• Mavzuga oid tayanch tushunchalar
  • Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar




    Download 10,75 Mb.
    bet67/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


    1. Turli xil materiallar turlarini ayting.

    2. Yog’ochning qanday turlarini bilasiz?

    3. Turli xil materiallar bilan ishlashda qanday texnika xavfsizligi qoidalari mavjud?

    22-MAVZU. TABIIY MATERIALLAR BILAN ISHLASH DARSLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI


    Reja:



    1. Tabiiy materiallarni to‘plash va ishga tayyorlash.

    2. Tabiiy materiallardan (barglar, somon qalamchalari, yong‘oq po‘choqlari, patlar, o‘simlik urug‘lari va boshqa materiallar) applikatsiyalar va o‘yinchoqlar yasash texnologiyasi.

    3. Tabiiy materiallar bilan ishlashga oid ish joyini tashkil etish talablari.

    Mavzuga oid tayanch tushunchalar:


    Tabiiy materiallar turlari, somon qalamchalar, applikatsiyalar, o’yinchoq yasash texnologiyasi.

    Boshlang’ich sinflarda o’quvchilar quyidagi tabiiy materiallardan: qum, tuproq, shag’al, suv, qor, daraxt va o’simliklarning barglari, shox-shabbalari, ildizlari, sabzavot va mevalarning urug’lari, tuxum po’choqlari, somon va shu kabilardan foydalanadilar. Tabiiy materiallarning haqiqiy shakllaridan kerakli o’rinlarda foydalanish mumkin. Bunda bolalar tabiiy materialda ifodalangan biror-bir obrazning o’xshashlik tomonlarini yanada bo’rttirish, qo’shimcha ishlov berish orqali haqiqiysiga yaqinlashtirish hamda bunda asbob- uskunalardan foydalanishni o’rganadilar. Tabiiy materiallar bilan ishlash o’quvchilarning tasavvurini, ijodiy qobiliyatini o’stirish bilan birga, u yoki bu tabiiy shakllarni o’zaro biriktirish orqali o’ziga xos bo’lgan qiziqarli o’yinchoqlar va shu kabilarni tuza olish malakasini ham rivojlantiradi. Tabiiy materiallardan qurish-yasash jarayonida o’quvchilar turli bo’laklarni o’zaro biriktirish, ulash, qo’zg’aluvchan yoki qo’zg’almas qilib o’rnatish, qumqog’oz, egov, pichoq va shu


    kabilar bilan ishlov berish usullarini ham bekamu ko’st o’zlashtirib oladilar. Ayrim hollarda tabiiy materiallardan yasaladigan shakllar, o’yinchoqlarning ifodaliligini, ta’sirchanligini oshirishda tashlandiq materiallar ham ishlatiladi. O’qituvchi o’quvchilarga kerakli tushunchalarni berishda masalaning ana shu jihatiga ham e’tibor berishlari lozim.
    Mashg’ulot uchun kerak bo’ladigan tabiiy materiallar mavsumga ko’ra yig’ib boriladi va kerakli turlarga ajratib qo’yiladi. Bu ishlarni o’quvchilar bilan tabiat qo’yniga sayohatga chiqqan paytda amalga oshirish maqul. Syohat jarayonida o’qituvchi bolalarga har bir tabiiy material haqida kerakli tushunchalar va ularni yig’ish, qanday saqlash borasida zarur bo’lgan ko’rsatmalarni beradi. Mazkur ishlarning o’z vaqtida bajarilishi, tabiiy materiallardan qurish-yasash mashg’ulotlarining samarali o’tishida katta ahamiyatga egadir. Bu o’z navbatida o’qituvchidan va o’quvchilardan katta mas’uliyatni talab qiladigan jarayondir. Mashg’ulot uchun kerakli bo’lgan tabiiy materiallar qanchalik ko’p g’amlansa, o’quvchilar tomonidan bajariladigan o’quv topshiriqlarining mazmuni ham shunchalik turli- tuman bo’ladi.
    Boshlang’ich sinf o’quvchilari texnologiya darslari va sinfdan tashqari mashg`ulotlar jarayonida turli xil maneriallarni to’plash va ularga ishlov berish lchlarini o’rganadilar. Turli va tabiiy matriallarga misol tariqasida qog`oz, karton va gazlamalardan tashqari o`simliklarning turli qismlari (shoxi, barglari, gullari, ildizi, po`sti, urug`i, mevasi); foydali qazilmalar (kvarts qumi, loy, minerallar); yog`och (archa, sosna, qayin, lipa, ryabina); metallar (temir, mis, alyuminiy); plastmassa (polietilen, tekstolit, kapron) va boshqa materiallarni aytish mumkin.
    Bu materiallarning ayrimlari, masalan o`simlik qismlarini o`quvchilar tabiatga sayr qilish paytida teradilar, fanera, turli metallar, plastmassalarni esa tayyor holdagisi yoki yarimfabrikatlar shaklidagisini oladilar.
    O`qituvchi o’quv yili boshidan o`quvchilarga tabiiy materiallarni to`plash haqida ma’lumotlar berib boradi, ularga ishlov berish sir- asrorlarini o’rgatadi, saqlash texnologiyalarini yaxshilab tushuntiradi. Bolalarga o`simliklar shoxi, barglari, gullari, po`stlog`i, mevasini terib borishni vazifa sifatida topshiradi; kvarts qumi va loy
    tayyorlash hamda undan narsalar tayorlash usullari bilan tanishtirib boradi. Tushuntirish ishida o`qituvchi mamlakatimizda tabiatni qo`riqlash to`g`risida qonun mavjudligi, shu qonunda belgilangan talablarni albatta bajarish shartligi va shunga ko’ra tabiiy boyliklarga ehtiyotkorona munosabatda bo`lishni talab etishini aytib o`tishi ahamiyatlidir.
    O`qituvchi bu qonunning asosiy qoidalarini qayd etib, daraxt barglari va o’simliklardan faqat yerga tushgan materiallarnigina terish kerakligini eslatadi. Qonunga ko’ra daraxt va butalarni sindirish, tabiatni ifloslashtirish, o`simlik shoxlari, po`stlog`i, barglarini kesish mumkin emasligini uqtiradi. Dastlab tabiiy materiallar bilan tanishtirish 1-sinfdan boshlanadi. Quyida 1-sinf Texnologiya darsini ko’rishimiz mumkin:

    O`qituvchi tabiiy materiallarni qanday to`plash haqida maslahatlar beradi. Masalan, kvarts qumini daryo va suv havzalari sohillarida quruq holda, loyni esa tabiiy holida yig`ish kerakligi; barglar va gullarni ho’l holda yig’ib botanik pressda quritish lozimligi shular jumasidandir. O`qituvchi o`simliklar va ularning qismlarini botanik pressda qanday quritishni mumkinligini ko`rsatib berishi o’ta ahamiyatli.
    Tajriba ko`rsatishicha, boshlang`ich sinf o`quvchilari uchun ta‘limning birinchi bosqichida eng oddiy va qiziqarlisi tabiiy materiallardan dekorativ tayorlash ishlaridir. Bolalar tabiiy materiallardan turli o`yinchoqlarni tayyorlash ishini katta intilish bilan
    bajaradilar. Birinchi sinf o`quvchilarida tabiiy materiallar bilan ishlashga qiziqish uyg`otish uchun ularga xalq o`yinchoqlari namunalarini ko`rsatish juda foydali. O`quvchilarni tosh, loy, yog`ochdan bajarilgan xalq o`yinchoqlari namunalari bilan tanishtirish, ayniqsa ahamiyatli. (1-rasm). Bu ishning yong`oqlar, yong`oq po`stlog`i, loy, shoxlardan o`yinchoqlar tayyorlashdan oldin o’quvchilarga ko’rsatilishi faoliytni mazmunli va samarali o’tishini ta’minlashi mumkin.


    1. rasm. Xalq ustalari mahsulotlari:

    O`qituvchi xalq ustalari nafaqat tosh, loy va yog`ochdan turli o`yinchoqlarni tayyorlashi, balki rangli toshlardan ayiqchalar, itlar, bug`ular, otlar figurachalarini yaratichi, ural o`ymakorlik sohasida ham mashhur bolib, loydan o`yinchoq - hushtakchalar tayyorlovchi ustalar bilan bemalol bellasa olishini aytib beradi. Loydan otlar, bug`ular, qushlar, ertak qahramonlari figuralarini yasab, olovda quritib, bo`yaydigan dimkovlik ustalar shuhrati uzoqlarga ketganligini ma’lum qiladi.
    Kuzatishlar jarayonida bolalarga xalq o`yinchoqlari namunalarini diqqat bilan qarab chiqish va savollarga javob berish topshirig`i beriladi: 1-rasmda tasvirlangan o`yinchoqlar qanday nomlanadi? Har bir o`yinchoq qanday materialdan tayyorlangan? Tosh, loy va yog`ochdan o`yinchoqlar qanday tayyorlanadi? Qaysi o`yinchoqlar
    ayniqsa yoqadi va nima uchun? Bolalar qaysi o`yinchoqlarni yasashni istar edilar?
    Bolalarning kuzatishlarini umumlashtirib, o`qituvchi xalq o`yinchoqlarida xalq ertaklaridagidek ko`p kulgili quvnoq detallar, aqlli ifodalangan kuzatishlar borligiga o`quvchilar e`tiborini qaratadi. O’qituvchi o`yinchoqlar hamma vaqt ham haqiqiy insonlarga va hayvonlarga o`xshayvermasligi, biroq hamma vaqt juda ifodali va dabdabali bo’lishini tushuntirib beradi.. Har bir o`yinchoq o`ziga xos ko’rinishga ega ekani va takrorlanmasligi, biroq yaratiluvchi o`yinchoqlarning turli-tumanligiga qaramay xalq ustalarini bir narsa yaqinlashtirishi, ya’ni ularning hammasi juda kuzatuvchan va ishlov beriluvchi material xususiyatlarini yaxshi bilishi, uning go`zalligini ochib bera olishida ekanligini ta’kidlab o’tadi. Ilgari xalq ustalari tomonidan tayyorlanuvchi buyumlarning ko`pchiligi ajoyib o`yinchoq bo`lgan bo`lsa, hozirgi vaqtda ular kichik dekorativ haykalchalar bo`lib, xonadonlarni bezatib turganligini aytadi.
    Bunday haykalchalarning har biri katta qiymatga ega, chunki u usta qo`li bilan yagona nusxada yaratiladi. Xalq ustalarining tasviriy vositalari sodda, quvnoq, ochiq, ular ko`p asrlar davomida xalq tomonidan tanlab olingan va sinalgandir. Shu sababli har bir xalq o`yinchog`i biz uchun taqlid qilishga namuna bo`lib xizmat qila oladi.
    O`quvchilar tabiiy materiallardan narsalar tayorlashga kirishishdan oldin ularga ba’zi laboratoriya ishlarini bajartirish maqsadga muvofiq. Masalan, qurigan loy, yog`och parchasi, kichik toshchalar bilan ishlash uchun quyidagi laboratoriya ishlarini bajartirish mumkin: O `qituvchi navbatchilar bilan birgalikda har bir partaga qurigan loy, yog`och parchasi, kichik toshchalar tarqatib, o`quvchilarga bu materiallarni suv bilan ho`llash, qaychi uchi bilan tirnab ko`rish va akvarel bo`yoqlar bilan bo`yashni taklif etadi.
    O`quvchilar tosh suvda ho`llanmasligi, kesilmasligini, loy suvda ho`llanib bu holda oson kesilishini, quruq loy bo`yoqlar bilan ranglanishini; yog`och suvda bir oz ho`llanishi, nisbatan oson kesilishi va yaxshi ranglanishini o’zlari bajargan ish natijalari orqali aniqlaydilar.

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar

    Download 10,75 Mb.