• Texnologiya darslarida turli gazlamalarda iplar o`ralishi ham o’rganishi nazarda tutilgan.
  • O’quvchilar gazlamalarda tanda va arqoq iplari xususiyatlarini o`rganishda
  • Turli tolalardan tayyorlangan gazlamalarni ko`rib chiqish




    Download 10,75 Mb.
    bet85/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Turli tolalardan tayyorlangan gazlamalarni ko`rib chiqish.


    Ma’lumki, uchnchi sinf o`quvchilari uchun gazlamalarning ko`pchilik muhim xususiyatlarini aniqlash qiyinchilik tug`dirmaydi. Har bir namunani ko`rib, ushlab ko`rib, ular gazlama qalinligi va rangini uning pardozi xususiyatlarini, cho`ziluvchanligi, zichligi, mayda nuqsonlar borligi va hokazo aniqlaydilar. Olingan ma‘lumotlar va namunalarning sifat xususiyatlarini taqqoslash o`quvchilarga o`rganilayotgan gazlama qanday toladan tayyorlanganini, taxminan bo`lsa ham, aniqlashga yordam beradi. Keyinroq bajariluvchi qo`shimcha o`rganishlar natijasida uchinchi sinf o`quvchilari bu masalani aniqroq hal etadilar.
    To`rtinchi sinf o`quvchilariga tola turiga ko`ra gazlamalarning bo`linishini eslatish maqsadida o`tkazilgan qisqa suhbatdan keyin o`qituvchi o`quvchilarga sun`iy va sintetik tolalardan qilingan bir necha gazlama namunalarini tanlashni taklif qiladi. Bunda o`quvchilar sun`iy tolalar (viskoza) sellyulozadan, asosan yog`och sellyulozasidan, sintetik tolalar esa (kapron, lavsan, nitron va boshqalar) sun`iy smolalar eritmalaridan olinishini bilib oladilar. Sinf devoriy to`plamining ko`rsatilishi bu materialni qiziqarli yetkazib berish, o`quvchilarga sintetik tolalarning ajoyib xususiyatlari va olimlarning bunday tolalar hamda ular asosida gazlamalar yaratishdagi roli to`g`risida gapirib berishga yordam beradi.
    O`quvchilar sun`iy va sintetik tolalardan gazlama namunalarini to`plab, ular bilan o`z gazlama va iplar to`plamlarini to`ldiradilar. Ular turli tolalardan – o`simlik, hayvonlardan olingan, sun`iy va sintetik tolalardan tayyorlangan gazlamalarni ko`rib chiqib, gazlamalarning tashqi ko`rinishi, ularning qalinligi, yuza silliqligi, namlanishdagi holatini qayd etadilar. Ayni vaqtda bu tolalardan qilingan iplarni ham ko`rib chiqish foydali. Aniqlovchi sifatida gazlama va iplar to`plamidan foydalanib gazlama namunalarini aniqlash usullarini birgalikda belgilaydilar.
    Texnologiya darslarida turli gazlamalarda iplar o`ralishi ham o’rganishi nazarda tutilgan. II sinfda o`quvchilar tanda va arqoq iplarining eng oddiy polotno o`ralishli gazlamalar bilan tanishib,
    bunday o`ralishning o`ziga xos maketini ular rangli qog`oz yo`llardan gilamcha «to`qiganda» tayyorlashgan.

    1. sinfda esa gazlamalarda iplarning oddiy o`ralishni o`rganish davom etadi: polotno o`ralishga sarja, keyin esa satin (atlas) o`ralishlar qo`shiladi. O`quvchilar bu o`ralishlardagi tanda va arqoq iplari joylashuvi sxemasini yaxshiroq o`zlashtirib olishi uchun ko`rgazma materiali sifatida rangli qog`oz yo`llardan gilamchalardan foydalanish yaxshi.

    Sarja va satin o`ralishlarni bajarish usullarini ko`rsatish uchun kichik to`quvchilik romchasi – tanda iplari parallel tortilgan yog`och ramchadan foydalanish mumkin. Moki rolini katta igna bajaradi. Tanda va arqoq iplari, qalin va kontrast rangda tanlanadi (5-rasm).



      1. rasm. Gazlamlarda arqoq va tanda iplar o`ralishi: 1 – sarja; 2 – satin

    Gazlama bo`laklarini tanda va arqoq iplari bo`ylab aniq kesish hamda tanda va arqoq chekka iplarini katta igna yoki bigiz bilan ajratish maqsadga muvofiq. Gazlamalarda iplar o`ralishini ko`rib chiqishda uchinchi sinf o`quvchilarini lupalar bilan ta‘minlash foydali. O’quvchilar gazlamalarda tanda va arqoq iplari xususiyatlarini o`rganishda, avvalo, gazlamalar nimadan va qanday tayyorlanishini bilish, biron-bir narsa tayyorlash kerak bo`lgan gazlamaning asosiy xususiyatlari va sifatini, gazlamada bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlay olish muhim. Buyumlar va alohida detallarni konstruktsiyalashtirish va tayyorlashda gazlamalardan to`g`ri foydalanishlari uchun o`quvchilar eng muhim, ko`p tarqalgan
    va ishlov berish oson gazlamalar bilan tanishishlari kerak.
    Gazlamalar tayyorlashda tanda va arqoq o`ralishlari to`g`risidagi oldingi bilimlarini o`quvchilar eslashlari uchun ularga to`quvchilik romchasi va unda eng oddiy o`ralishlar bilan qo`lbola gazlamaning tayyorlanishi jarayonini ko`rsatish foydali.
    Texnologiya darslarida kartondan oddiygina to`quvchilik romchasini tayyorlab, ochiq kontrast rangli qalin iplardan foydalanib polotno o`ralishli gazlamaning kichik bo`lagini to`qish maqsadga muvofiqdir.
    Gazlama bilan keyingi ishlash uchun uchinchi sinf o`quvchilariga o`zlari ishlatadigan gazlamalarda bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishlarni aniqlashni o`rganib olish zarur.
    O`qituvchi ikkala milklari bo`lgan katta gazlama bo`lagini ko`rsatadi. Bu bo`lakda bo`ylama va ko`ndalang iplar qanday joylashishini ko`rsatib beradi: birinchilari – bo`lak bo`ylab, ya‘ni gazlama milklariga parallel, ikkinchilari – ko`ndalang, ya‘ni milkdan milkkacha o`tgan. Bu yo`nalishlarni gazlamaning kichik bo`lagida ham, u bo`ylama yo`nalishni ko`rsatib beruvchi milk bilan birga kesib olingan bo`lsa, aniqlash oson.
    Milk bo`lmagan kichik gazlama bo`lagi bilan ishlashga to`g`ri kelsachi? Bu holda tanda va arqoq iplari yo`nalishini qanday aniqlash kerak? O`qituvchi o`quvchilardan stollari ustida yotgan gazlama bo`laklarini diqqat bilan qarab chiqishni so`raydi. Bularning qaysi birida milkli gazlama bo`laklari bo`lsa, ularga oddiy o`rganish taklif etiladi – gazlamani avval milkka parallel yo`nalishda, keyin esa – ko`ndalang yo`nalishda tortish. O`quvchilar tanda iplari yo`nalishida gazlama arqoq iplari yo`nalishidagiga qaraganda kamroq cho`zilishini qayd etadilar. Xulosa chiqariladi: gazlamani ikki asosiy – bo`ylama va ko`ndalang yo`nalishda cho`zilishi bo`yicha unda tanda va aqoq iplari qanday joylashganini aniqlash mumkin. Bu xulosadan foydalanib o`quvchilar o`z gazlama bo`laklarida tanda iplari joylashuvini aniqlab, ularning yo`nalishini qabul qilingan shartli belgi – uchlarida strelkali to`g`ri chiziq kesmasi bilan belgilaydilar.
    O`qituvchi taklifi bo`yicha o`quvchilar igna yordamida o`z bo`laklari chetlaridan bo`ylama va ko`ndalang iplarni tortib chiqaradilar, ularning tashqi ko`rinishi va cho`zilishga qarshiligini taqqoslaydilar. Birgalikda xulosa chiqariladi: bo`ylama iplar (tanda iplari) ko`ndalang iplarga qaraganda deyarli cho`zilmaydi va ancha
    mustahkamroq. Ular ko`proq eshilgan bo`lib, yuzasi arqoq ipidek unchalik paxmoq emas, ancha silliq bo`ladi.

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Turli tolalardan tayyorlangan gazlamalarni ko`rib chiqish

    Download 10,75 Mb.