|
Gazlamalarning turmush va texnikada qanday ahamiyat kasb etishini o’rganish ahamiyatlidir
|
bet | 87/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaGazlamalarning turmush va texnikada qanday ahamiyat kasb etishini o’rganish ahamiyatlidir. IV sinfga kelib odatda o`quvchilarda gazlamalar, ularning turli turlari va navlari to`g`risida ko`pgina alohida tasavvurlar to`planadi. Dasturda ko`zda tutilgan
«Turmush va texnikada gazlamalar» suhbatining o`tkazilishi bu alohida tasavvurlarni umumlashtirish, o`quvchilar bilimlarini tizimga solishga yordam beradi.
Bu suhbatga tayyorlanish jarayonida o`quvchilar material to`plash, rasmlar tanlash, to`plamlar tuzish bo`yicha ta‘limiy jihatdan qiziqarli mustaqil ishni amalga oshirishlari mumkin. Suhbat
o`tkazilishidan bir hafta oldin o`quvchilarga uning mavzusini e‘lon qilish, uning maqsadlarini tushuntirib, o`quvchilarga unga tayyorlanishni topshirish foydalidir.
O`qituvchi tomonidan suhbat jarayonida qo`yiluvchi asosiy masalalarni aytish va o`quvchilarga o`z savollarini tayyorlashni topshirish maqsadga muvofiq bo`ladi. Maktab yoki shahar bolalar kutubxonasidan gazlamalar, ularning ishlab chiqarilishi, turmush va texnikada foydalinishi to`g`risida hikoya qilinuvchi kitoblarni olishni maslahat berish mumkin.
Masalan, uchinchi sinf o`quvchilariga suhbat uchun materiallarni to`plashning yana bir yo`lini tavsiya qilish mumkin – uyda kattalar bilan suhbatlashish, ular yordamida gazlamalardan foydalanishning qiziqarli hollarini yaqqol ko`rsatuvchi materiallar va gazlama namunalarini tayyorlash. O`quvchilardan birontasi sinfga fazogirlar suratini olib kelib, insonning fazoga uchishi uchun skafandrlar gazlamadan tayyorlanishini gapirib berishi mumkin. Boshqasi parashyutchi suratini ko`rsatib, parashyut ipak gazlamadan tikilishini aytadi.
Uchinchi o`quvchi esa o`rtoqlariga bir parcha sun`iy charm yoki mo`ynani ko`rsatib, bu matolar asosini gazlama tashkil etishini isbotlab beradi. Ota-onasi bayroqlar suratini ko`rsatib, ular ham gazlamadan tayyorlanishini gapirib berishni maslahat bergan bola ham topiladi.
Tekstolit (plastmassa) – asosi maxsus smola bilan shimdirilib, ko`p qatlamdan tuzilgan va yuqori haroratda presslangan gazlamadan iborat plastik massadan kichik detal – shesterenkaning ko`rsatilishi o`quvchilarda katta qiziqish uyg`otadi.
|
| |