• MAVZU. GAZLAMA BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI
  • Mavzuga oid tayanch tushunchalar
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 10,75 Mb.
    bet80/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


    1. Plastillinning xususiyatilari haqida nimalarni bilasiz?

    2. Plastillinning tarkibi haqida nimalarni bilasiz?

    3. Plastillindan qachon, qayerda va nima maqsadda foydalaniladi?

    4. Plastillin ishlatish usullari haqida ma’lumot bering. 5.Loy qanday xususiyatlarga ega?



    1. MAVZU. GAZLAMA BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI


    Reja:



      1. Gazlama va ip turlari. 2.Gazlamaning xususiyatlari.

    3.Gazlamaning sanoatda ishlab chiqarilishi. 4.Gazlama bilan ishlash metodikasi.

    1. Gazlamaga ishlov berish (o‘lchash, andoza olish va qirqish) metodikasi.

    2. Gazlama bilan ishlashda ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish talablari.

    Mavzuga oid tayanch tushunchalar


    Gazlama va ip turlari, gazlamaning xususiyatlari, gazlamaga ishlov berish metodikasi, andoza olish, o`lchash va qirqish, gazlama ishlab chiqarish.

    Bolalar birinchi sinfga o’qishga kelgunga qadar qanday gazlamalar va iplar bo`lishi, ulardan inson qayerda va qanday foydalanishi, ular qanday foyda keltirishi to`g`risida ba‘zi tasavvurlarga ega bo`ladilar. Ulardagi bu tasavvurlar aniq va to’liq bo’lmaydi, shu sababli ham bir tizimga solinmagan bo`ladi. Qizlar va o`g`illarda bu tasavvurlar hajmi, to`liqligi va sifati bo`yicha turlicha bo`ladi. Gazlamalar va trikotaj mahsulotlardan foydalanishda bolalar ko`pincha ongsiz, noto`g`ri ish tutadilar, natijada matqriallarning buzilishiga yoki xizmat muddatlarining qisqarishiga olib keladi.


    Birinchi sinfdagi gazlama va tolali materiallar bilan ishlash bo’limi, asosan suhbatlar va chok tikish ilk mashklari o’tkaziladi. Gazlama va tolali materiallarning tayyorlanishi; Paxta kanop tolalari, junning qayerlarda yetishtirilishi; Dehqonlar va chorvadorlar mehnati haqida tushuncha beriladi. Paxtani qanday etishtirish toladan tashqari hayotga kerakli yana qanday narsalar olishni tushuntiriladi. Gazlamaning turlari haqida gapirib gazlamalar namunalari ko’rsatiladi.
    Birinchi sinf mehnat darslarida o’quvchilarga mato turlari, iplarning turlari, kelib chgiqishi, tabiiy va kimyoviy tolalar haqida rasmlar va ko’rgazmali vositalar yordamida to’liq ma’lumot berish lozim.
    Birinchi sinfda kashta tikish turlari bilan tanishtirilgandan boshlab, milliy maktab kiyimi uchun yoqa, manjet tikish, nonushta xaltachasi tishkish, kiyim kechaklarni tartibga solish mavzularida ish olib boradilar. Biz birinchi sinfda gazlamaning turlari xossasi, ishlatish o’rnini suhbat asosida o’quvchiga tushuntirar ekanmiz, xom- ashyo, gazlama bo’lib kelgunga qadar mehnatkashlarning qo’lidan o’tishi, ularning ko’p mehnati singanligi, shuning uchun gazlamlardan bo’lgan kiyim-kechagimizni asrab avaylashimiz, qadrlashimiz, bu bilan ota-onalarimiz mehnatini ham qadrlagan bo’lishimizni uqtiramiz. Ikkinchi sinfda esa birinchi sinfdagi mehnat malakasi davom ettiriladi. O’qituvchi ip gazlama bilan tanishtirish, gazlama turlarini tanlash, shakl uchun yoqa va manjet tikish, gazlama bilan ishlashda asboblardan foydalanish ko’nikmasini hosil qilish, oddiy chok va operatsiyalarni qo’llab tikishning asosiy usullari, oralatib tikish, bahya chok kabilar bilan tanishtirish, nonushta xaltachasi tikish, kashta bilan bezashni, kiyimlarni yamash, tugmalarni qadashni o’rgatadi.
    Uchinchi sinfda asosan uchinchi chorakda gazlama va tolali matolar bilan ishlash darslari o’tiladi. Bunda to’r tukish, ro’molcha solinadigan xaltacha tayyorlash, fartuk tikish, ularni naqshli kashtalar bilan bezash mavzulari o’tiladi. Endi o’quvchilarni tikish malakalari ancha rivojlangan, bemalol igna bilan ishlay oladilar. To’rtinchi sinfda endi birinchi chorakning boshidanoq ish fartuklari, salfektkalar tikish, sanitar sumkachasi tikish, to’r xalta tikish ishlarini bajaradilar. Endi o’qituvchi o’quvchilardan bu mehnatni o’zlari mustakil
    bajarishlarini talab qilishi kerak. O’quvchi bu harakatlarni o’zi

    bajarishi unda o’lchov bo’yicha bichish,"andoza"ga qarab, gazlamalarni rejalash, qismlarini bir biriga choklab birlashtirib olish, tepchima choklar bilan tikish, ayri choklar bilan bezash, gazlamlar ipini so’gurish usullarini bilish, chizmaga qarab mustaqil rejalash, aplikatsiya usuli bilan chetlarini merjka choki bilan bezash malakalarini hosil qilgan bo’ladilar. To’rtinchi sinf o'quvchilarini mahalliy seleksionerlar mehnat faoliyati bilan tanishtirish, kichik ekskursiyalar uyushtirish maqsadga muvofiq. Gazlama- arqoq va tanda iplarining o’rilishidan hosil bo’ladigan pardozlangan va ishlatishga tayyor mato. O’lchab – gazlab sotilgani uchun shunday nomlangan. Gazlama qadimda daraxt po’stloqlaridan qo’lda, keyinchalik tolalardan yog’och dastgohlarda, to’quv dastgohlarida to’qilgan, hozirda avtomat stanoklarda to’qiladi. IV sinf Texnologiya darsligida “Gazlamadan gul pannosi yasash” mavzusi o’tiladi.


    Gazlamalar va tolali materiallar bilan ishlash darslarini samaradorligini oshirish uchun quyidagilarga e`tibor berishli lozim buladi:

      1. Gazlama va tolali materiallar haqida o’quvchilarga unumli tushuncha berish, ularning turlaridan namunalar ko’rsatish;

      2. Gazlamalarning asosan nimalarga muljallanganligini o’quvchilar bilishi va u bilan ularni tanishtirish, kiyim-kechak, turmushda buyumlardan namunalar ko’rsatish;

      3. Buyumlarni tayyorlashda, bajarishda foydalaniladigan asbob uskunalardan qanday foydalanish kerakligini o’quvchilarga amaliy ko’rsatish bilan birga texnika xavfsizligiga rioya qilishni tushuntirish;

      4. Tayyor mahsulotni andozalar yordamida bichish, kiyib olish va tikish usullarini o’qtirish;

      5. Tayyor bichilgan qismlarni tikib biriktirish, chok usullarini amaliy ko’rsatish;

      6. O’quvchilar gazlamlar bilan ishlash , bichish, tikish tartib va uslublarini puxta o’rganganlaridan so’gina amaliy bajarishga o’tish.

    Mehnat ta`limi darslarida sanchiluvchi, qirkuvchi asbob- uskuna borligini, hisobga olib, albatta, mehnat xaltasi tashkil qilishi kerakligini unutmaslik kerak. Chunki, birinchidan, mehnat xaltasiga maxsus cho’ntakchalarni, ignadonni, qaychidonni, turli iplar, gazlamalarni solib qo’yish imkoniyati bo’ladi. Ikkinchidan, mehnat darsiga kerak bo’ladigan narsalar har joga sochilmay , bir joyda, o’qituvchi shkafida saqlanadi. Uchinchidan, o’quvchi mehnat darsiga to’la qatnashish imkoniga ega bo’ladi. Ba`zilari ko’tarib kelishgandan chuchibmi, unutib qoldirishi mumkin bo’lgan holatlarni oldini oladi.
    Ma’lumki, birinchi sinf o`quvchilari o`qituvchi rahbarligida o`z hayot tajribalarini ishga solib, gazlamalardan ichki kiyim, ko`ylaklar, palto va kostyumlar, turli bosh kiyimlari, dasturxon va yostiqlar, pardalar, sochiqlar va dastro`mollar, parashyutlar, divan, stullar uchun qoplamalar, poyabzal astarlari, bayroqlar, sumkalar tikilishini aniqlaydilar.
    Boshlang’ich sinf o’quvchilari o`qituvchining eng oddiy tajriba ishlaridan asta-sekin ravishda to`qimachilik tolalari, undan tayyorlanuvchi iplar va gazlamalar, turli gazlamalarning tayyorlanish xususiyatlari to`g`risida ko`p yangi va foydali ma‘lumotlarni o’rganadilar. Shu tariqa o’quvchilarda to`qimachilik materiallari, ularning asosiy xususiyatlari va ishlov berish usullari to`g`risidagi bilimlar sayqal topa boshlaydi. Bular o’z navbatida esa bolalarda materiallarni bir-biridan farqlash, ulardan to`g`ri foydalanish va ishlov berish malakalari shakllanib boradi.

    1. sinfning dastlabki texnologiya darslaridan e’tiboran bolalarda gazlamalarning tuzilishi va tayyorlash usullari bo`yicha ma’lumotlarga asta-sekin ega bo’lib boorish ehtiyojlari sezila boshlanadi. Eng oddiy mahsulotlarda gazlamalar va iplardan foydalanishning elementar masalalarni amaliy hal etishdayoq

    to`qimachilik tolalari va gazlamalar, ularning texnika, ishlab chiqarish va ayniqsa turmushda, kundalik hayotda qo`llanishi to`g`risida bo`lgan bilimlarni aniqlash va umumlashtirish zarurati paydo bo`ladi.
    O`quv dasturi o’quvchilarning xotirasini ikkinchi darajali ma‘lumotlar bilan to`ldirish emas, balki, ularga tolali materiallardan tayyorlangan gazlamalar to`g`risidagi bilimni to`ldirish va tizimlashtirish ishlarini amalga oshirib borish kerak. Bunda to`qimachilik materiallari (tolalar, iplar, gazlamalar va trikotaj), ulardan foydalanish to`g`risidagi ba‘zi ma‘lumotlarni, o`quvchilar uyda olishini hisobga olish va esda tutish kerak. Qiz bolalar boshlang’ich ta’limdan keyingi sinflarda ham to`qimachilik materiallari bilan nazariy va amaliy tanishuvni davom ettirishi, o`g`illar esa bu materiallar bilan ishlashni III sinfda tugatishni aytish o’rinlidir.
    O’quvchilar to`qimachilik materiallari namunalarini ko`rib, ularning sifat xususiyatlari va ishlov berish hamda pardozlashning o`ziga xosligini aniqlashi muhim. Shuning uchun ham oddiy kuzatishlar va tajribalarni tashkil etilish maqsadli bo’ladi. Qaysiki bunday kuzatishlar va tajribalar o`quvchilarni bu materiallarni qog`oz, karton, fanera, metallik folga, plastmassa plyonkalar bilan taqqoslashga yo`naltirish uchun foydali bo’ladi. O`quvchilar e`tiborini u yoki bu materiallar va ulardan tayyorlangan mahsulotlarning qo`llanish sohasi va sharoitlariga qaratish lozim.Birinchi sinf o`quvchilariga kiyim tayyorlash uchun materiallarni tanlash misolida gazlamalarning alohida xususiyatlariga asosiy talablardagi farqlarni ko`rsatish mumkin. Bu kiyimlarning, mavsumiy (yozgi, qishki va mavsumaro), uy kiyimi, ustki va ichki, sport kiyimi va hokazo bo`lishi, har bir gazlamalarni issiqlik himoyalash xususiyatlari, qalinligi, mustahkamligi, rangi va, albatta, narxi bo`yicha tanlay olish kerakligi o’quvchilarga tushuntirilishi lozim. Yozgi ko`ylak uchun engil mato, qishki palto uchun qalin va mustahkam mato talab etilishi, ichki kiyim uchun esa yengil va arzon oq ip-gazlama mato, ko’cha, ish, to’y-tomoshalar, bayramlarga kiyiladigan kiyimlar uchun ancha qimmat va chiroyli, ipak yoki jun mato olishi kerakligi aytilishi lozim.Tikish bo`yicha amaliy ishlarni boshlashda o`qituvchi o`quvchilar bilan ip, gazlama, trikotaj, to`qilgan mahsulotlarning tayyorlanishida foydalaniladigan tolali materiallar to`g`risida qisqacha
    suhbat o`tkazadi. Bolalarga tipik, yaxshi tanish bo`lgan narsalarni ko`rsatib, ularning bu mahsulotlar o`rtasidagi umumiy, ularni birlashtiruvchi narsani tushunishlariga harakat qiladi: ularning hammasi tolalardan tuzilgan, tolali tuzilishga ega materiallardan tayyorlangan, deb aytadi.
    Materiallarning tolalardan tuzilganligini: kir osadigan arqonni ochib ko’rsatish, gazlama bo`lagidan tortib chiqarilgan ipni yoki eski qo`lqopdan tortib chiqarilgan ipni yoki g’altakda o’ralgan tikuvchilik ipini misol tariqasida bolalarga ko`rsatish mumkin. O`quvchilarga bu tolalar turli narsalardan olinishi mumkinligini ko`rsatish ham muhim.
    II-sinf o’quvchilariga to`qimachilik tolalari haqida to’liq ma’lumot berish, ularning tabiiy, sun`iy, sintetik va mineral turlarga ajratilishini ko`rsatishning hojati yo`q. II-sinfda tikuvchilik bo`yicha o`z amaliy ishlarida o`simlikdan olinuvchi tolali gazlamalardan foydalanishlarini aytish kifoya.
    O`simlikdan olinuvchi eng ko`p tarqalgan tolali materiallar – paxta (hech bo`lmaganda oddiy momiq), zig`irtola, paklyani o’quvchilarga ko’rsatish darkor. O’qituvchi paxta yoki paklya bo`lagidan yakka tolalarni qanday tortib olishni, bu tolalarni oddiy o`rganilishini – ko`rish, ushlab ko`rish, uzunligini, egiluvchanligini, mustahkamligini, rangini qanday aniqlashni ko`rsatib berishi maqsadga muvofiq.

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

    Download 10,75 Mb.