|
Turli vazifali iplar sifat xususiyatlarini taqqoslash malakalari
|
bet | 82/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaTurli vazifali iplar sifat xususiyatlarini taqqoslash malakalari o’quvchilarda shakllantirilishi kerak. II sinf texnologiya darslarida o`quvchilar gazlama iplardan tashqari hayvondan olinuvchi tolalardan tayyorlangan iplarning, tabiiy ipak va junning sifat xususiyatlarini o’rganishlari lozim. Buning uchun oddiy ko’rinishga ega bo’lgan amaliy ishlardan foydalanish mumkin. O`quvchilarga bu iplar ip- gazlama iplar bilan nimasi bilan o`xshash va nimasi bilan farqlanishini aniqlashga oid topshiriq beriladi. Bu topshiriq natijasida bolalar o`zlariga ma‘lum bo`lgan ip turlarini tola tuzilishi xususiyatlari, qatlar soni, mustahkamligi, yumshoqligi, qalinligini, etiketkalarini taqqoslaydilar, keyingilaridan iplarning aniq amaliy ishlarni bajarish uchun yaroqliligini aniqlashda foydalanishga o`rganadilar.
Turli vazifali iplar sifat xususiyatlarini taqqoslash malakalarining o’quvchilarda shakllanganlik darajasini bilish uchun tirish ularga quyidagi savollar bearish mumkin: Nima uchun paypoqlarni oddiy ip- gazlama tikuvchilik iplari bilan yamash mumkin emas? (Ular ko`proq eshilib, yelimlangan, shuning uchun ko`proq qattiqroq. Ular bilan yamoqlangan paypoq joyi oyoqni qavartiradi. Yamoqlash ipi
yumshoq, g`ovak, elastik. Ularning mos rangini tanlash osonroq. Ular bilan yamoqlangan joy yaxshiroq ko`rinishga ega). Nima uchun tugmalarni yamoq qo`yish iplari yoki muline iplar bilan emas, tikuvchilik iplari bilan qadashadi? (Tikuvchilik iplari mustahkamroq). Nima uchun qo`lqoplar jun iplardan to`qiladi? (Ulardan to`qilgan qo`lqop va paypoqlar issiqroq). Qalinligi bir xil, lekin turli narsalardan olingan yoki turli vazifalardagi ikki ipning uzilishga mustahkamligini, masalan ip-gazlama va jun yoki kashtachilik va tikuvchilik iplarini, qanday oddiygina taqqoslash mumkin? (Bu ip bo`laklarini bog`lab, turli tomonga tortish mumkin. Mustahkamligi past ip uziladi).
Tabiiy ipak va tabiiy jundan tayyorlangan gazlama va iplar to`plamini tuzish va bezash ishlari ham muhim bo’lib o’qituvchi o’quvchilarga turli (shu jumladan ipak va jun) iplar va gazlamalarni farqlash va to`g`ri ayta olishga o`rgatishi kerak. Buning uchun o`qituvchi o’quvchilarga to`plamlarini nomlash va har bir namuna ostiga uning nomini yozishni topshiradi. O`quvchilarga iplar namunasi yoniga mos etiketkalarni yopishtirishni taklif etish foydali, bu etiketkalarni bolalar ip g`altaklari, o`ramlaridan ehtiyotkorona olishadi. O`quvchilariga uyda kattalar yordamida tabiiy jun va tabiiy ipak tolalardan tayyorlangan mato bo`laklarini topish vazifasini berish lozim.
|
| |