|
O`quvchilarni sopol bilan tanishtirishda kuzatishlar
|
bet | 74/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaO`quvchilarni sopol bilan tanishtirishda kuzatishlar. IV sinf o`quvchilari texnologiya darslari da o`zlarining amaliy mashg`ulotlar va ishlab chiqarishga ekskursiyalar vaqtida olingan loy to`g`risidagi bilimlarini tizimga soladilar. Kuydirilgan loydan buyumlar keng tarqalgan. Sanoat sopol buyumlari, qizil qurimcha g`ishti, cherepitsa, chinni buyumlarni ko`rsatib, o`qituvchi ularning ishlab chiqarilishi to`g`risida hikoya qiladi (35-rasm).
rasm. Xalq ustalarining sopol va chinnidan yasagan buyumlari:
1 – skopin sopoli (Ryazan viloyati); 2 – dmitrov chinnisi (Moskva viloyati)
Loydan tayyorlangan, yuqori harorat ostida kuydirilgan buyumlar sopol deb ataladi. Sopol tayyorlash bir necha bosqichni o`z ichiga oladi. Avval loydan xamir tayyorlanadi, keyin undan buyum shakli yasalib, bir hafta atrofida quritiladi, shundan keyin u kuydiriladi. Kuydirishda loy pishadi, undan suv yo`qotiladi va ba‘zi aralashmalar kuydiriladi. Kuydirishdan keyin qizdirilgan loy asta-sekin soviydi. Quritish va kuydirishni tezlatish uchun loyga sopol uvoqlari, pemza, yog`och poxollari qo`shiladi.
Sopolni ishlov berish, ayniqsa badiiy-dekorativ ahamiyatga ega buyumlarni ishlov berish muhim operatsiya hisoblanadi. Buyumning o`ng yuzasiga ko`pincha relef solinadi. Ba‘zan pardoz uchun maxsus bo`yoqlar qo`shilgan bo`yalgan loydan foydalaniladi. Rangli pardozlash kuydirishdan oldin bajariladi. Rasm solingan buyumlar yuqoriroq haroratda yana kuydiriladi. Bunda rangli pardoz yanada yaqqolroq tus olib, buyum yuzasi silliq, shishasimon bo`ladi. Qadimgi Samarqand sopollari juda mashhur.
Chinni buyumlar namunalarini ko`rsatib, o`qituvchi ularni sopolning boshqa turlaridan quyidagi belgilar bo`yicha farqlash mumkinligini aytib o`tadi: chinni yupqaroq va yaqqolroq bezakda bo`ladi, chinni idish devorlari yupqaroq bo`lib, yorug`likka tutilsa, sal ko`rinib turadi, yengil urishda chinni nozikroq, baland va uzoqroq jaranglaydi.
Qurilish materiallari bilan o`quvchilarni tanishtirish darslarini tashkil qilish. Qurilish maydonchasiga ekskursiya oldidan o`quvchilarga yashash binosining asosiy qismlarini qarab chiqish va qurilish materiallarining namunalarini: beton bo`laklari, qizil va oq g`isht bo`laklari, gudron, shifer, yog`och, yupqa metall, sement, gips (alebastr) bo`laklarini yig`ishni topshiradi.
Ekskursiyadan keyin o`quvchilar o`zlarining qurilish va qurilish materiallari to`g`risidagi bilimlarini tizimlashtiradilar.
O`qituvchi bino rasmini diqqat bilan ko`rib chiqib (16.1-rasm), uning qismlarini aytishni taklif qiladi. Uchinchi sinf o`quvchilari bino poydevor, devorlar, tom, deraza, eshiklar, tutun o`tuvchi va shamollatish quvurlaridan iborat ekanligini aytadilar. O`quvchilar binoning alohida qismlari qaysi materiallardan qilinishini aytib o`tadilar: tutun o`tish quvurlari - g`ishtdan, devorlar - g`isht va temirbeton plitalardan, poydevor – temirbeton bloklardan, pol va
derazalar – yog`ochdan, tom – yog`och, yupqa temir, shifer, tol - qora smola shimdirilgan kartondan; tashqi eshiklar – DSP dan, ichki eshiklar – DVP dan qilinadi.
rasm. Yashash binosi arxitekturasi va qurilishi bilan tanishish: 1 – binoning asosiy qismlari; 2 - qurilish materiallariga suvning
ta‘sirini aniqlash tajribalari; 3 – material yonuvchanligini tekshirish; 4
Bino va uning qismlari bilan tanishgandan keyin uchinchi sinf o`quvchilari ekskursiyada to`plangan qurilish materiallari namunalarini diqqat bilan qarab chiqish, bu materiallar rangini, ularning qattiqligini aniqlash vazifasini olishadi. O`quvchilar beton va shifer kul rang, g`isht - qizil va oq, gudron - qora rangdaligini aniqlashadi. Bu materiallarning hammasi qattiq.
Ko`rsatish tajribalari jarayonida o`qituvchi bolalarni bu materiallarning suv va olovga munosabati bilan tanishtiradi. O`qituvchi navbat bilan beton, g`isht, shifer va gudron bo`laklarini suvli stakan ichiga solib oladi, o`quvchilar ularni qarab chiqadi. Bolalar bu materiallar suvda cho`kishi va ho`llanmasligini qayd etadilar (16.2-rasm). Qurilish materiallarini alanga ustida qizitish jarayonida o`quvchilar beton, g`isht va shifer qattiqligicha qolishi, gudron esa yumshashini aniqlaydilar (16.3-rasm).
Zamonaviy qurilish materiallarining asosiy xususiyatlari – mustahkamlik, namga chidamlilik va olovga qarshilik. Bunday materiallardan qurilgan binolar uzoq saqlanadi. Ular yomg`ir va olovdan qo`rqmaydi.
O`qituvchi o`quvchilarga beton va g`isht parchalarini yana bir marta qarab chiqishni taklif qiladi. U bu materiallar zamonaviy binolarni qurishda asosiy ekanligini aytadi. Qizil g`isht loydan, oq silikat g`isht – sof kvarts qumiga (92-95 %) ohak qo`shib (5-8 %) tayyorlanadi. Beton qum, sement, suv aralashmasidan olinadi. Beton qisilishda yuklanishga yaxshi chidaydi, lekin cho`zilishdagi yuklanishni yaxshi ko`tarmaydi. Undan detallar cho`zilishda sinmasligi uchun avval metall xivichlardan to`r yasalib, keyin uning ustiga beton quyiladi. Beton quyilgan metall to`rlardan tayyorlangan detallar temirbeton deb ataladi. Yirik temirbeton bloklardan uylar qurish g`ishtdan ko`ra tezroq amalga oshiriladi. Hozir temirbeton zavodlarida plitalar bilan birga butun xonalar, ba‘zan esa butun xonadonlar tayyorlanmoqda. Tayyor xonalar yoki xonadonlarni qudratli avtomashinalarda qurilishga tashib kelib, katta kranlar bilan ko`tarib, joyiga o`rnatiladi. Bir hafta ichida bunday bloklardan quruvchilar beshqavatli uy yig`a oladilar.
Ekskursiya vaqtida o`quvchilar qurilishda yog`och keng qo`llanishini kuzatganlar. Yog`ochdan romlar, deraza va eshiklar, pollar qilinadi. Katta yuzalarni qoplashda yog`ochdan foydalanish maqsadga muvofiq emas. Ularning o`rniga DSP va DVP dan foydalaniladi. DSP tayyorlash uchun yog`och qirindilari, DVP tayyorlash uchun tolalari maydalanib ishlatiladi. Ular smolalar bilan aralashtirilib, press yuzasiga muayyan qalinlikda eyiladi va qizitilgan holatda katta bosim ostida qisiladi. Shunday tarzda bir necha kvadrat metr kattalikdagi tekis plitalar hosil qilinadi. DSP qalinligi odatda 10- 12 mm, DVP esa 3-5 mm bo`ladi.
Uchinchi sinf o`quvchilari DSP va DVP bo`laklarini diqqat bilan ko`rib chiqib, ular yuzasi silliq ekanligini aniqlaydilar; DSP ning yuzasida mayda qirindilar, DVP da esa tolalar ko`rinib turadi. DVP ning teskari yuzasi odatda unchalik silliq bo`lmaydi.
rasm. Qurilish materiallari mustahkamligi va egiluvchanligini sinash
O`qituvchi yog`och materiallarining tarangligi va mustahkamligini ko`rsatuvchi tajribani ko`rsatadi (17-rasm). U yog`och DSP va DVP dan kesib olingan 150x20x3 mm o`lchamli bo`laklarni navbat bilan olib egadi. O`quvchilar yog`och bo`lagi bir tekis egilishi, DSP bo`lagi sinishi, DVP bo`lagi esa bukilib qolishini kuzatadilar. Tajriba asosida o`quvchilar eng tarang va mustahkam material bu yog`ochligi, ikkinchi o`rinda DVP turishi, eng nozik va mustahkam bo`lmagani DSP ekanligi haqida xulosa chiqaradilar.
|
| |