• Mozaika bilan ishlash texnologiyasi
  • 3-rasm 4 - rasm
  • O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 10,75 Mb.
    bet53/95
    Sana29.11.2023
    Hajmi10,75 Mb.
    #107282
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95
    Bog'liq
    o\'quv qo\'llanma

    4-sinf Texnologiya darsligida “Tabiiy materiallardan applikatsiya usulida gul yasash” mavzusi berilgan (2-rasm). Bunda o’quvchilar applikatsiya tayyorlashni bilishadi, faqat turli tabiiy materiallar jamlanadi va ijodkorlik bilan applikatsiya tayyorlashadi. Masalan, turli mahsulotlarning ( tarvuz, qovoq) urug’lari, daraxt barglari va shu kabi boshqa turli xildagi tabiiy materiallardan applikatsiya usulida gullar tayyorlashadi.


    Mozaika bilan ishlash texnologiyasi


    Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog’oz, oyna, sapo, gul tojibarglari, tuxum po’sti va shu kabilar) qo’yib chiqishdir. Mozaika bilan ishlash texnologiyasi bilan o’quvchilar 1-
    sinfdanoq tanishtiriladi. 1- sinf Texnologiya darsligida qog’ozlardan mozaika usulida mevalar shaklini yasash darsi berilgan( 3-rasm). 2- sinfga kelib o’quvchilar urug’lardan mozaika yasashni o’rganadilar ( 4-rasm)


    3-rasm 4 - rasm


    Tuxum po’stidan mozaika tayyorlash texnologiyasi.(6-rasm) 1.Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib
    quritilgan tuxum po’sti mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari bilan kerakli ranglarga bo’yaladi.

    1. Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga ko’ra mayda va yirik bo’laklarga bo’linadi.

    2. Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri- bugrilari bo’lmasligi kerak.

    3. Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.

    4. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po’sti terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.

    5. Ortiqcha yelim toza latta bilan artib tozalanadi, po’st yaxshiroq yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo’yiladi.

    Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar ancha murakkablashadi.
    Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug’lari, danak, baliq tangalari, chig’anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish mumkin.
    Mozaika bu rasm sathida ayrim-ayrim parchalar (qog’oz, oyna, sapo, gul tojibarglari, tuxum po’sti va shu kabilar) qo’yib chiqishdir.
    Tuxum po’chog’ini maydalangan va butun holda saqlash mumkin. Tuxum pg’chog’ini butun saqlash uchun tuxumning ikki uchi teshiladi va unining ichidagilari puflab chiqariladi. Buning natijasida ichi bo’sh tuxum pо’chog’iga ega bo’linadi. Bunday po’chog’ni sinuvchan bo’lganligi uchun qutichalarda saqlash kerak. Tuxum po’chog’ini maydalanganligini har qanday xom va pishgan tuxumdan tayyorlash mumkin. Faqat ichki pardasi olib tashlanishi kerak.

      1. Tuxum po’stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib qo’ritilgan tuxum po’sti mo’yqalam yordamida akvarel bo’yoqlari bilan kerakli ranglarga bo’yaladi.

      2. Bo’yoq qurigandan keyin tuxum po’stini tanlangan rasmga ko’ra mayda va yirik bo’laklarga bo’linadi.

      3. Tuxum po’stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash kerakki ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda egri- bugrilari bo’lmasin.

      4. Kontur qora qog’oz orqali o’tkaziladi yoki shablondan aylantirib chiziladi.

      5. Avval rasm sathining bir qismiga elim surtiladi. U erga tuxum po’sti terib siqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom ettiriladi.

      6. Ortiqcha elim toza latta bilan artib tozalanadi, po’st yaxshiroq yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo’yiladi.

    Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq konturlar ancha murakkablashadi.
    Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug’lari, danak, baliq tangalari, chig’anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini bajarish mumkin(5-rasm). Bu ishlar o’quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy didni o’stirishga yordam beradi. Bolalarda qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida qat’iyatlilik, tartiblilik tarbiyalanadi, uyushqoqlik bilan ishlash, ko’rsatmalarga rioya qilish, tashabbuskorlik ko’rsatish ko’nikmalari shakllanadi. O’quvchilar
    tayyorlagan applikastiyalar ona tili va matematika darslari uchun ajoyib didaktik material, o’quvchilar nutqini o’stirish vositasi bo’lishi, ularning predmetlar shakli, rangi, fazoda joylashishi haqidagi tushunchalarini boyitishga xizmat qilish mumkin. Bunday applikastiyalar bilan ishlash o’quvchilarga stirkul bilan ishlashni, stirkul yordamida aylanani kismlarga ajratishni o’rgatadi.

    Download 10,75 Mb.
    1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   95




    Download 10,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 10,75 Mb.