|
Gazlamalardan turmushda foydalanish
| bet | 88/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaGazlamalardan turmushda foydalanish: -
Kiyim (uy, ish, chiqish, yozgi, qishki, mavsumaro, o`quvchilar formasi va hokazo);
-
Ichki kiyim (ayollar, erkaklar, bolalar ichki kiyimi);
-
Yostiq anjomlari;
-
Sochiqlar;
-
Oshxona anjomlari (dasturxon, sochiqlar);
-
Bosh kiyimlar;
-
Poyabzal;
-
Yumshoq va yarimyumshoq mebellarni qoplash;
-
Uy anjomlari (pardalar);
-
O`yinchoqlar (yumshoq o`yinchoqlar, qo`g`irchoq kiyimlari);
-
Xo`jalik anjomlari (sumkalar, xaltalar, chang artish, pol yuvish uchun lattalar va hokazo).
Gazlamalardan texnika va ishlab chiqarishda foydalanish: -
Maxsus ishlab chiqarish kiyimi;
-
O`rash materiallari (doka, kolenkor, lederin);
-
Parashyutlar;
-
Fazogirlar skafandrlari;
-
Changyutgich filtrlari;
-
Metro, avtobus, samolyot o`tirg`ichlari qoplami (sun`iy charm asosi – gazlama);
-
Kinoteatr ekranlari;
-
Sayyohlar palatkasi va yotoq xaltalar;
-
Plastmassa – tekstolit.
Gazlamadan detallarni yopishtirish. Gazlamadan tayyorlangan buyum detallari odatda ip bilan tikiladi. Keyingi yillarda tikuvchilik ishlab chiqarishida detallarni yopishtirishdan ko`proq foydalanib, buning uchun maxsus yelim va moslamalardan foydalaniladi. Karton va muqovalar ishlab chiqarishida ham gazlamani qog`oz va karton bilan yyelimlanishini kuzatish mumkin. Bunda maxsus muqovalash gazlamalari – kolenkor, lederin, granitoldan keng foydalaniladi. Bu matolar oddiy ip-gazlama matolardan, tanda va arqoq iplari orasidagi hamma g`ovak va oraliqlarni to`ldiruvchi maxsus tarkiblar bilan shimdirilgani bilan farq qiladi. Shuning uchun bu gazlamalarning teskari tomoniga yelim tarkibi surtilganda, yelim o`ng yuzaga o`tmaydi va uning ko`rinishini buzmaydi. Yelim tarkiblar bilan ishlov berilgan gazlamalar deyarli cho`zilmaydi, namlanishda shakli buzilmaydi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilari texnologiya fani darslarida gazlamalarni yelimlash hamda gazlamadan detallarni qog`oz va kartonga yopishtirish xususiyatlari to`g`risida dastlabki tushunchalarga ega bo`ladilar. Ba‘zi o`quv buyumlarni tayyorlashda o`quvchilar gazlamadan detallarni qog`oz va kartonga yopishtiradilar, masalan, gazlama to`plamlarini tuzish va joylashtirish, gazlamadan
applikatsiyalarni o`rnatish, kitob muqovalarini tayyorlash, qo`g`irchoq teatri personajlarini tayyorlash va hokazolarda.
Bu amaliy masalalarni o`quvchilar ongli hal etishlari, ularga kerakli ahamiyat berishlari uchun ular gazlamadan detallarni boshqa materiallarga yelimlash jarayonida nima ro`y berishini aniq tasavvur etishlari kerak.
|
| |