Gazlamaning o`ng va teskari tomonlarini aniqlash




Download 10,75 Mb.
bet86/95
Sana29.11.2023
Hajmi10,75 Mb.
#107282
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95
Bog'liq
o\'quv qo\'llanma

Gazlamaning o`ng va teskari tomonlarini aniqlash. II va III sinf o`quvchilari texnologiya darslari dagi tikish ishlarini bajarishda turli sifat xususiyatlariga ega bo`lgan gazlamalar bilan ishlaydilar. Bu xususiyatlarni farqlashni ular asta-sekin, kerakli bilimlarni to`plab borib o`rganadilar. Masalan, o`quvchilar o`zlari ishlatadigan gazlamalarning o`ng va teskari tomonlarini aniqlash uchun zarur ma‘lumotlarni darrov o`zlashtira olmaydilar. O`qituvchi boshida gazlamaning qaysi tomoni o`ng yuza ekanligini ko`rsatib beradi. Ba‘zi hollarda buni aniqlash oson, masalan, bosma rasmli yoki patli (chit, flanel) gazlamalar bilan ishlashda.
III sinfga kelib o`quvchilarda texnologiya darslari va sinfdan tashqari ishlarda keng ishlatiluvchi gazlamalarning o`ng va teskari yuzalarini mustaqil aniqlashni o`rganish va tizimlashtirish uchun yetarlicha bilim va amaliy tajriba to`planadi. Bu maqsadda o`quvchilar gazlamalarning o`ng va teskari yuzalarini aniqlashning ratsional tartib va usullarini o`zlashtirishlari uchun avval ba‘zi gazlama namunalarini ko`rsatish foydali. Keyin esa gazlamaning o`ng va teskarisini aniqlash maqsadida namunalarni o`rganish bo`yicha ish amalga oshiriladi.
O`quvchilar o`qituvchi topshirig`i bilan va uning rahbarligi ostida tolalar turi, vazifasi va pardozi bo`yicha farq qiluvchi gazlama parchalarini tanlaydilar. Gazlamalarni o`rganish va ularning o`ng va teskari tomonini aniqlash bo`yicha keyingi birgalikdagi ish qulayligi uchun o`quvchilar hamma namunalarni bir tartibda joylashtiradilar: ip-gazlama (chit, bumazeya), zig`ir tolali (polotno), jun (movut, yaxshisi patli), ipak (tabiiy ipak) va sintetik gazlama.
Bu ish bajarilib, birgalikda tekshirilgach, o`qituvchi yangi topshiriq beradi: tanlab olingan namunalarda gazlamaning o`ng va teskari tomonini aniqlash va uni asoslab berish. Namunalarning o`ng va teskari tomonlari tashqi ko`rinishini taqqoslashning natijalarini birgalikda muhokama qilishdan so`ng o`quvchilar xulosalar chiqarishadi:




    1. rasm. Gazlamaning o`ng va teskari yuzalarini aniqlash:

1 – rasmli gazlama (bosma); 2 – silliq gazlama (bir xil rangdagi)

  1. gazlama o`ng yuzasi odatda ancha sof va silliq yuzaga ega, unda teskari yuzaga nisbatan tukchalar va tugunchalar kamroq;

  2. rasmli gazlamalarda, masalan, chitda, o`ng yuzadagi rasm ancha ochiq va aniq bo`ladi (6.1-rasm);

  3. yaltiroq yuzali gazlamalarda (atlas, satin) o`ng tomoni yaltiroq, teskari tomoni – xira bo`ladi;

  4. to`quv rasmi (tanda va arqoq iplari o`ralishi rasmi) gazlamaning o`ng yuzasida osonroq farqlanadi (6.2-rasm);

  5. patli gazlamalarda (bumazeya, baxmal) o`ng yuza patlari uzunroq;

  6. gazlama milki o`ng yuzada sofroq, tekisroq bo`ladi.

Kuzatishlarini xulosalab o`quvchilar gazlamalar o`ng va teskari yuzalarini farqlay olish zarur bo`lgan hollarni eslab misollar keltiradilar.

Download 10,75 Mb.
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   95




Download 10,75 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gazlamaning o`ng va teskari tomonlarini aniqlash

Download 10,75 Mb.