|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi
|
bet | 57/95 | Sana | 29.11.2023 | Hajmi | 10,75 Mb. | | #107282 |
Bog'liq o\'quv qo\'llanmaIII va IV sinflarda o`quv buyumlari konstruktsiyasi, ularni tayyorlash usullari murakkablashtiriladi va shunga muvofiq texnologiya darslari da qo`llaniladigan qog`oz va karton turlari assortimenti ham kengayadi. Har safar o`quvchilar o`z buyumlari uchun yangi turdagi qog`oz yoki karton tanlashida o`qituvchi materialning o`ziga xos xususiyatlari bilan bolalarni tanishtirish va bu xususiyatlar aniq bir buyum yoki uning detalini tayyorlash uchun
qanchalik mos kelishini ko`rsatib o`tish imkoniyatini qo`ldan chiqarmaydi. Masalan, darsda samolyot yoki planerning qog`oz modelini tayyorlashda bu buyum uchun qalin va tarang qog`oz olish zarurligini qayd etadi. Turli qalinlik, zichlik va taranglikdagi bir xil o`lchamdagi qog`oz ishlanmalarini ko`rsatib, o`qituvchi amalda ushbu modelni tayyorlash uchun chizma va karton qog`ozi yaxshiroq mos kelishini ko`rsatib beradi. Qog`ozning xuddi shu turlari turli inshootlar maketi, geometrik jismlar modellarini tayyorlash uchun ham mos.
Bolalar tomonidan ishlov beriluvchi materiallar assortimentining yangi yoki o`ziga xos xususiyatlarga ega turlari bilan asta-sekin to`ldirilib borilishi kichik maktab o`quvchilariga bu xususiyatlarni yaxshiroq o`rganish va olingan bilimlarini amaliy faoliyatlarida ongli qo`llashga ko`maklashadi.
Bu bilimlar tizimlashtirilsa, o`quvchilarning material xususiyatlari va ularga ishlov berish usullari to`g`risidagi bilim sifati yaxshilanadi. Bunday tizimlashtirishning ajoyib vositasi – bu o`quvchilar tomonidan material majmuasining tanlanishi va tayyorlanishidir. Shuning uchun o`quvchilarni qog`oz va kartonning yangi turlari bilan o`quvchilarni amaliy tanishtirib borib, o`qituvchi ular oldiga majmualarini yangi namunalar bilan to`ldirib borish vazifasini qo`yadi.
Masalan, III va IV sinf o`quvchilarining o`quv majmualarida o`rash qog`ozi, gul qog`oz va gofrilangan qog`oz, kalka, metallashtirilgan va parafinlashtirilgan qog`oz, fotoqog`oz va hokazo namunasi paydo bo`ladi.
III va IV sinf o`quvchilari o`z majmualariga yangi qog`oz turlarini oddiy qo`shish va namunalar ostiga u yoki bu turdagi qog`oz nomlarini yozib qo`yish bilan cheklanib qolmaydilar. Ular o`zlarining qog`oz va karton majmualari uchun namunalar tanlab, bu namunalarni eng muhim belgilari: vazifasi, pardoz turi, sifati bo`yicha guruhlaydilar.
Namuna ostiga qisqa yozuv yoziladi, shu yozuv asosida material nomi, uning vazifasi, qo`llanish sohasi bo`yicha ma‘lumotga ega bo`lish mumkin. Masalan, «Bosmalash qog`ozlari» degan umumiy sarlavha ostiga kitob-jurnallar uchun, gazeta uchun, muqovalash uchun, afisha uchun, hujjatlar uchun degan yozuvlar ostiga namunalar joylashtirilishi mumkin.
Albatta, III va IV sinf o`quvchilari tomonidan texnologiya darslari va sinfdan tashqari mashg`ulotlarda qog`oz va kartonning aynan qaysi turlari amaliy qo`llanishini oldindan bilish qiyin. Bu amaliy ishlar mavzusi va materiallar borligiga bog`liq. Lekin barcha hollarda majmualar tuzish va tayyorlash bo`yicha ishlarning muhim ahamiyatini tan olish zarur.
III sinfda qog`oz va kartonni o`rganish davom etadi, asta-sekin bu materiallarning kuzatiluvchi sifat xususiyatlarini aniqlash malakasi takomillashtiriladi, o`quvchilar aniqlay oladigan xususiyatlar to`ldirilib boriladi. O`quvchilar qog`oz va kartonning mustahkamligi, qalinligi, egiluvchanligi va sinuvchanligini aniqlash va taqqoslashning elementar usullari bilan tanishib boradilar(2-rasm). Buning uchun kerakli kuzatishlar va eng sodda tajribalarni o`tkazib borib, III sinf o`quvchilari qog`oz va yupqa kartondan detallarni bukish, qo`shish, kesish va yelimlash mehnat operatsiyalarini bajarish jarayonida olingan bilimlardan foydalanadilar.
|
| |