|
Plastik massalar bilan tanishishda kuzatishlar va ko`rsatib berishlar
|
bet | 75/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaPlastik massalar bilan tanishishda kuzatishlar va ko`rsatib berishlar. Ekskursiyalarda, uyda, maktab ustaxonalarida o`quvchilar sinf to`plamlari uchun plastik materiallarni to`play oladilar.
O`qituvchi plastik massalar gazlamadek yumshoq va egiluvchan (kapron), tiqindek yengil (penoplast), po`latdek mustahkam (shisha plastik), toshdek qattiq (tekstolit), billurdek tiniq (orgshisha) bo`lishini aytadi. Zamonaviy plastik massalar uchun toshko`mir, neft, tabiiy gazlardan olinuvchi sintetik smola asos bo`lib xizmat qiladi. Plastik massalar uchun smolalar qozonlarda yuqori bosim ostida qizitiladi. Smolalardan quyish va turli qo`shimchalar bilan presslash yordamida turli mahsulotlar tayyorlanadi.
rasm. Plastik massalar va ulardan mahsulotlar:
1 – plastik massalar; 2 – plastmassadan tipik mahsulotlar; 3 – plastmassaning ba‘zi xossalarini oddiy o`rganish
Quyidagi plastik materiallar keng ma‘lum: xaltachalar, sisternalar, chelaklar, bochkachalar, plyonkalar tayyorlash uchun ketadigan yumshoq, chidamli, yengil material – polietilen (18-rasm), baliq ovlash to`rlari, tasmalar, tiqinlar tayyorlashga ketuvchi elastik va mustahkam material kapron, mashina detallarini tayyorlashga ketuvchi mustahkam material – tekstolit (smola shimdirilgan mato); plita yuzlari, gramplastinkalar, o`yinchoqlar va boshqa mahsulotlarni tayyorlash uchun ketuvchi yengil elastik material – polixlorvinil.
Uchinchi sinf o`quvchilari plastik massalarning ba‘zi xususiyatlari bilan tanishadilar. Har bir partaga navbatchilar karton, polietilen, tekstolit, kapron va polixlorvinilning 0,3-0,5 mm qalinlikdagi parchalarni tarqatadilar. Namunalardan qaychi bilan
yo`llar kesib olib, o`quvchilar karton, polietilen, polixlorvinil oson kesilishi, tekstolit esa kesilmasligini aniqlaydilar.
Namunalarni yirtishga harakat qilib, bolalar karton yirtilishi, polietilen, kapron, tekstolit, polixlorvinilni yirtib bo`lmaydi – ular juda mustahkam material degan xulosada keladilar.
Namunalarni bukib, o`quvchilar karton oson bukilib, bukilgan holda qolishi, polietilen, kapron, polixlorvinil bukilib, darhol tekislanishi, tekstolit bukilishda sinishini aniqlaydilar.
Turli xil materiallari bilan ashlash jarayonida o’quvchilarga igna, qaychi, elimni ishlatish usullarini, ehtietkorlik qilish lozimligi va ularni xavfli tomonlarini tushuntirib, kerakli ko’rsatmalar berilishi zarur.
Gerbariy ramkalarida quritilgan o‘simliklarning ko‘pchiligi o‘zining tabiiy rangini saqlab qoladi. Bunda o‘simlik yumshoq kogoz yoki gazeta orasiga solib qo‘yiladi. Har bir varaq qog‘oz va o‘simlik o‘rtasiga yana bir necha qavat qog‘oz yoki gazeta qo‘yiladi, chunki quritilayotgan o‘simlik o‘zidan namlik chiqaradi. Shundan so‘ng papka ikkita to‘rsimon rama o‘rtasiga qo‘yilib, ochiq havoga qo‘yiladi. Agarda havo harorati kechqurun va kechasi juda pasayadigan bo‘lsa, quritilayotgan o‘simlik issiq va quruq joyga Tabiiy materiallar bilan ishlashga oid ish joyini tashkil etish talablari. O’simliklarning gullari, barglari, poyasi va shu kabilarni to‘plash maqsadida ekskursiyaga chiqilganda bir juft gazeta, qaychi bo‘lishi shart, Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib bilan joylanadi. Gullarni qo‘l bilan sindirib olib bo‘lmaydi, aks holda poyasi zararlanishi mumkin.Quritib olishga mo‘ljallangan o‘simliklar har qanday namlik (yomg‘ir yoki shudring)dan xoli bo‘lishi kerak, aks holda o‘simlik quritilganda unda dog‘larning izi qoladi. Quritilayotgan o‘simliklarda tabiiy rangni asrab qolishning eng muhim sharti ularni shamol o‘tib turadigan joyda, elvizakda, quyosh nurida tez kuritib olishdir. O’simliklarni quritish 3 sutkadan ortiq davom etmasligi kerak. Turli o‘simliklarni to‘plashni o‘z muddatlari bor.Gerbariy olib kiriladi.
Murakkab gullilar quritilganda to‘pgullilar poyasidan ajratilib pastgacha joylashtiriladi, so‘ngra uning ustiga paxtani aylana qilib qo‘yiladi, bunda faqat barglar usti yopilib, gulning o‘rtasi ochiq qoldiriladi.Yirik to‘pgulli o‘simliklarning gulini quritish murakkab tayyorgarlikni talab qilganligi uchun ham kuyi sinflar o‘quvchilari
ularni quritish bilan shug‘ullanmaydilar. O’simliklarni gerbariylar va applikatsiya ishlari uchun quritishda ishlov berish hamda tayyorlash usullari M. P. Berimchgauzenning «O’simliklarni tabiiy rangini saqlagan holda quritish», 3. A. Mamatovaning «O’simliklarning tabiiy rangi va shaklini saqlagan holda gerbariy qilish» kitoblarida yaxshi bayon etilgan. Pressda kuritish. Orasiga o‘simlik solingan qog‘ozlar gerbariy papkasi o‘rniga ikkita faner listlari o‘rtasiga joylanib, og‘ir narsa bostirib qo‘yiladi. Og‘irlik pressga qancha o‘simlik joylashtirilganiga bog‘liq bo‘ladi. Mayda nozik o‘simliklar kam og‘irlikni va kuritish uchun kamroq vaqtni talab qiladi. 2—3 soatdan so‘ng qog‘oz prokladka almashtiriladi. Quritish shu usulda davom ettiriladi. Issiq dazmol bilan odatda barglar, poyalar, maysalar quritiladi. Qavat-qavat gazeta yoki yumshoq qog‘oz orasida o‘simlikni qo‘yib, ustidan dazmol yurgiziladi. So‘ngra ustki qavatdagi gazetani olib, quritilayotgan narsani shamollatiladi va quruq joyga suriladi, so‘ngra gazetani yopib yana dazmollanadi. O’simlik 2—3 minutda quriyda va u o‘zining tabiiy rangini yo‘qotmaydi. Agarda quritilgan narsa ko‘tarilganda o‘z tanasini ushlab tursa, u yaxigi quritilgan hisoblanadi, agarda u sinib, maydalanib ketsa, demak, u ortiqcha quritib yuborilgan hisoblanadi. Quritilgan o‘simliklar, ayniqsa gullar gigroskopik bo‘lib, nam tekkanda ular tezda ildiz otadi, shuning uchun foydalanishga qadar ularni quritilgan joylarida, varaqlar orasida, yopiq papka, quti, shkaflarda saqlagan ma’qul. Bunda ular pechka va shu kabi isitish asboblaridan uzoqroqda bo‘lishi kerak, aks holda ular ortiqcha qurib, sinuvchan bo‘lib qoladi. Zarang, jo‘ka, shumtolning urug‘larini kuzda urug‘lar pishib daraxtdan to‘kilganda teriladi. Biroq bu ishni kech kuzga qoldirib bo‘lmaydi, aks holda ular ortiqcha qurib sinuvchan bo‘lib qoladi. To‘plangan urug‘lar qutichalarda quruq, ammo issiqlik manbalaridan uzoqroq joyda saqlanadi.
|
| |