|
Panno va applikatsiyalar uchun gullar terishda kuzatishlar va tajribalar
|
bet | 73/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaPanno va applikatsiyalar uchun gullar terishda kuzatishlar va tajribalar. Yozda o`quvchilarga dala, o`tloq va o`rmonlarda yozning boshida, o`rtasida va oxirida paydo bo`luvchi gullarni terish, ularning nomlarini aniqlash, ularning qaysi biri o`tloqda, o`rmonda, dalada o`sishini eslab qolish topshirig`i beriladi. Bunda o`quvchilari tabiatshunoslik va tasviriy san`at darslarida olingan bilim va tushunchalarni mustahkamlaydilar.
Bolalar gul turlari yozda doimo o`zgarib turishini aniqlaydilar. Iliq bahor kunlari kelishi bilan baxmaldek to`q-ko`k rangli chuchmomalar paydo bo`ladi, keng bargli daraxt cho`qqilari birlashib, o`rmonda quyuq soya paydo bo`lishi bilan nozik oq marvarid – gullar ochiladi. Iyun boshida o`tloq chinnigullari paydo bo`ladi. Keyin yarongullar, moychechaklar yashnab ketadi. Kech kuzgacha mingyaproq gullari ochilib turadi. Terilgan gullarni darhol quritish kerak. O`qituvchi bolalarga turli o`simlik gullarini quritish qoidalari to`g`risida gapirib beradi. Katta bo`lmagan gullarni, masalan chinnigul, mingyaproq, geran, oddiy usulda botanika apapkasi orasiga gazeta qog`ozi qavatlarini qo`yib quritiladi. Yirikroq gullarni, masalan, moychechaklar, yarongullar va hokazo, quritish uchun
paxtadan ikkita yostiqcha tayyorlab, ular orasiga quritiluvchi o`simliklar joylashtiriladi. Gulli yostiqchalar gazeta qog`ozi bilan yopilib, botanika pressiga joylashtiriladi.
Gullarni turli fonlarga joylashtirib, uchinchi sinf o`quvchilari eng mos rang qo`shilishlarini topib, kontrast tuslarni aniqlaydilar. O`quvchilar qizil chinnigul yashil fonda yaxshi ko`rinishi, oq marvaridgul qorada; ko`k chuchmomalar to`q sariq fonda yaqqolroq ko`rinishini aytadilar.
Tasviriy san`at darslaridan o`quvchilar ranglar sovuq va iliq bo`lishni biladilar. Amaliy ishlar jarayonida bolalar mos ranglarni tanlab gullardan applikatsiyalar va panno tayyorlaydilar (11-rasm).
rasm. Quritilgan o`simliklardan panno namunalari
Somon bilan ishlashda kuzatishlar, tajribalar va ko`rsatishlar. Somondan turli o`yinchoqlar yasash imkoniyati juda katta.
Amaliy ishlardan oldin o`quvchilar kuzatishlar va tajribalar jarayonida quyidagi savollarga javob topadilar: Qaysi somon arpa yoki bug`doy ochiqroq tusda? Bu somonlardan qaysi biri egiluvchanroq? Qaysi somon kesish va tekislashda kamroq yoriladi? O`simlik poyasining qaysi qismi – pastki, o`rtacha yoki ustki – ish uchun eng qulay?
Kuzatishlar va tajribalar jarayonida o`quvchilar arpa somoni ochiq va nafis tusga egaligi, u juda egiluvchan bo`lib, kesish va
tekislashda kamroq yorilishini aniqlaydilar. Ish uchun poyaning o`rta qismi eng yaxshi hisoblanadi.
rasm. O`yinchoqlar tayyorlashda foydalanish uchun somonni
tayyorlash
Ba‘zi amaliy ishlar uchun yumshoq, elastik somon kerak bo`ladi. Uni quyidagicha olish mumkin. Somon poyalari keng tog`orachaga solib, qaynoq suv quyiladi. Suv sovigach, somon tog`oradan olinadi, u yumshoq va elastik bo`ladi (12-rasm). Bunday somondan qutichalar, savatlar, o`yinchoqlar yasash osonroq (13-rasm).
rasm. Somondan o`yinchoq namunalari
Bu o`yinchoqlarni tayyorlashda o`quvchilar somonning texnologik xususiyatlarini o`rganadilar. Ular somonni bog`larga bog`lash, o`rash, pichoq va qaychi bilan kesish mumkinligini bilib oladilar. O`yinchoqqa yakunlangan ko`rinish berish uchun somonga boshqa materiallar, masalan, rangli iplar, gazlama bo`laklari va hokazo qo`shishi mumkin.
Tekislangan somonchadan applikatsiyalar tayyorlashda uchinchi sinf o`quvchilari qator kuzatish va tajribalarni o`tkazadilar. O`quvchilar somonchalarni barglardan tozalaydilar, tugunoralarini kesib oladilar, eng yaxshi bo`laklarni tanlab oladilar, ularni qaynoq suvda damlaydilar, ikkiga bo`ladilar, ochib, dazmol bilan tekislaydilar. Bunda o`quvchilar qaynoq suvda damlangan va kesilgan somoncha dazmol bilan oson tekislanishi, tor yassi tasmachaga aylanishini aniqlaydilar.
rasm. Somondan applikatsiya
Tekislash jarayonida to`rtinchi sinf o`quvchilari dazmol isitilishiga va ishlov berish vaqtiga qarab somonchaga turli tus – och- sariq, sariq, och-jigar rang, to`q jigar rang – berish mumkin degan xulosaga keladilar. Rasmlarni somoncha bilan yelimlab chiqishdagi amaliy ishda kuzatishlar bevosita davom ettiriladi (14-rasm). Detalni kesib, yopishtirishdan oldin o`quvchi shunday somonchani tanlaydiki, u o`z fakturasi, shakli va rangi bilan o`ylangan kompozitsiya g`oyasini
muvaffaqiyatliroq ifodalasin. Tajribalar jarayonida o`quvchilar somondan applikatsiyalarni qog`oz, karton, yog`ochdan fon ustida bajarish mumkinligini bilib oladilar. Biroq fon uchun eng yaxshi material ko`p qatlamli qayin fanera yoki yupqa qayin taxtadir.
Applikatsiyani ustidan duradgorlik yelimi qatlami qoplangan to`q fonda bajarish qulayroq. Bu holda somondan detallar bir oz ho`llab, qaychi uchi bilan bosishda planshet yuzasiga mustahkam yopishadi.
Applikatsiyalarni yopishtirishdan keyin o`quvchilarga somondan applikatsiyalar boshqa materiallarga nisbatan (masalan, qog`ozdan applikatsiya) vaqtda qancha saqlanishini kuzatish topshirig`i beriladi. O`quvchilar qog`ozdan tayyorlangan applikatsiyalar vaqt o`tishi bilan rangi o`chishi, o`zining boshlang`ich bo`yoqlarini yo`qotishi, somondan applikatsiyalar esa o`zgarmay qolishini aniqlaydilar.
|
| |