qilishga to'g'ri keladi. Plastilin sovuq bo'lganda ancha qattiqlashib qoladi. Ish boshlashdan oldin esa uni biroz yumshatish kerak bo'ladi. Buning uchun plastilin solingan qutichamashg'ulot boshlanishidan oldinroq issiqlik manbaiga yaqinroq joyga qo'yiladi yoki salgina namlangan qo'lning kaftida tutib turiladi. Natijada plastilin yumshab, ishga tayyor bo'ladi. Plastilinni qo'lda uzoq vaqt tutib turish yaramaydi.
O`zbekistonning iqlimi issiq, jazirama bo’lganligi bois narsalar yasash bo'yicha amaliy mashg'ulotlarni loydan bajarilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki plastilindan yasalgan narsalar issiqda o'z shaklini tez yo'qotadi. Ishni oddiy predmetlar: sabzavot-mevalarni yasashdan boshlash kerak. Tayyor namuna yoki rasm bo'yicha ishlashni taklif etish mumkin. O`quvchilar narsalar yasash usullarini
egallab olganlaridan so'ng o'yinchoqlar, badiiy bezakli dekorativ idishlarni yasashga o'tishlari mumkin.
|
| |