Iplar tasnifi bilan tanishish




Download 10,75 Mb.
bet83/95
Sana29.11.2023
Hajmi10,75 Mb.
#107282
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95
Bog'liq
o\'quv qo\'llanma

Iplar tasnifi bilan tanishish. II va III sinflarda texnologiya darslari da o`quvchilar to`qimachilik materiallari – tolalar, ularning muhim xususiyatlari to`g`risida asta-sekin bilimlar to`playdilar. Joriy amaliy ish uchun zarur bilimlar uchun o`quvchilarni qurollantirish maqsadida ko`rsatishlar, kuzatishlar va oddiy tajribalar qatori o`tkaziladi. IV sinfda o`quvchilarda iplar tasnifi, ularning ishlab chiqarilishi, muhim xususiyatlari, mehnatda qo`llanishi to`g`risidagi mavjud bilimlarni umumlashtirish, tizimga solish maqsadida suhbatlar, ko`rsatishlar, kuzatishlar va tajribalar o`tkazish foydali.
Sinf o`quvchilari iplar to`plami, o`quv to`plamlarini diqqat bilan qarab chiqib, hamda ish stollarida bo`lgan turli iplar namunalarini o`rganib, g`altaklar va o`ramlardagi etiketkalarni o`qib, hamma iplarni amaliyot uchun muhim belgilar va xususiyatlar qatoriga qarab tasniflash mumkinligini birgalikda aniqlashlari ular uchun ancha foydali bo’ladi. O’quvchilar:

  1. Iplar tayyorlangan tolalarga qarab: ip-gazlama, zig`ir, jun, ipak (tabiiy va sun`iy toladan), sintetik va aralashdan (u yoki bu tolalarning turli kombinatsiyalaridan) iborat ekanligini; tolalarning o`simlik, hayvon, sun`iy, sintetik va mineraldan olinishini;

  2. Vazifasiga ko`ra iplar tikuvchilik, kashtachilik, yamash, to`qish va boshqalarga bo`linishini;

  3. Qalinligi bo`yicha iplar nomerlarga ko`ra bo`linishm, masalan, tikuvchilik iplarining metrik nomeri 1 g da necha metr ip borligini ko`rsatishi; Oddiy o`rganish orqali iplar qalinligi, eng avvalo ularning tayyorlanishi uchun foydalanilgan ip qalinligi va qavatlar soniga bog`liqligini; (2-rasm).




    1. rasm. Tikuvchilik iplari, shpagat, tasmada iplar qatlami sonini

aniqlash:
1 – 2,3,4 va 6 qatli ip; 2 – ipda qatlar sonin aniqlash uchun ochish



  1. Rangiga ko`ra iplar oq, qora va rangli bo`linishi, ranglanmaydigan xom iplarni bilishi;

  2. Sifati va eng avvalo, mustahkamligini hamda pardoziga ko`ra iplar navlarga bo`linishini va iplar mustahkamligi tola turi va sifati, uning ipda eshilishi, hamda qatlar soniga bog`liqligini o’rganishi kerak.

Kuzatishlar va oddiy o`rganishlar vaqtida o`qituvchi tolali materiallar va iplarning sinf to`plamni o’quvchilarga ko`rsatishi orqali ularning iplar to`g`risidagi bilimlarni umumlashga erishishi mumkin. O`quvchilar iste`molchilarga yetib kelgan har bir g`altak, o`ram, bobinalar, iplar solinadigan qutilarda bo`luvchi etiketkalar bo`yicha ish uchun zarur bo`lgan iplar to`g`risidagi ma‘lumotlarni qanday aniqlash kerakligini eslaydilar (3-rasm).




    1. rasm. Turli vazifali iplar to`plami:

1 – tikuvchilik g`altak ipi; 2 – tikuvchilik ipi bobinasi;
3 – yamash ipi; 4 – muline (kashta tikish uchun rangli iplar); 5 – yamash ipi o`rami
Tashqi ko`rinishiga qarab iplar rangi va pardozlanishini, qatlar soniniga qrab ip bo`lagini ochib aniqlash mumkinligi haqida o’quvchilarga ma’lumotlar berish lozim. O’quvchilar etiketkalarda yozilgan ip to`g`risidagi ma‘lumotlar– ip navi, uning raqami, qatlar soni, metr uzunligi (jun ip o`ramlarida ularning og`irligi ko`rsatiladi) haqidagi ma’lumotlarni o`qib-o’rganishiga alohida e’tibor qaratislishi ahamiyatli. O’quvchilar etiketka – bu ip g`altagi, o`ramining pasporti ekanligini albatta, bilishi shart. Etiketka haqida etarlicha ko`nikmalar bo`lgan o`quvchilar tikuvchilik ipi yorliq raqamini, ya‘ni ularning qalinligini ancha-muncha aniq aniqlay oladilar. Ipning kichik bo`lagidan uchinchi sinf o`quvchilari uning rangi, qatlar, sonini aniqlaydilar.

Download 10,75 Mb.
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   95




Download 10,75 Mb.