|
Turli tolalardan tayyorlangan iplar mustahkamligini taqqoslashni
|
bet | 84/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaTurli tolalardan tayyorlangan iplar mustahkamligini taqqoslashni bilish muhim hisoblanadi. IV sinfga kelib o`quvchilarda iplar, ular tayyorlanuvchi tolali materiallar, ularning assortimenti va qo`llanish sohasi to`g`risida bilimlar to`planadi. Bolalar to`plagan bilimlarni umumlashtirishga texnologiya darslari da tolali materiallar,
iplar mustahkamligini o`rganish bo`yicha qator kuzatishlar va tajribalar yordam beradi.
O’qituvchi tolali materiallar, ularning kelib chiqishi, muhim xususiyatlari, tasnifi, ulardan turmush va texnikada foydalanish to`g`risida qisqa suhbat qilishi o’quvchilar ushun foydali bo’ladi. Shundan keyin o`quvchilarga tarqatma material sifatida bir bo`lak paxta, yamash ipi va bir bo`lak ip-gazlama tikuv ipi №10 tarqatiladi. O`qituvchi taklifiga ko`ra o`quvchilar bu materiallarni diqqat bilan ko`rib chiqadilar va ularning hammasi tolalardan iboratligini qayd etadilar. Paxtada tolalar tartibsiz chirmashgani, yamash ipida bir-biri bilan eshilgani, tikuv ipida ham tolalar eshilgani, biroq eshilish yamash ipidan ko`ra zichroq ekanligini bolalar birgalikda aniqlaydilar. Bolalar tikuv iplari sirti sal yaltirashi va ularda alohida tolalarning uchlari ko`rinmasligi, bu tolalar yelimlangandek ekanligini qayd etadilar.
O`quvchilar paxta bo`lagi va ip uchlaridan bir necha tolalani tortib oladilar va diqqat bilan o`rganadilar, ko`rib chiqadilar, uzunligini aniqlaydilar, uzilishga chidamliligini sinaydilar, rangi, yaltirashi va boshqa xususiyatlarini taqqoslaydilar. O`quvchilar bir bo`lak paxtani olib, uning qarama-qarshi tomonlaridan turli tomonga tortib ko’radilar va tolalar osongina bir-biridan ajralishi, ularda bog`lanish ahamiyatsiz ekanligiga ishonch hosil qiladilar. O`quvchilar xuddi shunday paxta bo`lagidan uni turli tomonga cho`zib, kichik qo`lbola ip eshadilar va uni uzishga harakat qiladilar. Buni qilish qiyinroq ekanligi va bir-biriga eshilish bilan bosilgan tolalar sirpanmasligi hamda birgalikda uzilishga to`sqinlik qilshini anglaydilar. O`quvchilar yamash va tikish ipi bilan ham xuddi shunday uzilishga sinashni bajaradilar. Bu materiallarning uzilishga qarshiligi yana ham ko`proq ekanligiga ishonch hosil qiladilar..
Keyingi texnologiya darslarining birida ip-gazlama iplarning sifat xususiyatlarini o`rganishni davom ettirish va keyingi amaliy ishlarda ahamiyatga ega bo`lgan jiddiyroq umumlashtirishlar va xulosalar chiqarish foydali. O`qituvchi bolalarga bir xil qalinlikdagi fabrikada ishlab chiqarilgan tikuv ipi yamash ipidan mustahkamroqligi, keyingisi esa, o`z navbatida, paxtadan eshilgan qo`lbola ipdan mustahkamroq ekanligini tushuntirish maqsadida tajriba ko’rsatadi: Buning uchun kichik karton qutichani avval paxtadan qilingan
qo`lbola ipga osamiz. Qutichaga asta-sekin qum yoki kichik toshchalar solinsa, ip ko`tarolmay, uziladi. Yuk og`irligini o`zgartirmay, shu qutichaning o`zini boshqa ip – yamash ipi uchun ipga osamiz. Bu ip qo`lbola ipdan mustahkamroq bo`lib, yukni ko`taradi. Yamash ipi uzilmaguncha qutiga qum yoki toshchalar solaveramiz. Xuddi shu ishni tikish ipi bilan takrorlaymiz. U yana ham mustahkamroq ekanligi aniqlanadi.
Iplar «kuchi yetmagan» yuklar og`irligini solishtirib korish uchun tajriba o’tkaziladi: o`quvchilar qo`lbola ip, yamash uchun ip, tikish ipining teng uzunlik va bir xil qalinlikdagi bo`laklarini ketma-ket bog`laydilar. Keyin hosil bo`lgan ipning uchlaridan turli tomonga tortishadi. Uzilish qo`lbola ip joyida ro`y beradi: uning mustahkamligi eng kam. O`quvchilar qolgan ipni xuddi shu tarzda tortadilar. endi yamash ipi uziladi. Xulosa bitta: yamash ipining mustahkamligi tikish ipidan kamroq ekanligiga ishonch hosil boladi. (Bu tajribalar 4- rasmda ko`rsatilgan.)
rasm. Bir xil qalinlikdagi ip-gazlama iplarning uzilishga
mustahkamligini taqqoslash uchun tajribalar
Oxirgi tajriba xulosalarining o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilishini tekshirish uchun o`qituvchi ularga shunday savol berishi mumkin: oxigi tajribadagidek uch-to`rt bo`lak turli qalinlikdagi iplarni (masalan, №10, 30 va 50) bog`lab, turli tomonlarga tortilsa, avval eng yupqa ip – elliginchi, keyin o`ttizinchi va hokazo uziladi. Bu ushbu iplar mustahkamligi turlicha ekanligini
anglatadimi? (yo`q, albatta. Uzilishga mustahkamlikni tekshirish uchun bir xil raqamli iplarni tanlash kerak).
|
| |