• IV sinfda xalq ustalari mahsulotlarini ko`rsatish.
  • Po`stloq bilan ishlashda kuzatishlar, tajribalar va ko`rsatishlar




    Download 10,75 Mb.
    bet72/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Po`stloq bilan ishlashda kuzatishlar, tajribalar va ko`rsatishlar. Ba‘zi daraxt po`stlog`i, masalan, o`rik va qayin daraxti, turli o`yinchoqlarni yasash uchun juda qulay.
    O`quvchilarga yozda sosna va qayin daraxti po`stlog`ini to`plash topshiriladi. Bunda o`qituvchi bolalarni faqat qurigan daraxt, kesilgan shoxlardangina po`stlog`ini kesib olish mumkinligi haqida ogohlantiradi.
    Amaliy ishlardan oldin ikkinchi sinf o`quvchilari kuzatishlar va tajribalar o`tkazib, savollarga javob beradilar: Qayin va sosna po`stlog`ini tashqi ko`rinishidan qanday aniqlash mumkin? Qaysi po`stloq yupqaroq? Qaysi po`stloq g`ovakroq? Qaysi po`stloq zichroq, egiluvchan va mustahkamroq? Qaysi po`stloq yupqa qatlamlarga bo`linadi? Qaysi asboblar yordamida qayin va sosna po`stlog`ini ishlov berish mumkin?
    Shu tariqa o`quvchilar o`rik po`stlog`i jigar rang, qayin po`stlog`i
    – oq rangda bo`lib qora chiziqlari bo`lishi, qayin po`stlog`i o`rikdan yupqaroq, o`rik po`stlog`i g`ovakroqligi, qayin po`stlog`i mustahkamroq, egiluvchan va zichligi, uni mayda qatlamga ajratish mumkinligi, sosna po`stlog`ini pichoq yordamida, qayin po`stlog`ini qaychi yordamida, ishlov berish osonligini bilib oladilar.
    Keyin tajriba yo`li bilan o`quvchilar qayin va sosna po`stlog`ini qattiq qalam yoki ruchka bilan belgilash mumkinligini; bu po`stloq turlari kazein, duradgorlik yelimlari, hamda BF-2 va PVA yelimlari bilan yopishtirilishini aniqlaydilar.


    1. rasm. Daraxt po`stlog`idan buyumlar namunasi

    Kuzatishlar jarayonida bolalar sosna po`stlog`i va berestadan qanday buyumlar yasash mumkinligini bilib oladilar (10-rasm). Engil hajmli murakkab shakldagi detallar olmoqchi bo`lganda sosna po`stlog`idan foydalaniladi. Masalan, o`rik po`stlog`idan shamol tegirmoni korpusi, kemacha, yaxtacha korpuslarini yasashda foydalanish mumkin. Qayin po`stlog`idan yupqa mustahkam buyumlar, masalan, yaxta modeli yelkanlarini yasashda foydalaniladi.
    IV sinfda xalq ustalari mahsulotlarini ko`rsatish. Barglar, gullardan applikatsiyalar va panno va somonchalardan dekorativ ishlar
    tayyorlash bo`yicha amaliy ishlardan oldin o`qituvchi to`rtinchi sinf o`quvchilariga o`simlik naqshlari bilan bezatilgan xalq ustalarining ishlarining namunalarini ko`rsatadi.
    Xalq ustalarining ishlarini diqqat bilan kuzatib o`quvchilar ularning vazifasi, naqsh shakli va xarakterini aniqlaydilar.
    Ishlarni ko`rsatishda o`qituvchi yog`och va metalldan ko`pchilik buyumlarni bezashda shoxlar, barglar, gullardan tuzilgan o`simlik naqshi asos qilib olinganini ma‘lum qiladi.
    Xalq ustalari buyumlari namunalarini ko`rsatishda o`qituvchi, quyidagi savollarga javob berishni so`raydi: Bu buyumlar nima uchun mo`ljallangan? Xalq ustalari buyumlari sizga nimasi bilan yoqadi?
    Xalq ustalari dastlab buyumni yog`ochdan yo`nilb yoki kesib oladi, keyin uning yuzasi loy, yog` va alyuminiy kukuni eritmasi bilan surtadilar. Buyum metall kabi silliq va yaltiroq bo`lgach, bo`yoqlar bilan bezatilib, lak bilan qoplanadi. Shundan keyin ular pechkada toblanadi. Yuqori harorat ta‘siri ostida lak plenkasi to`q rangga kirib, buyum yuzasi iliq qahrabo tusini oladi. Kukun bilan bo`yalgan yog`och yuzasi lak ostidan ko`rinib turib, oltinga o`xshab ketadi.

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Po`stloq bilan ishlashda kuzatishlar, tajribalar va ko`rsatishlar

    Download 10,75 Mb.