|
Tolali materiallar, iplar va gazlamalar to`plamini tuzish va o`rnatish
|
bet | 81/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanma Tolali materiallar, iplar va gazlamalar to`plamini tuzish va o`rnatish.
O`quvchilar to`qimachilik tolalari va materiallari to`g`risida dastlabki tasavvurlarga ega bo’lishlari uchun shu materiallardan foydalanib amaliy ishlarni bajarish kerak. O`quvchilarga darslarda va sinfdan tashqari mashg`ulotlar davomida texsanoat korxonalari tomonidan chiqariluvchi materiallar to`plami, ularga qo`lda ishlov berish usullarini ko`rsatuvchi asosiy jarayonlarni ko`rgazmali tarza ko`rsatilishi ahamiyatli bo’ladi. Shuningdek, materiallar va ularning muhim xususiyatlarini o`rganish uchun qo`lbola ko`rgazmalarni tayyorlash bo`yicha o`quvchilarning mustaqil amaliy ishi alohida ahami ham bo’ladi.
O`quvchilarning materiallar to`plash va to`plam tuzish ishini I sinfdan boshlab, keyin III va IV sinflarda materiallarning yangi turlarini o`rganib borib davom ettirishlarini hisobga olish zarur.
Birinchi sinf o`quvchilari o`simlikdan olinuvchi tolalar to`g`risida bilimlarni o`zlashtirib borishlari uchun tolalardan tayyorlangan iplar va gazlamalar bilan amaliy tanishib borishi kerak.
Boshlang`ich sinflarda o’quvchilar, odatda, to`plamlar uchun materiallarni tanlashda elementar, ya’ni to`plangan materiallar namunalarini ongli tasniflashga yo’naltirilgan izlanishlarni o`tkazish ishlariga bog`liq bo’ladi. Bunday izlanishlar o’quvchilarga mavjud to`plamni, yoki oldindan tanlangan va mantiqan asoslangan tasnifiy belgi bo`yicha to`ldirishga imkon beradi. Bu maqsadda o`quvchilar materiallar sifat xususiyatlarini aniqlashning oddiy izlanishlarini amalga oshiradilar, to`plam namunalari joylashuvi sxemasini tuzadilar, ular usti va ostidagi yozuvlar mazmuni va ifodalanishini belgilaydilar, bezatish masalasini hal etadilar.
O`quv maqsadlarida o`quvchilar to`plamlaridan foydalanish qulay bo`lishi uchun ular daftarlarida gazlama namunalarini shunday o`rnatadilarki, har bir namunani nafaqat o`ng, balki teskari tomonidan ham ko`rib, taqqoslab bo`lsin, ularni ushlab ko`rish, gazlama qalinligi, rangi, yuzasining silliqligini va hokazo aniqlab bo`lsin.
sinfda bolalar amaliy ishlari jarayonida o`zlari foydalanadigan eng ko`p tarqalgan ip-gazlama matolarni tanlaydilar, o`rganadilar, to`plamlariga o`rnatadilar. O`simlik tolalaridan tayyorlanuvchi iplar – tikuvchilik, yamoqchilik, kashtachilik iplarining kichik to`plamini o`quvchilar alohida joylashtiradilar. Shu to`plamning o`zida turli qalinlik, turli ranglar bilan farqlanuvchi iplar namunasini ham ko`rsatadilar.
Brinchi sinf o`quvchilarining iplar va gazlamalar namunalarini to`plash, to`plamlarni tuzish va joylashtirish ishlari bo’yicha oladigan bilimlari o`quv dasturida ko`zda tutilgan «Qanday gazlamalarni bilamiz», «Gazlamadan nimalar tayyorlanadi», «Qanday iplarni bilamiz» mavzularidagi suhbatlarni o`tkazish uchun asos, ko`rgazmali material bo`lib xizmat qilishi lozim.
Boshlang’ich sinf o’quvchilari iplarning vazifasi, qalinligi va rangiga ko`ra taqqoslashni bilishlari kerak. O`qituvchi o’quvchilar bilan «Qanday iplarni bilamiz» mavzusida suhbat o`tkazishi orqali o`quvchilarning iplar to`g`risida nimalarni bilishini, ularni vazifasiga ko`ra farqlay olishi, ulardan o`z amaliy zaruratlarida foydalana olishini aniqlaydi.
O’qituvchining iplarning vazifasi, qalinligi va rangiga ko`ra taqqoslash ishlariga oid suhbat va u bilan bog`liq ko`rsatishlari birinchi sinf o`quvchilarining ko`p qo`llanuvchi iplarning vazifasi, qalinligi, rangiga ko`ra havlari to`g`risidagi tasavvurlarini umumlashtiradi. O’qituvchining oddiy tikuvchilik iplari o`ramini o’quvchilarga ko`rsatib berishi va qator savollar beriv o`quvchilar bilmini oshirishi natijasida: tikuvchilik iplari, ulardan kiyimlar, bosh kiyimlari, yostiq anjomlari, pardalar, xaltalar va ko`pgina boshqa narsalarni tikish uchun foydalanilish mumkinligini o’quvchilar tushunib olishga da’vat etadi. Shuninglek, o`qituvchi oq va qora ip o`ramini ko`rsatib, ulardan qayerda foydalanilishini so`rashi ham ahamiyatlii. Oq ipdan oq matodan detallarni tikish, qora ipdan - qora matolardan detallarni tikishda foydalaniladi. Oq tugmalar oq ip bilan qadaladi. Rangli gazlamalardan narsa tikish kerak bo`lsa-chi? Ranggi gazlama rangiga mos tanlanuvchi rangli iplardan foydalaniladi va hokazo.
O`qituvchi o’quvchilarga bir xil rangli, biroq tusi farqlanuvchi bir necha ip o`ramlarini, masalan, to`q qizil, och qizil, qip-qizil iplarni ko`rsatadi. Keyin esa nima uchun turli qalinlikdagi iplar ishlab chiqarilib, sotuvga chiqarilishini o`quvchilarga tushuntirib beradi va yupqa gazlamalar yupqa iplar bilan, qalinlarini qalin va mustahkam iplar bilan tikilishiga aniqliklar kiritadi. Shu o’rinda o`qituvchi tajriba o’tkazib, bir xil rangdagi, lekin turli qalinlikdagi ip-gazlama iplarning bir necha o`ramini ko`rsatib, bu iplar qalinligini birgalikda aniqlashni taklif qiladi (iplarni ko`rinishi bo`yicha va ushlab ko`rib taqqoslash mumkin). Ip qalinligini aniq bilish uchun har bir o`ramda bo`luvchi etiketkaga qarash kerak: masalan, 10, 40, 50 raqami iplar qalinligini ko`rsatadi. G`altakli tikuvchilik iplarining yog`och g`altagi turli o`lchamda ekanligi, iplar qanchalik qalin bo`lsa, g`altak shunchalik kattaligiga qaratish kerakligini o’rgatadi.
Boshlang’ich sinf texnologiya fani dasturi talablariga muvofiq o`quvchilarga arqoq va tanda iplarning polotno (tasma) o`ralishi, gazlama namunalarini o`rganish hazarda tutiladi. Mazkur masalalar II sinf o’quvchilariga qanday usul va shakllarda o’rgatish mumkinligini bir qator misolidan bilish mumkin.
Ma’lumki, o`quvchilar arqoq va tanda iplarning polotno o`ralishiga oid matolar namunalari: doka, xaltalik, astarlik
gazlamalarni ko`rib chiqib, gazlamalar o`zaro o`ralgan iplardan iborat degan xulosaga keladilar. O`qituvchi iplarning bu usulda o`ralishi eng oddiy ekanligini aytadi. Bu o`ralish polotno o`ralish deb ataladi (1- rasm). Bu o`ralishli turlidam: polotno, doka, astarlik, chit, bo`z va boshqa matolar chiqariladi.
rasm. Oddiy karton to`quv romchalaridan foydalanib tanda va arqoq iplari polotno o`ralishi xususiyatlarini o`rganish
O`quvchilar oddiy karton to`quv romchalaridan foydalanib tanda va arqoq iplarining polotno o`ralishi xususiyatlarini o`rganishlari orqali matoda iplar ikki o`zaro perpendikulyar yo`nalishlarda, bir- biriga to`g`ri burchak ostida joylashishini aniqlaydilar. O`qituvchi katta mato bo`lagini ko`rsatadi va ikkinchi sinf o`quvchilari bu bo`lakda iplarning biri bo`ylama (tanda iplari), boshqalari esa – ko`ndalang, bir chetdan ikkinchisigacha (arqon iplari) bo`lishini ko`radilar. Keyin esa o`quvchilar o`zlaridagi polotno o`ralishli mato namunalarini turish tomondan (o`ng va teskari) qarab chiqib, bu tomonlar bir xil ko`rinishga ega degan xulosa chiqaradilar. O`qituvchi gazlamalar maxsus to`quv dastgohlarida tayyorlanishini aytadi. Polotno o`ralishli gazlamada har bir arqoq ipi navbatma navbat har bir tanda ipi bilan o`raladi, deb tushuntiradi .
Texnologiya darslari da o`quvchilarni to`qimachilik sanoati mahsulotlari bilan tanishuv ishlari ham amalga oshiriladi. O`qituvchi III sinf o’quvchilarning politexnik tasavvurlarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratishi lozim. To`qimachilik hamda tikuvchilik sanoatlarida chiqariladigan mahsulot, to`quvchilik va tikuvchilikn bilan shug’ullanidganlarning ish faoliyatlari, kasb-kori to`g`risida o’quvchilarda umumiy tasavvur hosil qilish uchun bu sanoat sohalari tipik mahsulotlarini ko`rsatib suhbat o`tkazish foydali. Bunday ko`rsatishlar uchun o`qituvchi mahsulot namunalari (masalan,
o`quvchilar kiyimi), rasmlar, suratlar, kitob va jurnal rasmlari, diafilmlar, slaydlardan foydalanishi mumkin. Shuningdek, gazlamalar, iplar, kiyim, uy-ro`zg`or buyumlari bilan bir qatorda o`quvchilarga lentalar, tasmalar, to`rlar, trikotaj mahsulotlari, kashta uchun kanvani ko`rsatish ham maqsadga muvofiq bo’ladi.
O`quvchilarni to`qimachilik sanoati mahsulotlari bilan tanishtirishda ekskusiyaning ahamiyati katta. Bunday ekskusiyalarni korxonalar, tikuvchilik atel‘elari yoki gazlama va kiyimlar bilan savdo qiluvchi do`konlarga uyushtirish mumkin. Bolalarning to`qimachilik hamda tikuvchilik sanoatlari va ularning yetakchi kasblari to`g`risidagi umumiy tasavvurlari yanada yaqqolroq bo`ladi.
Gazlamani asosiy xususiyatlariga ko`ra qog`oz bilan taqqoslashni o’quvchilar bilishi kerak. O’quvchilarning to`qimachilik materiallarining asosiy xususiyatlarini amaliy jihatdan o`rganish ishlari III sinfda ham davom ettirriladi. Texnologiya darslari da ishlatiluvchi materiallarning muhim xususiyatlarini o`rganish uchun kuzatishlar va oddiy tajribalar katta politexnik ahamiyatga ega bo`lib, ular jarayonida bolalar qog`oz va gazlamaning tuzilishi, mustahkamligi, egiluvchanligini taqqoslaydilar.
Dastlab o`quvchilarga qog`oz va gazlamada nimalar umumiyligini aniqlashni o’rgatish zarur. Jumladan, o’quvshilar:
qog`oz va gazlama yupqa materialligi, ularning uzunligi va enini taqqoslashdagi qalinligi ahamiyatsizligini;
qog`oz va gazlama tolalardan iborat materiallar bo`lib, bu tolalar qog`ozda chirmashtirilib, yelimlangan, gazlamalarda esa tolalar dastlab ip hosil qilish uchun yigirilgan, keyin esa to`qilganligini;
qog`oz va gazlama tuzilishiga ko`ra turli yo`nalishlarda – bo`ylama va ko`ndalang – turlicha bo’lishini (gazlamalarda bu yo`nalishlarni ko`pincha tanda va arqoq yo`nalishlari deb atashadi). Shuning uchun qog`oz va gazlama xususiyatlari turli yo`nalishlarda turlichaligini (masalan, bu materiallar mustahkamligi va cho`zilishini solishtirish kifoya);
qo`lda ishlov berishda qog`oz va gazlama bir xil asbob - qaychi bilan kesilishni;
qog`oz va gazlamadan mahsulot detallari yelimlash yoki tikish orqali birlashtirilishini;
qog`oz va gazlama, kerak bo`lsa, bo`yalishi, ularda rasmlar, bezaklar, naqshlar, yozuvlar bosmalanishini qayd etilishini o’rganib olishi kerak.
O`qituvchi o`quvchilaga qog`oz va gazlamaning muhim xususiyatlardagi farqlarni o’rgatishi kerak. Buning uchun o’quvchilarga o`lchamlari bir xil bo`lgan qog`oz va gazlama berib ularni yo`llarni yirtishga harakat qildirish tajribasini o’tkazish mumkin. Bunda o’quvchilar gazlamalar qog`ozga qaraganda yirtilishga nisbatan ancha ko`proq mustahkamlikka ega ekanligini tushunib oladilar. O`quvchilar qog`oz va gazlamani bukish va egishga harakat qiladilar. Ular qog`oz oson bukilishi va tekislanishi, uni hamma taxlamalar yaxshi saqlanib qolishida ishonch hosil qiladilar. Gazlamada taxlamalar uzoq saqlanib qolishi uchun ularni issiq dazmol bilan bosishga to`g`ri keladi (masalan, shimlar, yubkalarda va hokazo taxlamalar).
Qog`oz va gazlama namunalarini suv bilan ho`llab yoki oldin o`tkazgan tajribalarni eslab, o`quvchilar qog`oz namlanib mustahkamligi kamayishi, qog`oz buyumlar buzilishini qayd etadilar. Gazlamalar esa sifati buzilmay, ko`p martalab yuvilishni ko`taradi.
|
| |